1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


Download 67.5 Kb.
bet14/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umuka temir

27§. Koksokimyo sanoati
Koks ishlab chiqarishga energiya sarfi 1,68 mln. kJ/t koksni yoki 57,4 kg u.t./t koksni tashkil etadi.
“Severstal” AJ ma'lumotlari bo‘yicha, 1996 yilda koksokimyo sanoati chiqindilari: 1,1 kg/t qattiq zarralar, 6,7 kg/t СO, 0,6 kg/tNOx, 0,76 kg/t СO2 tashkil etdi.
Bundan tashqari, ehtimol, koksokimyo sanoatiga sulfat kislotaning umumiy chiqindilarini (22 t), benzapiren (0,09 t), trimetilbenzol (16,5 kg) chiqindilarini, shuningdek, suv havzalariga 0,02 t fenol otqinini; jami – 22,1 t yoki 2,4 kg/t koksni ham kiritish lozimdir.
28§. Birlamchi metall ishlab chiqarish
29§. Asosiy jarayonlarga energiya sarfi
Hisoblashning barcha variantlari uchun qabul qilingan dastlabki ma'lumotlar: shixta – oksidlangan okatish (64 % temir), koks (85 5 uglerod), domna pechga puflash uchun ko‘mir (80 % uglerod), suyuq fazali tiklash va tiklash-eritish jarayonlarida foydalanish uchun ko‘mir (mos ravishda 70 va 60 %); qattiq fazali tiklash uchun oksidlangan okatish (65 % temir).
Hisoblash 1 tonna cho‘yanda (metallangan okatish) olib boriladi.
Cho‘yanni domnali eritish
Domna pechda koks sarfi 400 kg/t, ko‘mir changli yoqilg‘i 50 kg/t. Bu holatda domna pechda eritishga energiya sarfi quyidagini tashkil etadi: koks uglerodi sarfi 400∙ 0,85= 340 kg. 1 kg uglerodning to‘liq yonishida 33356 kJ, 340 kg- 11341040 kJ.
Ko‘mir changli yoqilg‘ining uglerod sarfi 50∙ 0,8=40 kg. Ko‘mir changli yoqilg‘ining to‘liq yonishida quyidagi issiqlik ajralib chiqadi 40∙ 33356 = 1334240 kJ.
Eritishga 50 m3 kislorod sarflanadi, bu 35 kVt∙s elektroenergiyaga ekvivalentli. Bundan tashqari, eritish ehtiyojlariga bevosita 50 kVt∙s elektroenergiya sarflanadi. Shunday qilib, elektroenergiyaning umumiy sarfi 50+35 = 85kVt∙s yoki 85∙3,6∙ 103= 306000 kJ.
Energiyaning umumiy sarfi 11341040+ 1334240+ 306000 = 12981280 kJ.
Shartli yoqilg‘ining 1 tonnasi 29260 kJ issiqlik ajratadi. Domna pechda cho‘yanni eritishga shartli yoqilg‘i sarfi (u.t.) 1298 1280 / 29260 = 443,7 kg.u.t.
Domna pechlar ishlashida cho‘yan chiqishining umumiy tuzilishi quyidagicha: 1) rudani qazib olish; 2) rudani boyitish; 3) konsentratni bo‘laklash; 4) koks olish; 5) domnali eritish.
Eng oddiy variantda domna pechga 94/64=1,4 t oksidlangan okatish tushadi. Ayrim kam darajali mavjud bo‘lgan miqdorlarga e'tibor bermasdan (ko‘mir changli yoqilg‘idan, flyus va b.lardan foydalanishga xarajatlar) rudani qazib olishga va boyitishga energiya sarfini 150 kVt∙s konsentrat, deb qabul qilamiz yoki 150∙ 3,6∙ 103= 540000 kJ, bu 540000/29260 = 18,5 kg.u.t. ga ekvivalentli.
Konsentratni bo‘laklashga energiya sarfi: 33,7 kg.u.t/t okatish.
Ko‘mirni qazib olishga, boyitishga va kokslashga energiya sarfi: 1680000 k.J koks yoki 1680000-2920 = 57,4 kg.u.t./t koks.
Unda domna pechda cho‘yan olish jarayoniga energiyaning umumiy sarfi 18,5∙ 1,47+33,7∙ 1,47+57,4∙ 0,4+443,7 = 543,4 kg.u.t/t cho‘yanni tashkil etadi.
Shaxta pechida metall bilan qoplangan okatishni olish
(birlamchi metallni qattiq fazali olish)
Shaxta pechida tabiiy gaz sarfi 350 m3/t metallangan okatish. 1m3/ tabiiy gaz to‘liq yonganda 36000 kJ; 350m3 yonganda - 36000∙ 350=126 00000 kJ.ajralib chiqadi.
Jarayonga elektroenergiya sarfi: 200 kVt∙s yoki 720000 k.J/t.
Shaxta pechida energiyaning umumiy sarfi: 126 00000 + 720000 = 13320000 k.J/t. Shartli yoqilg‘i sarfi 13320000/29260 = 455,2 kg.u.t./t.
Birlamchi metall olishning umumiy tuzilishi uning qattiq fazali variantida quyidagicha:1) rudani qazib olish; 2) rudani boyitish; 3) konsentratni bo‘laklash; 4) shaxta pechlarida temir rudali materialni metallanishi.
Shaxta pechiga 90/65=1,38 t oksidlangan okatish (metallangan okatishda temir miqdori 90 %) tushadi.
69-70 % temir miqdorli konsentratlarni olish bilan rudani boyitishga va ularni bo‘laklashga energiyaning eng yuqori xarajatlarini hisobga olgan holda, quyidagini qabul qilamiz: rudani qazib olishga va boyitishga energiya sarfi 180 kVt∙s konsentrat yoki 180∙ 3,6∙ 103= 640000 kJ, yoki 640 000/29 260 = 22,1 kg.u.t konsentrat.
Konsentratni bo‘laklashga energiya sarfi 33,7∙1,1=37,1 kg.u.t/t okatish.
Metallangan okatish olish jarayoniga energiyaning umumiy sarfi 1,38∙ 22,1+1,38∙ 37,1+455,2 = 536,9 kg.u.t/t. metallangan okatish.
Tiklash-eritish” usuli bilan cho‘yan olish
Jarayonga ko‘mir sarfi 70 % uglerod va 10 % uchuvchanlar miqdorida 1050 kg cho‘yanga teng, deb qabul qilingan. Uglerod sarfi 1050∙0,7=735 kg. Ko‘mirning to‘liq yonishida 735∙33356=24516660 k.J ajralib chiqadi (uchuvchanlar yonishi issiqligiga e'tibor bermaymiz).
Kislorod sarfi: uchuvchan bo‘lmagan uglerodni yoqishga (735-50)22,4/(2∙12) = 639,3m3; uchuvchan uglerodni yoqishga (uchuvchanlar C2H8 bilan ifodalangan deb taxmin qilib) 1050∙ 0,1x(3∙22,4)/(2∙ 44) = 80,2m3. Jami yoqilg‘ini yoqishga 639,3+80,2 = 719,5 m3kislorod talab qilinadi, bu 719,5∙ 0,7= 503,7 kVt∙s ga ekvivalent. Bundan tashqari, jarayonni o‘tkazishga 230kVt∙s elektroenergiya talab qilinadi.
Elektroenergiyaning umumiy sarfi 503,7+230 = 733,7 kVt∙s/t yoki 733,7∙3,6∙ 103= 2641320 k.J./t tashkil etadi.
Shunday qilib, jarayonga energiya sarfi: 24516660+2641320 = 27157980 k.J/T yoki 27157980/29260 = 928,2 kg.u.t./t cho‘yan.
Tiklash-eritish usuli bilan cho‘yan olishning umumiy tuzilishi: 1) rudani qazib olish; 2) ko‘mirni qazib olish; 3) rudani boyitish; konsentratni bo‘laklash; 5) cho‘yanni eritish.
Eritish agregatiga 94/64 = 1,47 okatish/cho‘yan va 1,05 t ko‘mir tushadi. Rudani qazib olishga va boyitishga 150 kVt∙s/t yoki 150∙3,6∙ 103= 540000 k.J./t konsentrat sarflanadi, bu 540000/29260 = 18,5 kg.u.t./t konsentratga ekvivalent.
Konsentratni bo‘laklashga energiya sarfi: 33,7kg.u.t./t okatish.
Ko‘mirni qazib olishga energiya sarfi: 25kVt∙s/t yoki 25∙3,6∙103/29260= 3,1 kg.u.t./t ko‘mir.
Tiklash-eritish usuli bilan cho‘yan olishga energiyaning umumiy sarfi: 18,5∙1,47+33,7∙1,47∙1,05∙3,1+928,2 = 1008,2 kg.u.t./t cho‘yan.
Eritish-tiklash” usuli bilan cho‘yan olish
Jarayonga ko‘mir sarfi (SO 90 % yoqish va 80 % yoqish issiqligidan foydalanish darajasida) 850 kg/t cho‘yan.
Ko‘mirda uglerodning 70 % miqdorida uglerod sarfi: 850∙0,7 = 595 kg. Uglerodni yoqishda quyidagicha issiqlik ajraladi: 595∙33356 = 19846820 k.J. (595-50*)∙11,2/12 = 509 m3 kislorod sarflanadi, bu 509∙0,7 = 356 k.Vt∙s elektroenergiya sarfiga ekvivalent. Bundan tashqari, umumiy ehtiyojlarga 230 k.Vt∙s elektroenergiya sarflanadi. Jami elektroenergiya sarfi 356+230= 586 k.Vt∙s yoki 586∙3,6∙103= 2109600 k.J tashkil etadi.
Shunday qilib, cho‘yanni eritishga energiya sarfi:
19846820+2109600 = 21956420 k.J/t yoki
21956420/29260 = 750,4 kg.u.t./t cho‘yan.
Birlamchi materialni ishlab chiqarish umumiy tuzilishi: 1) rudani qazib olish; 2) ko‘mirni qazib olish; 3) rudani boyitish; 4) cho‘yanni eritish.
Eritish agregatiga 1 t cho‘yanga hisoblashda 94/55= 1,71 t ruda va 850 kg ko‘mir tushadi.
Rudani qazib olish va boyitishga 150k.Vt∙s/t yoki 18,5 kg.u.t./t energiya sarflanadi.
Ko‘mirni qazib olishga 20k.Vt∙s/t yoki 2,5 kg.u.t./t sarflanadi.
Boyitilgan va bo‘laklanmagan rudani eritishda eritish-tiklash jarayoniga energiya tashuvchining umumiy sarfi quyidagicha: 0,85∙ 2,5+1,71∙18,5+750,4 = 784,1 kg.u.t./t cho‘yan.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling