1§. Temir olishning domnadan tashqari usullari tasnifi. Ayrim ta'riflar


Download 67.5 Kb.
bet6/15
Sana24.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1290735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
umuka temir

15§. Materiallarni tejash
Suyuq fazali tiklashda shlaklarda FeO miqdori 2 %dan 4 % gachani tashkil etadi. Xom boyitilmagan rudani 18 % kuldan iborat ko‘mirda eritishda temirning shlak bilan birga talafoti 12 % yaqin bo‘ladi, temirni cho‘yanga ajratib olish esa 88% oshmaydi, bu domna pechlarda erishiladigandan (99,5 % - 99,8 %) pastdir. Biroq, bunda temir rudalarini boyitishda va bo‘laklashda PJV agregatlarida qayta ishlashda mavjud bo‘lmaydigan temirning talafotini hisobga olish lozim, har bir aniq holatda eng maqbul variantni tanlash lozim.
Suyuq fazali tiklashda yuqori haroratlarda qattiq uglerod bilan tiklanadigan elementlar: marganets, kremniy, xrom, vanadiy va b.lar cho‘yanga o‘tmaydi. Kambag’alboyitilmagan rudalarni eritish bilan birga kechadigan shlakning ko‘p chiqishida suyuq fazali tiklashda bu elementlarning talafoti deyarli qaytmaydigan hisoblanadi, chunki shlakdagi yo‘ldosh elementlarning nisbatan juda kam miqdori kelgusida uning mumkin bo‘lgan qayta ishlashida bu komponentlarni shlakdan ajratib olishga urinishlarni istiqbolsiz qiladi.
17§. Atrof-muhitga chiqadigan chiqindilar
ROMELT qurilmasida changning chiqib ketishi (Novo-Lipetsk metallurgiya kombinati) shixta massasining 2-3 % barqarorligini tashkil etdi. Boyitilmagan xom rudada eritishda (buni hisoblash oson) chang chiqib ketishi 300 kg/t ortiq cho‘yanni tashkil etadi, bu barcha aglokoksodomentli kompleksdagiga qaraganda qariyb 10 marta yuqoridir. Boyitishning yuqori bo‘lmagan darajasida oldin tavsiya qilingan boyitilgan bo‘laklanmagan va flyuslanmagan rudaga o‘tishda (45-55 % Fe) qattiq zarralar chiqib ketishi 100-120 kg/t tashkil etadi.
Oltingugurtning 80-90 % gazli fazaga o‘tishida uning 20-50 kg/t cho‘yan miqdorida atrof-muhitga chiqib ketishini kutish mumkin, bu aglokoksodomentli kompleksdagiga qaraganda yuqoridir.
ROMELT jarayoni sharoitlarida NOx hosil bo‘lishi tajribada qayd etilgan. Eritmani quyishdan oldin pechni qizdirish paytida azot oksidlarining chiqishi 0,5-0,8g/ m3, tiklash tartibida – 5-40 mg/ m3 yoki 80 g/t cho‘yanni tashkil etdi.
Uglerod monooksidining atmosferaga chiqishi ham nazoratni talab qiladi.
1 t/t cho‘yan yoqilg‘i sarflanishida (ko‘mirda uglerod miqdori 70 % va cho‘yanda 5 %) gazga aylantirilgan uglerod miqdori (1000∙0,7-50) = 650 kg/t, uglerod monooksidniki esa 650∙ 28/12= 1517 kg/t. Oxirigacha yoqishning 0,95 chegaraviy darajasida SO2 atmosferaga chiqindilari 1517∙ 0,05= 76,0 kg/t cho‘yanni, oxirigacha yoqishning ishonchli erishiladigan darajasida 0,6- 1517∙ 0,4= 607 kg/t cho‘yanni tashkil etadi.
Shuni e'tiborga olish lozimki, oltingugurt va uglerod monooksidi chiqindilari miqdorini hisoblashlarda ularning yoqilg‘i uchuvchan moddalaridan chiqishi hisobga olinmagan.
Suyuq fazali tiklashning o‘ziga xos ajralib turadigan xususiyati ayrim metallarning, shu jumladan, eng zararli og‘ir metallar va ular birikmalarining bug‘lanishi va gazli fazaga o‘tishi mumkinligi hisoblanadi. Suyuq fazali tiklashni ishlab chiquvchilar jarayondagi chiqadigan gazlarni tozalashda rux birikmalarining ajratib olinishini tashkil qilib, bu hodisadan qayta ishlashda, masalan, rux miqdorli shlaklarni qayta ishlashda o‘ziga xos foydalandilar.

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling