Tentak talaba yoxud shoirqalb yozuvchi
Download 30.85 Kb.
|
Chiqarish.
Tentak talaba yoxud shoirqalb yozuvchi. Tentak so’zi lug’atda qanday ma’no anglatadi bilmaysizmi? Lug’atni o’qisangiz bilib olasiz. Aytganni qil! Agar bajarmasang, – qanaqa bolasan o’zi? O’zing bilgan ishni qilsang, – yomon bola ekansan, tentak ekansan! Hechqisi yo’q. O’zim aslida ja aqlli emasman, dono ham emasman. Men dahoman, daho! Ko’zgudagi aksimga qaraganimda o’zimni shunday ruhlantiraman. Kelajakda birovlarning tasavvuriga sig’maydigan inson bo’lishni orzu qilaman. Xullas talabaman. Qanday baxt! Qaysi oliygohda o’qishim muhimmas, muhimi men talabaman. Talaba bo’lgandayam – daho(geniy) talabaman! O’zimni oliygohga o’qishga kirganimdan so’ng shunday atadim. Chunki miyada aql bo’ladi. O’sha aql, mening aqlim tinimsiz ishlaydi. Uxlaganimdayam tush ko’rib ishlayveradi. Rostdan ham shunday unga shuncha g’oya, bilim, fantaziya qayerdan kelayotganini bilmay qolaman. Ba’zan ularni ongimga sig’dirolmay, boshqalarni miyasida saqlashga majbur bo’laman. Biror ish qilmasam darrov zerikib qolaman. Mana hozir ham qo’limda ruchka matematika domlamiz doskaga yozgan formulani yozib bo’ldimu, zerikib qoldim. Shartta portfelimni cho’ntagidan telefonimni chiqardimu, kimnidir jig’iga tegishni o’yladim. Odamlarga hayronman, hoy nima qilayapsan, ahvolingiz yaxshimi, kayfiyatingiz yo’q, deyaveradi. Ayniqsa sinfdosh qizlar ko’p aytardi. A? ko’p kitob o’qib, telefon titkilab, vedio ko’rib, qo’shiq eshitavergandan keyin, miya axborotga to’lib ketadi va ularni sig’dirolmay kayfiyatni buzadi. Qaysi biri miyaga kirsin, o’qishmi, vedio ko’rishmi yoki qo’shiq eshitishmi? Birovlar ishlab charchasa, meni miyam o’ylab charchamaydi. Kayfiyatimni qanday ko’tarsam bo’ladi? Meni kayfiyatim mazza qilib kulsam ko’tariladi. Ayniqsa birovlarni ustidan. Nemislar o’zi tushmagan chohga boshqa bir sherigi tushsa o’shani ustidan kularkan. Ularda haqiqiy kulgu o’shanaqa ekan. Men kimni ustidan kulsam ekan? Axir o’qishga kirolmagan sinfdoshlarim ko’pu. Bitta-bitta qizlardan boshlaymiz. Xo’sh kimdan Gulyuzdan boshlaymiz. U bilan to’rt yil bir partada o’tirganman. Jurnalistikaga o’qishga kirolmabdi. Endi nimayam qilardi, erga tegadida. Nomiga she’r yozib jo’natib yuboramiz, o’qib bir xursand bo’lsin: Ko’zlarimni kuttirgan qiz, So’zlarimni yuttirgan qiz, Yuragimni o’ynab-qiynab, Armonlarda qoldirgan qiz. Unutolmayman hargiz, O’shal senmu, Gulyuz. Uyg’onib tong saharlarda, Kutar edim mahallangda, Kuzu, qishu, bahorlarda, O’qir edik maktablarda. O’tirardik bir partada. Unutganim yo’q hargiz, O’shal senmu, Gulyuz. Talashardik bahoga, Sen o’qirding a’loga, Men qolardim baloga, Yordam qil, men mubtaloga, Oshiq-u beqaroga, Chorasiz bedavoga. O’shal senmi, Gulyuz, Kel mendan qarzingni uz. O, Gulyuz, Gulyuz,Gulyuz, Sen yasharsan balki mensiz.. O,Gulyuz, Gulyuz,Gulyuz, Men yashayman qanday sensiz… Qani o’zim to’qiganman, jo’natamiz; +99894298xxxx tanirmikan. Oliygohga kirganimdan so’ng, yangi kiyim-kechak, yangi nomer oldimu, yangi telefon afsuski ololmadim. Ko’p kitob o’qiganmanu, texnikani unchalik tushunmaymanda. Hozircha tuzishdan oldin, buzishni o’rganayapman. Kontrakt – shartnoma asosida o’qiymanda. Ancha changga, loyga botishimga to’g’ri keladi. Mayli, bilak to’la kuch, bahoyimiz uch bo’lib o’qiyveramiz. Tushkunlikka tushmay, yorug’ kunlar haqida o’ylash kerak. Qizlar - ilhom parilari. Bundan tashqari maktabda faqat Gulyuz bilan o’qiganim yo’q. Aziza, Muxlisa, Setora, Sayyora va hakozo, hakozo. Eh, litseydagi qizlarchi doim kimyodan darslarimni tayyorlashga Gulbahor yordam berardi. Gulbahor! Shifokorlikka o’qishga kiribdi. Unga atab zo’r she’r to’qiganman. Lekin o’ziga aytmaganman. Imkoniyatni qo’ldan chiqarmaymiz. Sms yozaman va jo’nataman: Gulira’noga. Sensiz gulim, xolim xarob, Erishgan baxtim sarob, Ichganim faqat mayu-sharob, Sensiz – bu dunyo azob. Meni tashlab ketma gulim, Ko’nglim g’ashlab ketma gulim. Yashamoq, sensiz, mendek telbaga o’lim, Unutma meni, bebaho sevgilim? Uchrashganda ko’rmadingmi xolimni, Majnundayin g’arib bir ahvolimni. Tushunmaysan yuragimni, zorimni, Istasang gar, beramanku borimni. Meni tashlab ketma gulim, Dilim dog’lab, ketma gulim. Sensiz yashamoq, mendek nodonga o’lim, Unutma meni, beparvo sevgilim? Kelmaysanmi?- endi meni bir yo’qlab, Kuygan yurak-bag’ri-dilimni cho’g’lab, Balki borarsan qabrim qoshiga yo’qlab, Gullar qo’ygin, mendayin bir oshig’ingni eslab. Meni tashlab ketma gulim, Yuragim yulib, ketma gulim. Sensiz yashamoq, mendek shoirga o’lim, Unutdingmi meni, bevafo sevgilim? Qanday ta’sir qilganini bir necha daqiqadan keyin bilib olamiz. Ungach a Gulyuzdan ikki marta telefon bo’libdimi? Yaxshiyam telefonim ovozsiz rejimda. Ha, mayli ataylab ko’tarmaymiz. Gulbahorga sevgi she’rimiz ketti; +99891196xxxx . Bu qizlarni nomerini qayerdan olding, dersiz. Qizlarni nomerini albatta qizlardan olaman. Gulyuznikini tog’amni qizi berdi. Ingliz tilidan repititorga birga tayyorlanganda. Gulyuz telefon qilayapti. Umuman javob bermaymiz. Ey, sms kelibdiku, ochib o’qiymiz; Aaaxmoq, telba… Qizlar o’zi shunaqa. Bironta yigit ularni telbalarcha sevishini xohlashadi. Xuddi sevgan yigiti Olovuddindek bo’lsa. Aslida ularga Olovuddinning sehrli chirog’i kerak. Umuman telefondagi oh-vohlarga, suydim-kuydim degan gaplarga ishonmayman. Baribir men uchun dars mazmunli o’tdi. Men bundan buyon vaqtimni bekor o’tkazmayman. Qizlarga bag’ishlab buyuk she’rlar yozaman. O’rganib oldim, she’rni daftarimga yozib olib, telefonimda sms qilib jo’nataman. Chiqishga qo’ng’iroq chalindi. Ijodimni keyingi darsda davom ettiraman… Qizlar bevafolik qilsa qilaversin. Hayot shu har kim o’z jufti bilan yashaydi. Meni ilhom parilari tark etmasa bo’lgani. Layloga boqdim, Layloga. Ikkinchi juftlik ma’ruza darsida. Laylo atirguldek ochilib, ikkinchi qatorda o’tiribdi. Unga qaradi-mu, hayolimga she’r misralari quyilib keldi. To’rtliklar bir-biri bilan chalkashib ketdi… Layloga.
Ey, Laylo – isming go’zal, Ismingdan ham jisming g’o’zal. Seni sevib bo’ldim, Ishqingda mubtalo - kasal. Hayolimda yuzlaring, Biram shirin nozlaring, Yoqimli ovozlaring, Yoddan chiqmas so’zlaring. Jondan seni sevib qoldim, Hajringda kuyib yondim. Hatto o’zimdan tondim, Sevgi sehriga ishondim. Sevishimni bilgin deb, Sen ham meni sevgin deb, Senga atab she’r yozdim, Majnundek aqldan ozdim. Maftun bo’ldim, men senga, Majnun bo’ldim, men senga, Boqmaysan nega menga? Kuydirdingku, ey Laylo. Yigitlar senga shaydo, Men oshig’ing g’arib gado, Yo’llaringda bo’lsam paydo, Ustimdan kulma Laylo. Ey, Laylo! Meni tushun Laylo, Sevgimga ishon Laylo, ishon Laylo, Yuragim ko’zlaringga nishon Laylo. Yo’qlasang gar, o’shanda bo’laman paydo! O, Laylo, Laylo! Ko’zlari shahlo, shahlo. Husningga shaydoman, shaydo. Men uchun tanhosan, tanho. Avvalgi oshiqlarga qiyin bo’lgan. She’rni qog’ozga bitib mashu’qasiga berishni o’zi bo’lmagan. Hozirchi telefon nomerini bilsa bo’ldi. Yaramas kursdosh o’rtog’im daftarimga mo’ralaydi. Halaqit bergan odamni yoqtirmayman. Shoirmisan, she’r yozayapsanmi, deydi. Shartta unga o’zi haqida she’r to’qib uzatdim. Boshidan shapkasini qishin-yozin yechmaydi. Kursdoshlar hazillashib shapkasini olib qo’ygandi. Boshida otning qashqasidan kal joyi bor ekan. Shapkam – Julletam! Sen borsan menda yo’q g’am. Go’zalsan juda ko’rkam, Ko’rganlar qilsin alam. Qo’limga olib qalam, Ishlamay qoldi kallam, Nima bo’lganida ham, Seni yechmayman shapkam. Kursdoshim o’ziga taalluqli she’rni o’qidi-yu, menga boshqa halaqit bermaydigan bo’ldi. Sunnatillo degan bo’yi novcha kursdoshim hech tinch qo’ymadi. Bir go’zal qizni suratini ko’rsatib, o’sha qizga she’r yozib ber, deb bezor qilib yubordi. Menga tushlik olib bersang she’r yozib beraman dedim atayin. Kursdoshim rozi bo’ldi. Qizni ismini bilib, suratiga qarab she’r yozishga kirishib ketdim. Suvratingni ko’rdim men, Go’zalliging bildim men, Seni izlab keldim men. Qaylardasan Sarvinoz. Ko’zlaring chaqnagan yulduz, Sochlaring mavjlangan dengiz, Go’zalsan juda tengsiz, Ko’z qarog’im Sarvinoz. Ko’plar orzu qilgan qiz, Onam yaxshi ko’rgan qiz, Oshiq bo’lib qoldik biz, Bebahoyim Sarvinoz. Qo’lga ushlab surating, Izlayapman siyrating, Buncha meni qiynading, Qalb ardog’im Sarvinoz. Qilavermay buncha noz, Yo’limga chiqqin peshvoz, Qalbim senga ishqiboz, Ey, go’zal qiz Sarvinoz. Dars tugaganidan so’ng Sunnatilloga she’rni berdim. U bo’lsa ertaga tushlik olib bermoqchi bo’ldi. Mayli kunlar ko’p bo’lsa. Qizlarga she’r yozib yuraverib, qo’shni qizni unutibman. Onam o’shani kelin qilaman deb aytardi. Afsus uydagilar telefon qilib aytishdi. Kelasi hafta to’yi bo’larkan. Bugun dars, kun men uchun qayg’uli bo’ldi. Qayg’uli! Daftarimga ushbu she’riy satrlarni bitdim. Qo’shni qiz. Derazangdan kuzatardim ertalab, O’tirarding soching tarab, oynaga qarab, Oy yuzingni ko’rish uchun ataylab, Bahonalar qilardim, onangdan dazmol so’rab. Sezmasmiding meni qo’shni qiz, Begona bo’ldik endi biz. Ochilib ketarding hovli supursang, Yorishib ketardi ko’chalar yursang. O’zim unutardim, ismim aytib chaqirsang, Sendek qizni orzu qilardim bilsang. Bilmasmiding buni qo’shni qiz, Begonamiz endi biz. Kunda bir bor uchrashmaymiz endi biz, Ko’rishganda so’ramaymiz hol – ahvolimiz. Hazillashib kulishmaymiz endi biz, Bolalikda qoldi shirin xotiralarimiz. Eslaysanmi? Qo’shni qiz, Begona bo’ldik endi biz. O’ynatdingku, kuyingga, Olmading o’z tengingga, Uzuk taqding qo’lingga, Borolmayman to’yingga. Yolg’onchi qiz, qo’shni qiz, Begonamiz endi biz. Ey, qo’shni qiz, qo’shni qiz, Beparvosan - qo’shni qiz, Bevafosan – qo’shni qiz, Begonasan –qo’shni qiz… Bu she’riy satrlarimni hech kimga jo’natmayman. Uni qalbimni to’rida asrayman… Telefonimni puli tugab paynet yoniga keldim . Bir hurliqo qiz o’tiribdi. Unga nomerimni aytib, telefonimga pul tashladim. She’riy satrlar hayolimni band etdi. Ularni tutib olmasam, tezda g’oyib bo’lishadi. Paynetchi qizga… Ey, ko’kdagi oy yuzli hulkar, Qo’lim yetmayin sizga, bo’ldim darbadar. Oxiri o’ltirib, yozdim g’azal, O’qimasangiz, bo’lurmen tuzalmas kasal. Oyga oyna yuzingiz, Yulduz misol ko’zingiz, Bilmam nima ismingiz, Paynetchi qiz, go’zal qiz, Yagonasiz o’zingiz. Meni maftun qildingiz, Nomerimni bildingiz. Oshig’ingizga qilib shafqat, Nomerimga ming so’m tashlang faqat. O’zim yaxshi bolaman, Sizga she’rlar yozaman… Men ham oxiri uydagilarga dardimni aytdim. Mahallamizdagi o’sha qizga sovchi bo’lib boringizlar. Lekin afsus…U qizni hech kimga aytolmayman. Sovchilarimni qizni uyiga boraverib-boraverib kalishi yirtildi. U kimga nasib bo’lgan ekan. Kamolaga… Ko’nglimdagi qizbola, Ey, go’zal qiz Kamola. Kuydirding har ko’rganda, Qoldirding-ku armonda. Soddagina bola edim, Ko’nglim faqat senda dedim. Bir kuydim, yomon kuydim, Ey, go’zal qiz Kamola. Ko’chamizdan o’tardig-a, Menga gaplar otarding-a, Aytgin kimni kutarding-a, Ey, go’zal qiz Kamola. Sovchilarim ranjitding, Muhabbatim rad etding, Ayt, kimni suyib ketding, Ey, go’zal qiz Kamola. Endi kimni kutaman-a, Kimga xatlar bitaman-a, Kimni sendek sevaman-a, Ey, go’zal qiz Kamola. Sessiya boshlanib dars o’tgan domlalarimiz daftarimni so’rab qolsa bo’ladimi. Men fanimga qiziqqanlarni hurmat qilaman. Qaysi talabani daftarida dars mavzusi to’liq yozilgan bo’lsa, o’shanga bahosini qiynamay qo’yaman. Afsus daftarimni domlalarga ko’rsatolmayman. Daftarim qizlar haqida yozilgan she’rlar bilan to’lgan. Buni ustiga domlalarni ayrimlariga atab she’r bitganman: Qaro sochim o’sginu, mani ko’nglimni shod qilg’il, Ustimdan kuladurg’on g’animlarimni mot qilg’il. Qaro-oq bo’lsa ham mayli, boshimni shahmot qilg’il, O’sishingni sog’inib kutadurman, umrbod bilg’il. Daftarimni faqat sevimli qo’shiqchim Alisher Fayzga ko’rsatishim mumkin. Shunda sevimli qo’shiqchim Alisher Fayz she’rlarim orasidan birortasini o’qib ko’rib, qo’shiq qilib kuylasa, balki o’shanda bevafo qizlarga mening yuragim ozorlari yetib borar… Download 30.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling