Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet88/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Nazorat savollari

  1. Kontrolling nima?

  2. Kontrolling qanday xususiyatlarga ega?

  3. Kontrolling qanday vazifalarni bajaradi?

  4. Kontrolling tizimi qanday elementlardan tashkil topadi?

  5. Operativ(tezkor) va strategik kontrolling o‘rtasida qanday farqlar mavjud?

  6. Kontrolling tizimini yaratishda qanday bosqichlar amalga oshiriladi

  7. Kontrollingning funksional-maqsadli jarayonlar belgilar bo‘yicha amalga oshirilishini ajratib bering.

  8. Kontrollingni amaliyotda qanday amalga oshiriladi?

  9. Kontrolling tizimining resurslarini turlarga ajrating.

  10. Korxonalarda kontrollingni joriy etishning samaradorligini qiymatli baholang.



XХ BOB. KORPORATIV BOSHQARUVDA BIZNES-INJINIRING


20.1. Biznes-injiniring mohiyati
Kompaniyani samarali boshqarish tizimini tashkil etishda quyidagi komponentlar zarurdir: tashkiliy tuzilma, moliyalar, marketing va personallar – ular kompaniya strategiyasini amalga oshirishda o‘zaro kelishib olishlari va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Bunday maqsadga erishish uchun xorijiy korxonalar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan biznes-injiniringni korxona boshqaruvida qo‘llashni yo‘lga qo‘ygan. Biznes-injiniring boshqaruvni kompleks tizimga keltirgan holda tashkil etadi va takomillashtiradi va strategiyani ishlab chiqish va tahlil qilishda, biznes jarayonlarni, moliyalarni, marketing va personallarni qo‘llaniladi.
Bizga ma’lumki, har qanday biznesning maqsadi uzoq muddatli yutuqli biznes natijalarga erishishdan iborat. SHu munosabat bilan zamonaviy korporativ boshqaruvda kompaniyani strategik darajada ustuvor boshqarishga e’tibor qaratish kerak. Bunday boshqaruvda korxona faoliyati iqtisodiy samaradorlikka erishish orqali bozorda o‘z mavqeini egallashga qaratiladi.
SHu bilan birga oxirgi vaqtlarda aksariyati korxonalar egalari va rahbarlari shunday xulosaga kelishmoqdaki, tashkilot maqsadiga eishish uchun universal mezonlar va ko‘rsatkichlar mavjud emas. Korxonaning uzoq kelajakdagi muvaffaqiyatini daromadlilik, rentabellik, assortimentning ko‘pligi, personalning yuqori malakali tajribasi, mijozlar soni, ularga xizmat ko‘rsatish sifati, bozordagi ulushi kabi omillar belgilamayapti. Bunga sabab quyidagilardir:

  • bugungi kunda xaridorlar yuqori sifatga ega mahsulot va xizmatlarni sotib olishni, qo‘shimcha xizmat turlari va qulayliklarni, qaytarish va kafolat berish shartlari va bularning barchasini eng past narxda sotib olishni hohlaydilar;

  • xodimlar ijodiy ish va mehnatiga munosib haq talab qilmoqdalar;

  • investorlar investitsiyalarning rentabellikka erishishini hohlaydilar;

  • hamkorlar foydasi ko‘rishni istaydilar;

  • aksiyadorlar dividendlarni hisob-kitobini kutadilar.

Kompaniya rahbariyati yuqoridagi talablarni qay darajada bajara olishlarini hal qilishlari kerak va bunda biznesni rivojlantirishni ham birinchi navbatda o‘ylashlari kerak. Buning uchun kompaniya eng ko‘p foyda keltiradigan mijozlarga, mahsulotga, ta’minot kanali va regioniga e’tiborini qaratish uchun har bir bozor segmenti, alohida mijoz, mahsulot, ta’minot kanali va regioni kompaniyaga qay darajada foyda keltirayotganligi bo‘yicha hisob-kitob qilishlari kerak.
Istiqbollarni dinamik tartibga solishda ko‘pgina turli parametrlarni doimiy kuzatib borish kerak: bugun aksionerlar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yish kerak, ertasi esa yangi mahsulot yaratishni boshlash kerak, so‘ng esa personallarni ilhomlantirish kerak, raqobatchilarning harakatlariga munosib javob berish kerak va mijozlarning yangi istaklarini bajarish kerak.
Nima bo‘layotganligini tushunish uchun diqqatni jalb qilish va resurslarni jamlash kerak. Buning uchun esa muammoni aniqlashtirish va muhimligiga qarab muammolarni tartiblash, echim variantlarini modellashtirishni bilish kerak. Oddiy bo‘lmagan va o‘ta zarur resurlarga, ya’ni axborotlarga murojaat qilish kerak: axborotlarni moslashtirish, birlashtirish, ajratish va shaxsiy qiziqishlarda foydalanish. Bunda zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi biznes obyektini aniq va tushunarli tavsiflashi kerak, bunda interfeys (o‘zaro harakatlardagi mexanizm va protsedular) tashqi muhitning to‘liq o‘zgarishi biznesga salbiy ta’sirini maksimal darajada bartaraf etish, ijobiy ta’siridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Boshqa tomondan, biznesni haddan tashqari tartibga solish yoki byurokratlikning haddan tashqari ortiqchaligi ham biznesni tashqi muhit o‘zgarishlariga etarli darajada va samarali moslashishiga halaqit beradi, salbiy oqibatlarga olib keladi, yuqori darajadagi chalkashliklarni shakllantiradi, ya’ni moliyaviy yo‘qotishlar, biznesning barbod bo‘lishiga olib keladi. SHuning uchun zamonaviy boshqaruv tizimida biznesda albatta tartiblik va betartiblikni mos holda qo‘shib olib borish ham ko‘p hollarda o‘zini samarasini beradi. Bu bo‘yicha mashhur bo‘lgan “Pareto prinsipi” bo‘lib, unda tartiblik 80 %, betartiblik esa 20 %ni tashkil etadi. Jahon biznesida ilg‘or (lider)likni qo‘lga kiritgan G‘arbdagi mashhur kompaniyalarda “Pareto prinsipi” qo‘llaniladi.
Hammaga ma’lumki, biznes tavakkalchiliklar asosida daromad olishdan iboratdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek yana takror aytishga to‘g‘ri keladi biznesga tashqi muhitning o‘zgarishi shu darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadiki, bunda biznes rivojlanadi yoki tamomila qulaydi. Chunki tashqi muhit shunchalik tez o‘zgarib turadi va hattoki ko‘pincha oldindan aytib bo‘lmaydigan tarzda o‘zgaradi, bu esa kompaniyalarning rivojlanishi uchun ancha halaqit beradi. SHuning uchun kompaniyalar biznes jarayonini shunday strategiya asosida yuritishi kerakki, bunda kompaniya tashqi muhitdagi o‘zgarishga imkoni boricha tezroq moslashishga ulgura olishi kerak. Kompaniya bunday moslashishga imkon beradigan biznesni boshqarish tizimini yaratishi kerak. Ushbu biznes tizimi shunday bo‘lishi kerakki, biznesning asosiy maqsadlariga erishishi uchun qanchalik kutilmagan bo‘lishidan qat’iy nazar sodir bo‘lgan voqea-hodisalarga kompaniyani ijobiy o‘zgarishiga mos javob bera olishi zarur.
SHu sababli, biznesni boshqarishning zamonaviy tizimi butun biznesning atrof muhit o‘zgarishlariga tezkor va izchil javob berishini ta’minlash uchun biznesning asosiy quyi tizimlarini (yoki obyektlarini) va ularning interfeys (o‘zaro ta’sir mexanizmlari va protsedura)larini aniq grafik ko‘rinishida tavsiflash kerak. Afsuski, ayrim kompaniyalarda mavjud bo‘lgan biznesni boshqarish tizimlari haddan tashqari tartibsiz va qoidalarga asoslangan qattiq tartibga juda bog‘liq bo‘lib, bu esa tashqi o‘zgarishlarga biznesni tezkor ravishda javob berishga imkon bermaydi va o‘z navbatida, sezilarli moliyaviy xarajatlarga, yo‘qotishlarga va biznesning qulashiga olib keladi. SHuning uchun biznesni murakkab tizimligini inobatga olgan holda biznes tizimini ham loyihalash maqsadga muvofiqdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, kompaniyalar korporativ boshqaruvda ham biznes jarayonlarni loyihalash va bu jarayonda biznesning maqsadini, loyihaning risklarini, daromad va foydasini, davlat byudjeti oldida to‘lanadigan to‘lovlarni hisob-kitobini amalga oshirish kerak. Amaliyotchi va nazariyotchilar tomonidan ushbu biznes jarayonni loyihalash va hisob-kitobini amalga oshirishga “biznes-injiniring” deb nom berilgan.
Biznes-injiniring deb biznes-jarayonlarni va biznes-tuzilmalarni o‘zaro bog‘liqligini kompleks loyihalashga aytiladi. Ushbu loyihalashda tartib va betartibliklarning o‘rtasidagi optimal taqsimotini va biznes-tizimni tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga doimo optimal tarzda moslashishini, tashqi muhitning har qanday o‘zgarishida biznesning asosiy maqsadlariga erishishni kafolatlashni ta’minlaydi.
Biznes-injiniring quyidagi bosqichlardan iborat:


  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling