Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet86/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

Moliyaviy javobgarlik markazlari bo‘yicha taqsimot korporatsiyaning rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish faoliyatlari uchun amalga oshiriladi, biroq boshqaruv echimlarini qabul qilish uchun kontrolling tizimi doirasida maxsus boshqaruv hisoblarini yuritish uchun obyektiv zarurat paydo bo‘ladi. Bunday maxsus hisoblarni tatbiq qilish korporatsiya xususiyatlari va rahbariyat talablaridan kelib chiqadi.

Korporatsiya tashkiliy tuzilmasida kontrolling tizimini tatbiq etishdagi o‘zgarishlar amalga oshirilishi mumkin. Masalan, kichik korporatsiyalarda kontrolling buxgalteriya bo‘lim boshlig‘i tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Kontrollingda tashkiliy yoki tartibga solish vazifalari bo‘lib, menejmentni maslahat yuzasidan qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir va nazorat qiluvchi xodim tomonidan amalga oshiriladi. Bu vazifa bir vaqtning o‘zida axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash jarayonida amalga oshiriladi hamda bu holat kontrolling va axborot menejmentining birlashishini ifodalaydi. Yirik korporatsiyalarda nazorat qiluvchi xodimlarning samarali faoliyat yuritish va javobgarliklarini belgilash uchun maxsus tuzilma yaratiladi. Korporatsiyalarda kontrollingning asosiy vazifasi xarajatlar va foydani tahlil qilishni boshqarishdan iborat. Shuning uchun kontrolling bo‘limi mazkur tahlilni amalga oshirishda barcha zarur axborotlarni olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Korporatsiya rahbariyati axborotlardan foydalangan holda boshqaruv yechimlari bo‘yicha samarali takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi.

  1. Avtomatlashtirish bosqichi. Biznes jarayonlar qiymati, tahlili va ulardan foydalanish vaqtini kamayishini hisoblash va optimallashtirish masalalarini avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanilgan holda samarali hal etiladi. Bunday tizimlar jarayonlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar va axborot tizimi tizimlarsiz masalalar hxal etilayotganda ekspert baholashlardan foydalaniladi.

Biznes jarayonlarni kontrollingini tashkil qilish uchun maxsuslashtirilgan axborot tizimlarni tadbiq qilishda foydalanilayotgan axborotlarni tahlili o‘tkaziladi, nazorat uchun biznes jarayonlar aniqlanadi va bu biznes jarayonlarni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy axborot tizimining arxitekturasi tahlil etiladi.
Biznes jarayonlar kontrollingini tashkil etishda foydalaniladigan maxsus axborot tizimlari korporatsiya rahbariyatiga biznes jarayonlardagi o‘zgarishlar bo‘yicha tezkor echimlar kabul qilish va tashkiliy amallar o‘tkazish imkonini beradi.
Samarali kontrolling biznes jarayonlar bajarilishini tezkorligiga yordam beradi hamda ularning qiymatini kamayishiga va sifatini oshishiga olib keladi. Barcha bu holatlar biznes jarayonlar bo‘yicha samaradorlikni baholash imkonini beradi va bu jarayonlarni takomillashtirish hamda avtomatlashtirishda hosil bo‘luvchi ustunliklarni ko‘rsatadi.
Tizim biznes jarayonlarning samarador kontrollingini ta’minlashi uchun quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish kerak:

    • korporatsiyaning turli axborot tizimlaridan ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash;

    • KPR (natijaviy muhim ko‘rsatkichlar) asosida biznes jarayonlar samaradorligini baholash;

    • maxsus statistik uskunalar yordamida jarayonlar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;

    • biznes jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlari, holatlarini akslantirish va avvalgi davrdagi holatlar bilan taqqoslash;

    • turli nuqtai nazarlardan muhim ko‘rsatkichlarni kuzatish va tahlil qilish;

    • muhim ko‘rsatkichlarni rejalashni qo‘llab-quvvatlash;

    • muhim ko‘rsatkichlarning rejalashtirilganlaridan og‘ishlari asosida ogohlantirishlarni avtomat tarzda amalga oshirish;

    • og‘ish manbalarini qidirish uchun turlicha o‘lchanuvchan parametrlarni birlashtirish;

    • turli hisobotlarda KPR to‘plamlarini zudlik bilan qayta shakllantirish.

Xarajatlar bo‘yicha maydalashtirilgan axborotlarni qayta ishlash juda katta mehnat talab etadi. Korporatsiya bo‘linmalari iqtisodchilari o‘z mehnatlarini avtomatlashtirishni talab qiladilar, chunki ularning kontrolling tizimidagi faoliyati qo‘shimcha amallarni yuklaydi. Agar korporatsiyadagi amaliy axborotlarni to‘plash bir hafta mobaynida amalga oshirilsa, u holda bo‘linmalar axborotlarni qayta ishlash va kontrolling xizmati bo‘linmasiga taqdim etishga jismonan ulgura olmaydilar, buning natijasida kontrolling xizmat bo‘limi ham korporatsiya bo‘yicha barcha ma’lumotlarni to‘plash imkoniga ega bo‘lmaydi. Buxgalteriyaning turli amallari bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilsa, u holda kontrolling xizmatini ham avtomatlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling