Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Download 1.79 Mb.
bet83/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

19.2. Kontrolling tizimi
Hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlarida kontroling tizimining ahamiyatini o‘sish tendensiyalari sifatida raqobatning kuchayishi, xarajatlarni kamaytirishning zarurligi, yuqori darajadagi tavakkalchiliklarni kamaytirish va foydani oshirishga erishishlarni keltirish mumkin. Jumladan, korporatsiya biznesini samarali olib borishdagi asosiy shartlardan biri biznes jarayonlarini mukammal kontrollingini (nazorat parametrlari asosida jarayonlarni boshqarish tizimini) yaratish hisoblanadi. Kontrolling o‘z moxiyati bo‘yicha boshqaruv echimlarini qabul qilishning optimal mexanizmi hisoblanadi. Biroq bunday boshqaruv tizimiga ega korporatsiya biznes jarayonlarning barcha jabhalarida axborotning to‘liq ta’minlanganligi zarurdir. Sanoat korporatsiyalarda kontrolling tizimini tatbiq etish uchta yo‘nalish asosida amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi (korporatsiyaning amaldagi holatini o‘rganish, ekspress tahlil o‘tkazish). 2. Kontrollingni tatbiq etish bosqichi( boshqaruv tizimidagi va tashkiliy tuzilmadagi o‘zgarishlar, korporatsiya tizimidagi axborot oqimlari, xodimlar va mumkin bo‘lgan muammolar). 3. Avtomatlashtirish bosqichi. Mazkur bosqichlar haqida keyingi paragrafda keng ko‘lamda ko‘rib chiqamiz.
Aksiyadorlik jamiyatlarida kontroling tizimining ahamiyatini o‘sish tendensiyalari sifatida raqobatning kuchayishi, xarajatlarni kamaytirishning zarurligi, yuqori darajadagi tavakkalchiliklarni kamaytirish va foydani oshirishga erishishlarni keltirish mumkin. Jumladan, korporatsiya biznesini samarali olib borishdagi asosiy shartlardan biri biznes jarayonlarini mukammal kontrollingini (nazorat parametrlari asosida jarayonlarni boshqarish tizimini) yaratish hisoblanadi.
Ayrim kompaniyalardagi kontrolling tizimining uchta asosiy vazifasini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Daromadlilikni boshqarish yo‘li bilan kompaniya tomonidan boshqariladigan infratuzilmani qurish. Bunda kontrollingga tizimni shakllantiruvchi vazifalar yuklanadi. Modomiki, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi, rejalashtirish va nazorat tizimlari hamda boshqaruv axborotlari tizimi qabul qilingan konsepsiyaga mos kelishi va daromadlilikka yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

  2. Kontrollingni o‘ziga xos kompaniya vazifalarini amalga oshirish, shu bilan birga, tahlil, rejalashtirish va nazorat bosqichlarini ketma-ketlik asosida bajarish yo‘li bilan kontrollingni davriyligini kafolatlash.

Kontrolling o‘z mohiyati bo‘yicha boshqaruv echimlarini qabul qilishning optimal mexanizmi hisoblanadi. Biroq bunday boshqaruv tizimiga ega korporatsiya biznes jarayonlarning barcha jabhalari bo‘yicha axborotlar bilan to‘liq ta’minlanishi kerak. SHuning uchun axborot oqimlari tizimi korporatsiyalarda kontrolling tizimlarining muhim elementi hisoblanadi. Boshqaruv jarayonining o‘zi axborotlarni qayta shakllantirish jarayonida qayta ko‘riladi. Boshqaruv ta’sirlari bu alohida turdagi axborotlardir. Axborot nazariyasida samarali boshqaruv uchun hech bo‘lmaganda kichik hajmdagi shaffof axborot kerakligini ta’kidlaydi. Boshqaruv sohasining qarshi ta’siri qancha keng bo‘lsa, bunga shuncha katta miqdordagi axborot talab etiladi. Korporatsiyaga nisbatan bu holatning iqtisodiy muhiti qancha katta darajada o‘zgaruvchan va korporatsiyaning ichki tuzilmasi qanchalik murakkab bo‘lsa, samarali boshqaruv uchun shuncha ko‘p miqdorda axborot talab qilinadi. Demak, kontrolling vazifalaridan biri boshqaruvning axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, bu masalani korporatsiyadagi axborot oqimlari tizimlarini aniq va tartibli faoliyat ko‘rsatishi asosida hal etish mumkin. Kontrolling korporatsiyada boshqaruv tizimini amal qilish zarurati uchun axborot etkazib beruvchi vosita hisoblanadi.
Kontrollingdagi axborotlarini to‘plash tizimi axborot oqimlari tizimiga asoslanadi. Axborot xizmati bo‘limi o‘zining axborotni to‘plash tizimini korporatsiyaning boshqa axborot oqimlarini amallarini hisobga olmasdan yarata olmaydi. SHuning uchun kontrolling axborot oqimlari va korporatsiya axborot oqimlarini umumiy tizim tarkibiga kiritish darkor.
Axborot tizimini tatbiq qilish amallari doirasida korporatsiyada axborot oqimlarining barcha tizimlarini kayta ko‘rish va optimallashtirish ro‘y beradi. Korporatsiyada kontrolling xizmati bo‘limi oldida boshqaruv maqsadlari uchun xarajatlar bo‘yicha tezkor axborotni to‘plash va tahlil qilishni ta’minlash masalasi turadi. Korporatsiya rahbarlari - bosh direktor, moliyaviy direktor, bo‘lim boshliqlari korporatsiyada hosil bo‘lgan turlicha og‘ishlar bo‘yicha bu og‘ishlarni yo‘qotish va korporatsiya faoliyatini tartibga solish uchun o‘z vaqtida axborotlar qabul qilishlari kerak.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kontrolling tizimi korporatsiyalarni rivojlanishiga ahamiyatli yordam bersada ayrim korporatsiyalarda tatbiq etishda qarshiliklarga uchraydi. Bu qarshiliklarning oldini olish uchun birlamchi natijalarga zudlik bilan erishish hamda korporatsiyada muhim faoliyat ko‘rsatuvchi tizimni yaratish uchun bunday qarshiliklarni tahlil etish va bularga qarshi turuvchi vositalarni yaratish lozim. Kontrolling tizimini zudlik bilan tatbiq qilishga yordam beruvchi va qarshilik ko‘rsatuvchi omillar quyidagi jadvalda keltirilgan. (19.2.1-jadval)
Korporatsiyada kontrolling tizimini joriy qilish korxona faoliyati ustidan chuqur tahlil olib borish, uning tuzilmaviy-tashkiliy tizimini o‘rganish va boshqaruv xulosasini qabul qilish jarayonlaridan iboratdir. Kontrolling tizimi korxonaning asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish, unga muvofiq tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish, bo‘linmalarga ajratish tamoyillarini ishlab chiqish va funksiyalarni ular o‘rtasida taqsimlashga ham xizmat qiladi. Mazkur tizim orqali korxona boshqaruvi uchun zaruriy ma’lumotlar ko‘lamini aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish va ularni taqsimlash amaliyotlarini bajaradi. Bundan tashqari, tizim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • jamiyatlar faoliyati samaradorligi baholash, foyda va xarajatlarning markazlar o‘rtasida taqsimlanishini nazorat qilish;

  • korxona nazoratining barcha darajalari va bo‘linmalari bo‘yicha rejalashtirish tamoyillarini ishlab chiqish;

  • barcha mas’ul markazlar bo‘yicha byudjet qurilmasi tamoyillari va shakllarini ishlab chiqish va korxonada byudjetlashtirishni tashkil qilish. Buni muvofiq tarzda korxona ichki hujjatlariga kiritish.

  • korxonaning umumiy va bo‘linmalar faoliyatini natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish hamda uning muvofiqlashtiruvchi jarayonlarini belgilash;

  • mavjud, qo‘lga kiritilgan yuqori natijalarni jamlash va ularni bank faoliyatiga yo‘naltirish.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling