Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
19.2.1 – jadval
Kontrolling tizimini ustunligi va kamchiliklari
Ayrim amaliyotlarda kontrolling tizimining funksiyalarini markazlashgan va markazlashmagan vositalariga ham ajratiladi. Markazlashgan kontrolling funksiyalari e’tiborni butun kompaniya faoliyatiga, turli xil sohalari bilan bog‘liq har xil operatsiyalarga integratsiyalashganligiga qaratadi. Bu funksiyalar asosan aktiv va passiv operatsiyalarni bir-biriga moslaydi. Markazlashmagan kontrolling funksiyalari esa kompaniyaning belgilangan reja davrida faqat bir bo‘limiga qaratiladi. Markazlashgan va markazlashmagan kontrolling funksiyalarni bir-biriga taqqoslaganda, kompaniyalarning hajmi va funksiyasi muhim rol o‘ynaydi. Markazlashgan kontrolling vositalari kichik va o‘rta hajmli korxonalarda ham bo‘lishi mumkin. Markazlashgan kontrolling faoliyati kompaniyaning biznes siyosatini rivojlantirishga qaratiladi. Markazlashmagan kontrolling faoliyati markazlashmagan xarajat rejasini nazoratga olish va axborot jarayonini tartibga solishdan iboratdir. Bir qarashda kontrolling tizimini joriy qilish juda murakkab vazifadek ko‘rinadi, biroq zamonaviy dasturlarni qo‘llash kompaniyalarda kontrolling tizimini joriy qilishni engillashtiradi. Bunday zamonaviy dasturiy xizmatlar yordamida turli xil vazifalar, asosan, hisob va tahlil ishlari avtomatik tarzda bajariladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling