Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv


Kontrolling tizimini shakllantirishning asosiy


Download 1.79 Mb.
bet85/122
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1050671
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)

19.3. Kontrolling tizimini shakllantirishning asosiy
bosqichlari
Korporatsiyaning uzoq muddatli muvaffaqiyatli rivojlanishini ta’minlash uchun faoliyatning istiqbolli yo‘nalishlarini muntazam takomillashtirish lozim. Korporatsiyaning tijorat faoliyati tuzilmasini global va istiqbolli boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kontrolling tizimining vazifalaridan biridir. SHundan kelib chiqqan holda, korporatsiyada kontrolling tizimini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korporatsiyada tezkor rejalarni muvofiqlashtirish ham kontrolling tizimining funksiyasi hisoblanib, bu kontrolling faoliyatini strategik va operativ kontrollingiga ajratadi.
Strategik kontrolling aksiyadorlik jamiyatida hozirgi va kelajakdagi muvaffaqiyatlar manbaini qidirish hamda namoyon qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur kontrollingda korporatsiyaning barcha umumiy xarajatlari – bozor tavakkalchiligi va imkoniyati – va shuningdek, tavakkalchilik siyosati maqsadlari hamda tuzilmaviy daromad talablari rejasi ko‘rib chiqiladi.
Strategik kontrolling quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:
- korporatsiya bozor strategiyasi orqali investitsiya unumdorligi potensialidan maksimum foydalanishini ta’minlaydi;
- korporatsiyaning balans tuzishilishiga bog‘liq ravishda tavakkalchilik omillari hamda investitsiya unumi talablarini tadqiq qiladi, bunda uzoq muddatli moliyaviy balans o‘rganiladi.
Operativ kontrollingda asosan optimallashtirish tuzishilishining balans hisobvarag‘i - daromadlilik hamda likvidlilikning operatsional boshqaruvi kabilar reja-dalil byudjeti nazorati tizimi asosida o‘rganiladi.
Jumladan, korporatsiyada kontrolling tizimini shakllantirish uch bosqichda amalga oshirilib, ular tayyorlov, tatbiq etish va avtomatlashtirish bosqichlaridan iborat. Biz quyida har bir bosqichni alohida ko‘rib chiqamiz:

  1. Tayyorlov bosqichi. Tayyorlov bosqichi korporatsiyaning amaliyoti jarayonlari bilan umumiy tanishishdan boshlanadi. Bunda korporatsiya xizmatlari va bo‘linmalari tomonidan quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi zarur: korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi, berilgan vaqt mobaynidagi korporatsiya byudjeti, ishlab chiqarish va xarajatlardagi o‘zgarishlarni hisobga olishni tahlil qilish qaydnomasi, foyda va zararlar bo‘yicha hisobot va balans hamda bo‘linmalar faoliyati haqida ma’lumotlar. Bundan so‘ng tadqiq etilayotgan kontrolling tizimi uchun korporatsiya bo‘linmalarining vazifalari belgilanadi, ya’ni berilgan bo‘limining korporatsiya rejalashtirishidagi vazifasi, bo‘linmaning tahliliy qanday amalga oshirilishi, har bir bo‘limi kontrollingga qanday munosabatda ekanligi va bo‘limida nazorat qanday amalga oshirilishi. Ushbu bosqich yakunida korporatsiyaning barcha ijobiy tomonlari va echim taqdim etilayotgan bo‘linmalari ko‘rsatilgan hisobot tayyorlanadi.

  2. Tatbiq etish bosqichi. Kontrolling tizimini tatbiq etish bo‘yicha barcha savollar kelishilgandan so‘ng, ikkinchi bosqich amalga oshiriladi va unda barcha bo‘linmalar bilan birgalikda kontrollingning barcha asosiy holatlari ishlab chiqiladi. Zaruriy holatda parallel ravishda dasturiy mahsulot yaratiladi. Ushbu bosqichda kontrolling bo‘limi tashkil etiladi yoki ushbu sohada amal qilishi uchun tajribali xodimlar jalb etiladi.

Kontrolling tizimi tatbiq etilishida korporatsiya boshqaruvi jarayonidagi o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  1. Javobgarlik markazlarini tatbiq etish. Ko‘p hollarda amaliyotda korporatsiyalarda javobgarlik markazlarini ajratishning quyidagi tamoyillari tatbiq etiladi: funksional, mintaqaviy, tashkiliy tuzilma hamda xarajatlar tuzilmasining mosligi.


  2. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling