Nazariya va amaliyotda korporativ boshqaruv
Kontrolling xizmatini tashkil etish
Download 1.79 Mb.
|
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 (талаба учун)
19.4. Kontrolling xizmatini tashkil etish
Korporatsiyada kontrolling xizmatini kimlar olib borishi va kimlar tatbiqni tashkil etishi tayyorlov bosqichida amalga oshiriladi. Agar bu vazifalar bilan korporatsiya rahbari shug‘ullansa, taklif qilinayotgan ekspress tahlilga zarurat bo‘lmaydi. Bunga asos, korporatsiya rahbarining korporatsiya holati haqidagi asosiy tushunchalari, korporatsiya bo‘linmalarining faoliyat ko‘rsatishi, tezkor axborotning kim tomondan to‘planishi va taqdim etilishi, qanday hujjatlar qanday muddatlarda kimlar uchun tayyorlanayotganligi, xarajatlar holati va kim tomonidan tahlil etilayotganligi va byudjet tuzishilganligi hamda uning ijrosi kim tomondan nazorat qilinayotganligi hisoblanadi. Korporatsiyada kontrolling xizmati bo‘limini yaratishda quyidagi asosiy talablarni hisobga olish zarur: Kontrolling xizmati bo‘limi zarur axborotni buxgalteriya, moliya bo‘limi, reja-iqtisodiyot bo‘limi, mahsulot sotish bo‘limi va moddiy- texnika bo‘limidan olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Kontrolling xizmati bo‘limi korporatsiyaning boshqa iqtisodiy bo‘limlari yordamida tahlil va xulosalar uchun talab etiladigan qo‘shimchalarni to‘plash maqsadida imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Kontrolling xizmati bo‘limi doimiy asosda tahliliy axborotlarni to‘plashning yangi vazifalarini tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Kontrolling xizmati bo‘limi korporatsiyaning yuqori rahbariyatiga axborotlarni zudlik bilan etkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Korporatsiyaning kontrolling xizmati bo‘limi u yoki bu moliyaviy-iqtisodiy bo‘limiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Kontrolling xizmati o‘z faoliyatining birinchi bosqichida 3-4 kishidan iborat bo‘lgan ishchi guruhga ega bo‘lib, bu guruh analitik xizmat vazifasini bajaradi va korporatsiya rahbarlarini korporatsiyadagi xarajatlar haqidagi tezkor axborot bilan ta’minlaydi, analitik hisobotlarni tuzadi, korporatsiyaning moliyaviy-iqtisodiy holati ko‘rsatkichlarini prognoz qiladi, xarajat va foydalarga bog‘liq bo‘lgan boshqaruv echimlarini ekspertiza qiladi va reja-iqtisodiy bo‘limida rejalashtirish uslubiyatini tartibga soladi. SHunday qilib, kontrolling xizmati bo‘limi ushbu faoliyat muddati davomida umumiy iqtisodiy axborot hajmiga murojaat etish imkoniga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Moliyaviy-iqtisodiy xizmat bo‘limi kabi kontrolling xizmati bo‘limi ham o‘zining yaratilish muddati davomida boshqa xizmat bo‘limlari bilan aloqalar o‘rnatadi, axborot hamkorligini tartibga soladi hamda amallarning aniq bo‘linishi amalga oshadi. Kontrolling xizmati bo‘limining korporatsiya bosh rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini ta’minlash zarur va bunda kontrolling xizmati bo‘limi boshlig‘i boshqa moliyaviy-iqtisodiy xizmat bo‘limlari boshliqlariga nisbatan mustaqillikka erishadi. Kontrolling xizmati bo‘limi boshqa moliyaviy, iqtisodiy bo‘limlardan farqi shundaki, iqtisodiy vazifalarni takomillashtirish amal (strategik masala)larini hal etadi. Kontrolling xizmati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Xususiyatlari o‘lchanmaydigan jarayonlar, parametrlar va holatlarni takomillashtirish mumkin emas. 2. Biznes - jarayonlar bajarilishini nazorat qilib borish kerak va normadan parametrlarning ixtiyoriy og‘ishlarini o‘z vaqtida tartibga solish. Har bir jarayon uchun miqdoriy va sifat qiymatlari (natijaviy muhim ko‘rsatkichlar (KPR)) aniqlangan bo‘lishi kerak. Jarayonlarda natijalarni nazorat qiluvchi ko‘rsatkichlar va nazorat nuqtalarini aniqlash. Natijaviy ko‘rsatkichlarni statistik qayta ishlash va monitoringini o‘tkazish. Monitoring natijalarini tahlil qilish, ya’ni amaldagi va reja ko‘rsatkichlarini taqqoslash hamda og‘ishlar sabablarini aniqlash. Aniqlangan kamchiliklar asosida kompaniya faoliyati bo‘yicha tekshiruv xulosa va dalolatnomalarini tuzish hamda rasmiylashtirish. Tekshiruv xulosa va dalolatnomalar asosida rahbariyatga tegishli choralarni ko‘rish uchun taqdim etish. Kontrolling xizmatida korporatsiyada biznes jarayonlar samaradorligi darajasining zaruriy holatiga erishish va jarayonlar kontrollingini samarali tatbiq etish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: Biznes jarayonlardagi kamchiliklarni aniqlash. Biznes jarayonlardagi vaqtni tejash va xarajatlarni qisqartirish imkonini beruvchi bo‘g‘inlarni aniqlash. Biznes jarayonlarning imkoniyatlarini bajariladigan hajmiga mos kelishini tekshirish, biznes jarayonning qismlarini bajarilishini rejalashtirilgan vaqtga amal qilishni tekshirish. Rejalashtirilgan biznes jarayonlar bajarilishida xarajatlarning aniq darajalari mosligini tekshirish. Biznes jarayonlar bajarilishi uchun rejalashtirilgan manbalarning kerakli miqdori ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish. Kontrolling xizmatida to‘plangan ma’lumotlar kontrolling tizimi ma’lumotlar bazasida birlashtiriladi va tizimga joylashtirilgan muhim natijaviy ko‘rsatkichlarning maqsadli qiymatlarini hisobga olgan holda tahlil qilinadi. Biznes jarayonlar kontrollingini tashkil etish uchun mo‘ljallangan maxsuslashtirilgan tizimlar amaliyoti o‘z ichiga quyidagi bloklarni oladi: XML - adapterlar (agentlar) ular turli axborot tizimlarida ko‘rsatkichlarni to‘plash va qayta shakllantirishni ta’minlaydilar. Process Warehouse - (KRP ma’lumotlar bazasi) ular muhim natijaviy ko‘rsatkichlar qiymatlarini to‘plashni ta’minlaydilar. Frontend - (tahlillar bloki) ular foydalanuvchilar uchun jarayonlarni natijaviyligi va samaradorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkoniyatini ta’minlaydilar. Report - (hisobotlar) ular foydalanuvchilar so‘rovlari bo‘yicha turli analitik hisobotlar yaratilish imkoniyatini beradilar. Korporatsiyada samarali biznes jarayonlarni amalga oshirish uchun albatta kontrolling xizmati kerak va ushbu xizmatda axborot oqimlarining zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanilishi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Kontrolling xizmatining vositalarini amaliyotda keng miqyosda tatbiq etilishi korporatsiya darajasida jarayonlar boshqaruvining ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishga va samarali biznes jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling