Nazariyasi va amaliyot birligi prinsipi reja: Ilmiy nazariyalar rivoji muammosi. Ilmiy bilish usullari va uslublari
Download 73.5 Kb.
|
1443697512 61420
Amaliyot va bilish birligi. Falsafada amaliyot deganda inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘zini qurshagan dunyoni yoki uning ayrim qismlarini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Amaliyotning asosiy shakli mehnat bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida inson tabiat bilan to‘qnashadi. Shuningdek, boshqaruv amaliyoti, siyosiy, ijtimoiy amaliyot va amaliyotning boshqa shakllari farqlanadi. Xo‘sh, amaliyotning bilish bilan aloqasi qanday?
Birinchidan, amaliyot bilishning sarchashmasi, negizi, uni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Amaliyotning muayyan ehtiyojlari insoniyatning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari va vazifalari, umuman faoliyat turi sifatidagi bilishning o‘zi yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Misrda ziroatchilik geometriya va matematika paydo bo‘lishini rag‘batlantirgan, kemachilik va savdo ishi esa astronomiya va boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki bergan. Amaliyot jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangi muammolar (masalan, koinotni o‘zlashtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va b.)ga duch kelib, bilishning yangi tarmoqlari rivojlanishini ta'minlagan Masalan, XX asrda kosmik tibbiyot, kristallografiya, genetika va boshqa fanlar vujudga keldi. Ikkinchidan, amaliyot o‘zining muhim ehtiyojlari bilan birga bilishning maqsadi hamdir. Inson bilimlari ulardan o‘z kundalik turmushda foydalanish uchun mo‘ljallangandir. Biroq ular buyumlar va tovarlar, mehnat qurollari yaratiladigan sanoatda birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, D.I.Mendeleev jadvali va unda ifodalangan ma'lumotlarsiz hozirgi kimyo sanoatini tasavvur qilish mumkin emas. Kundalik hayotdan mustahkam o‘rin olgan televidenie va radio fizika va boshqa fanlarda erishilgan yutuqlar mahsulidir. Agar bilimlarga amaliyotda hojat bo‘lmasa, ular o‘z ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Binobarin, amaliyot bilimlar izchil qo‘llaniladigan ulkan sohadir. Uchinchidan, amaliyot inson bilimlari va tasavvurlarining haqiqiyligi mezoni (ko‘rsatkichi)dir. U ilmiy gipotezalar va nazariyalarning (masalan, Quyosh tizimsining boshqa sayyoralarida hayot borligi haqidagi farazning) aniqligini tekshirishning muhim usuli hisoblanadi. Biroq bunda mazkur mezon o‘zining nomukammalligi tufayli universal (umumiy) emasligini e'tiborga olish lozim. Zotan, dunyo haqidagi g‘oyalar va taxminlarning barchasini ham amalda sinash mumkin emas. Shu sababli fan bilimlarning haqiqiyligini asoslash uchun, masalan, mantiqiy isbotlash kabi usullardan foydalanadi. Xulosa. Amaliyot har qanday bilish jarayonining negizi, tayanch nuqtasi va tadrijiy yakuni hisoblanadi. Amaliy faoliyat maqsadga yo‘nalgan va bilimning ifodasi sifatida uning natijasida namoyon bo‘ladi ADABIYOT
ASOSIY: Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling