Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya


Download 30.91 Kb.
bet3/8
Sana01.05.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1418431
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati

-a so’roq yuklamasi so`zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. O’zi qo’shilayotgan so’zga so`roq,taajjub, norozilik, qo`rquv ma`nolarini yuklaydi.
* So’roq ma’nosida: -Ikkinchiga o’t, hisobni bilmaysan.
U pakana kishiga qaradi: Shunday qilsin-a?
* Taajjub :Arzimagan choychaqa uchun o’z birodaringni sotsang-a? Bu razolat-ku!
* His va hayajonni ifodalash uchun ishlatiladi: Naqadar go’zal bir gul-a!
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari ( -ku, , -u,-da, -oq, -yoq, -ki, -kim, ham, hatto,nahotki, axir, g’irt)
Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalaridan eng faol va nutqning barcha uslublarida qo’llaniluvchi turi ham shaklidir. Ham yuklamasi ot, sifat, son, ravish, olmosh va fe’l so’z turkumlaridan keyin kelib, bu turkumldagi so’zlarga ta’kid ma’nosini yuklab keladi.
Ham yuklamasi oddiy so’zlashuv uslubida -am, -yam shaklda qo’llanilishi ham mumkin. Bunday holda ham yuklamasining bu shakli so’zga qo’shib yoziladi:
* Esingizdami, oyi, siz bir marta, atigi bir marta, o'shandayam hazillashib: “Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o'g'lim”, - degandingiz ( O’tkir Hoshimov)
-oq, -yoq kuchaytiruv-ta’kid yuklamalar qolgan uslublarga qaraganda badiiy uslubda qo’llanilishi ancha faol hisoblanadi. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridan
-oq, -yoq yuklamalarida uslubiy bo’yoq ancha yuqori. -oq, -yoq yuklamalari bosh, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlardan so’ng kelib, o’zi qo’shilgan so’z ma’nosini kuchaytirib kelsa, -ib ravishdosh shakli va bilan ko’makchisidan so’ng kelib, bir-ish harakat ortidan ikkinchi ish-harakat tezlik bilan bo’lishini ifodalab keladi:
* Bahor kelishi bilanoq daraxtlar gullay boshladi.
* Gullarni koriboq ko‘ngli yorishdi

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling