Nazarov Rasulberdi, Samdu filologiya fakulteti talabasi O’zbek tilida yuklamalar stilistikasi annotatsiya
Download 30.91 Kb.
|
O\'zbek tilida yuklamalar uslubiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nahot, nahotki
-ki, -kim yuklamalari gap yoki gap bo’lagiga qo’shilib,unga ta’kid ma’nosini yuklab keladi. Yuklamaning bu shakllari ko’pinchi ergashgan qo’shma gaplarni o’rtasida qo’llaniladi. Qo’shma gaplarning bog’lovchili shakllari so’zlashuv uslubida qo’llanilishi chegaralanganligi hisobiga -ki yuklamasi ham so’zlashuv uslubida qo’llanilishi anchagina chegaralangan. Rasmiy,ilmiy, badiiy va publitsistik uslublada -ki yuklamasining ishlatilishi ancha sermahsuldir. Badiiy uslubda, ayniqsa mumtoz adabiyotda, qisman sheriyatda ham -ki yuklamasining -kim shakli keng tarqalgan:
* Yog’lig’ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga Xasta jonlar rishtasidindur magar xor tor anga? (Bobur) Axir, hatto, hattoki, nahotki kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari gap yoki gap bo’lagiga kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini yuklab keladi. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalarining bu turlari badiiy va publitsistik uslublarda qo’llanilishi faol hisoblanadi, lekin rasmiy uslubda bu yuklamalar nofaol qatlamdan joy oladi. So’zlashuv uslubida esa deyarli qo’llanilmaydi. Hatto yuklamasi matndagi ta’kid va kuchaytiruv ma’nolarini o‘ta kuchli ifodalashi bilan ajralib turadi. Bu yordamchi ifodalagan ma’noga teng ma’noni hech qaysi yuklama yuzaga chiqara olmaydi. Hatto yuklamasi hattoki shaklda ham uchraydi. Lekin hattoki yuklamasi hattoga nisbatan kuchliroq ta’kid ma’nosini ifodalaydi: * U shunday ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hatto qamishlar ham shitirlamadi. Qiyoslash uchun: U shunday ehtiyotkorlik bilan emakladiki, hattoki qamishlar ham shitirlamadi. ( Said Ahmad ) Axir yuklamasi o‘zi bog‘lanib kelgan sintaktik qismga ko‘proq ta’kid m’nosini yuklashdan tashqari, o‘zi ishtirok etgan matndagi gumon ma’nosini ta’kidlaydi. * Lekin ellik yil yo‘lda hamroh bo‘lgan, birga o‘y surib, birga qog‘oz qoralagan do‘stning ham aytadigan gaplari bordir, axir! (Said Ahmad) Nahot, nahotki leksemalari yuklamalar ichida eng sermahsullik bo‘yicha ham, jumla mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha faolliggi bilan ham ajralib turadi. Yuklamaning bu shakli jumladagi taajjub ma’nosiga yo‘g‘rilgan ta’kidni ifodalashga xizmat qiladi va badiiy uslubda ancha sermahsul hisoblanadi: * Nahotki, u meni rostdan ham kutayotgan bo‘lsa! (Yo‘ldosh Sulaymon) Yuklamaning bu shakli she’riyatda taajjub, ta’kid ma’nolarini aks ettiradi: * Nahot she’rlar aytdim bo’shliqqa qarab, Nahotki sovruldi olov so’zlarim ( Shavkat Rahmon ) Download 30.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling