Nazorat savol va topshiriqlarga javoblar
Download 21.99 Kb.
|
15 dars.docx,
Nazorat savol va topshiriqlarga javoblar: Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil kilish nima uchun zarur? 2. Yalpi talab nima? Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. Yalpi (aggregate demand, AD) – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.Yalpi talab barcha iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy iste’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. 3.Nima uchun talab egri chizig‘i o‘zgaradi? Yalpi talab egri chizig’i Na rx R darajasi AD 0 Y Ishlab chiqarish real hajmi Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.Agar yakka talab egri chizig’ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y beruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi. 4.Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Xraopovikli samara - yalpi talab oshganda narxning urtacha darajasi kutarilishi, lekin talab kamayganda, kiska davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega bulmasligini kursatadi.Unumdorlik - bu milliy ishlab chikarish real ^ajmining foydalanilgan resurslar mikdoriga yoki harajat birligiga to‘g‘ri keladigan nisbiy mikdori. 5.Yalpi taklif nima? YAlpi taklif — mavjud narx darajasi da sotish mumkin bulgan, sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo‘lgan o‘rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko‘rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag‘bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. SHu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud bo‘ladi. 7. Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? YAlpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. YAlpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. YAlpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish harajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig‘i joyini o‘zgartiradi. Download 21.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling