Nazorat savollarga javoblar: Axborot haqida Klod Shennon ta’rifi?
Download 18.63 Kb.
|
1-Topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Axborot va bilish haqida Forobiy fikrlari
- 4. Axborot deganda nima tushuniladi
- 5. Axborotning turlari: analog va diskret axborotlar
- 6. Axborotli jarayon deb nimaga aytiladi
- 7. Axborotning o‘lchov birliklari
- 8. Axborotning obyektivligi hamda subyektivligi
- 9. Axborotning to‘liqligi va foydaliligi
- 10. Axborotning adekvatligi va dolzarbligi
- 12. Axborotni kodlash usullari haqida ma’lumot bering.
Nazorat savollarga javoblar: 1. Axborot haqida Klod Shennon ta’rifi? Javob: Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shenon axborotni narsa haqidagi bilimlarimizdagi noaniqlikni bartaraf etilishi kabi e’tirof etadi. 2. Axborot haqida Norbert Viner ta’rifi? Javob:Kibernetika asoschisi Norbert Viner ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» . Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari yordamida amalga oshiriladi. 3. Axborot va bilish haqida Forobiy fikrlari? Javob:Abu Nasr Forobiy bilish jarayoni haqida quyidagicha fikr yuritadi: “bilish ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq, lekin biri ikkinchisisiz vujudga kelmaydi”. Ko‘rinib turibdiki, bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi. Forobiy o‘zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksiz ekanligini ta’kidlaydi, ya’ni bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab boradi va buning asosida ilm borgan sari ortib, chuqurlashib boradi, deydi. 4. Axborot deganda nima tushuniladi? Javob:Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot – insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir. 5. Axborotning turlari: analog va diskret axborotlar? Javob:Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo`lgani uchun, axborotlarni tasnifi ham o`ziga xosdir. Jumladan, informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a`zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko`rishga moslashgan bo`lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi. 6. Axborotli jarayon deb nimaga aytiladi? Javob:Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. 7. Axborotning o‘lchov birliklari? Javob:Bit va bayt bilan birga ulardan kattarok axborotning quyidagi o’lchov birliklari ham mavjud. 1 Kilobayt = 210 bayt = 1024 bayt ≈ ming bayt 1 Megobayt = 2 20 bayt = 1024 x 1024 bayt ≈ million baytdan ko’prok 1 Gigobayt = 2 30 bayt= 1024 x1024x1024bayt ≈ milliard baytdan ko’prok.
Javob:Axborotning obyektivligi-axborotni boshqa fikr va mulohazalariga bog’liq bo’lmasligi. Axborot tashqi obyekiv dunyoni akslantirilishidir. Axborotni obyektivligi uning qayd qilish usullariga yoki boshqa fikr, mulohazalarga bog’liq emasligini bildiradi. Masalan, ikki kishidan xonadagi havo temperaturasini baholash so’raldi.Birinchi kishi xona temperaturasini birmuncha issiq deb, ikkinchisi esa normal deb baholash mumkin. Bu subyektiv axborotlardir. Agar xona temperaturasi maxsus asbob bilan o’lchansa, havo temperaturasi haqida obyektiv axborotga ega bo’lamiz.
Javob:Axborotning to’liqligi – axborotni tushunish va qarorlar qabul qilish uchun yetarli bo’lishi. Axborotni to’liq bo’lmasligi noto’g’ri xulosalar chiqarishga yoki qarorlar qabul qilishga olib keladi.Axborotning foydaliligi – axborotni iste’molchi so’rovlariga mos kelishi; 10. Axborotning adekvatligi va dolzarbligi? Javob: Axborotning adekvatligi (aniqligi). Obyekt haqidagi axborotni, obyektning haqiqiy holatiga yaqinlik darajasini ifodalaydi.Axborotning dolzarbligi yoki zamonaviyligi – axborotni hozirgi vaqt uchun muhimligi; 11. Axborotni kodlash va shifrlash deb nimaga aytiladi? Javob: Kodlashtirish uchun tez tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos talablar qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilishKriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. 12. Axborotni kodlash usullari haqida ma’lumot bering. Javob:Kodlash – axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko‘rinishga o‘tkazishdir.Axborotlarni kodlash jarayonida har bir belgiga bitta kod, ya’ni belgi yoki belgilar ketmaketligi mos qo‘yiladi. Kodlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish dekodlash deb ataladi.Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb ataladi. Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling