Nazorat savollari: Arab tili kursining maqsadi nimalardan iborat?


Download 64 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi64 Kb.
#242075
  1   2
Bog'liq
1-amaliy mashgulot boyicha savol va topshiriqlar



Nazorat savollari:
1. Arab tili kursining maqsadi nimalardan iborat?

2. Arab tili kursining vazifasi nimalardan iborat?

3. Arab tili insoniyat tarixida qanday o’rin tutadi?

4.Arab tili qaysi tillar oilasiga kiradi?

5.”Arab tili” tushunchasi nechta tilni o’z ichiga qamrab oladi?

6.Arab tili qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan nahv ilmini qaysi bir mashhur olim yaratgan?




Amaliy mashg‘ulot uchun vazifalar:
1.Arab alifbosi nechta harfdan iborat?

2. Arab alifbosida nechta unli va nechta undosh harf mavjud?

3.Arab yozuvaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Sanab bering.

4. Arab yozuvining qanday ko’rinishlarini bilasiz?

. Arab tili kursining dolzarbiigi va  oliy  kasbiy ta ’limdagi o ‘rni shundan iboratki, o ‘zbek  tili  va  adabiyoti,  folklorining  tarixan  shakllangan  adabiy,  lingvistik maktablari  va  talimotlarini,  mumtoz  va  zamonaviy  metodlarini,  buyuk ajdodlarimizning  o‘zbek va jahon  tilshunosligi  rivojiga  q o‘shgan  hissasi,  ularning  ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi  o ‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar  bilan  aloqalari, o ‘zbek tili va adabiyotining  rivojianish  istiqbollari  bilan  bogliq. Ilmiy  muammolarni tadqiq  etish uchun  arab va fors  tillari  va  ularning  grammatik normalarini  o ‘rganish  dolzarblik kasb etadi.

“Sharq  tillari  va eski  o ’zbek yozuvi”  fani  arab va fors tilini  o‘z  ichiga oladi.

 “Sharq tillari va eski o’zbek  yozuvi”  b o‘y icha  kursning maqsad va

vazifalari  o‘zbek tili va adabiyotining  har tomonlama taraqqiy topish id a Mahmud  K oshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy,  Lutfiy kabi  ilmu fan va adabiyot  namoyandalarining xizmati  va qoldirgan  merosi, ayniqsa Alisher Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Muham -madrizo  Ogahiy,  Boborahim Mashrab,  Muqimiy,  Furqat  kabi  o ‘nlab  mum -toz  adiblarimizning  umum bashariyat madaniy  xazinasidan  m unosib  o ‘rin olgan  o’lmas  asarlarini  chuqur  o’ rganish  va ilmiy asosda tadqiq  etishga qaratilgan  b o ‘lib talabalarda  ilmiy axborot bilan  ishlash k o‘nikm alarini  va  m alakalarini  shakllantirish,  o ‘qish,  yozish,  arab  imlosidagi  q o ‘lyozma,  toshbosm a  gazeta,  jurn al  va  ilmiy  asarlarni  o ‘qishga,  ulardan  o’z faoliyati  uchun  zarur  b o’lg a n  axborotlarni  olishga o ‘rgatish, joriy  imloga tabdil  va tahlil qila olishlariga erishish.

            Arab tili kursini  o ‘qitishdan  maqsad  -  talabalarga  arab  va  fors  tillarining  nazariy asoslari,  ularning asosiy grammatik  kategoriyalarini  o ‘rgatish  hamda ulami  amalda tatbiq etish  k o‘nikmasini  hosil qilish.

             Arab tili kursiing vazifasi  - talabalarda  ilmiy  axborot  bilan  ishlash  k o‘mkmalarmi  va malakalarini  shakllantirish,  o ‘qish,  yozish,  arab  imlosidagi  q o‘lyozma,  toshbosma gazeta, jurn al va lmiy  asarlarni  o ‘qishga,  ulardan o ‘z faoliyati  uchun  zarur bo’lgan axborotlarni  olishga  o ‘rgatish, joriy  imloga  tabdil  va  tahlil qila olish  ko’nikmasini hosil  qilish.

Jahon tillaridan biri deb e’tirof etilgan arab tili insoniyat taraqqiyoti tarixida g’oyat muhim o’rin egallagan. Miloddan keyingi dastlabki asrlarda Arabiston yarimorolining janubiy mintaqalaridagi  qabilalargagina xos bo’lgan bu til Islom dini shakllanishi va tarqalishi bilan Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Afrika xalqlarining ona tilisi bo’lib qoldi. Hatto Yevropa qit`asining g`arbida ham, hozirgi Ispaniya hududida arab davlati-"Andalusiya”tashkil topgan edi. Islom dini sharofati bilan arab tili Atlantik okeandan qariyb Tinch okeangacha cho`zilgan juda katta mintaqada yashaydigan xalqlar uchun ona tiliga aylanmasa-da, xalqaro munosabatlar va siyosat tili, ilm-fan,madaniyat tili sifatida tarqaldi. Yaqin o`tmishgacha musulmon mamlakatlarida arab tilini bilmaydigan kishi ziyoli sanalmasdi. Hozirgi kunda bashariyatning  taraqqiyot darajasini belgilayotgan eng muhim fanlar (kibernetika, astronomiya, meditsina va sh.k)ning asoslari o`rta asrlarda arab tilida yaratilgan edi.   

       Bu tilda jahon madaniyatining  durdonalariga aylangan ko`plab adabiy-badiiy, falsafiy, diniy, tarixiy, siyosiy mavzulardagi asarlar ham yaratildi.

Arab Davlatining, yani arab tiliniI o`zining rasmiy tili deb e`lon qilgan davlatlarning hozirgi kunda ham dunyoning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy xaritalaridagi mavqei katta ahamiyatga ega.

Fors ko’rfazi, Hind okeani, Arab dengizi, Qizil dengiz, O’rta Er dengizi, Atlantik okean sohillariga joylashgan, Osiyo qit’asining janubi-g’arbiy, Afrika qit’asining shimoliy mintaqalarini egallab turgan, aholisining umumiy soni 190 milliondan ortadigan 22 mustaqil davlat dunyoda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda.

       Dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashashni, ular bilan o’zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o’zimizga maqsad qilib qo’ygan ekanmiz, arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham xizmat qiladigan muhim omildir.

Arab tili genealogik tasnifga ko’ra somiy-xomiy tillar oilasining somiy tillar guruhiga kiradi. Bu guruh yana ivrit (yahudiy), oysor, amhar va xorari tillarini o’z ichiga oladi.

       Klassik arab tili - Qur’oni Karim tili asosida zamonaviy arab adabiy tili shakllangan. Barcha arab davlatlari rasmiy muomalalarini shu tilda – zamonaviy adabiy tilda olib boradi, ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio, televidenie shu tildan foydalanadi.

Xulosa qilib aytganda «arab tili» tushunchasi hozirgi kunda bir-biridan farqli bo’lgan kamida uchta tilni qamrab oladi:

       1) klassik arab tili - Qur’oni Karim, Hadisi shariflar, Islomgacha bo’lgan «johiliya» va ilk Islom davri adabiyoti tili;

       2) hozirgi zamon arab adabiy tili – klassik til asosida rivojlangan, zamonaviy taraqqiyotni o’zida aks ettirgan, hamma arab davlatlari tomonidan rasmiy til sifatida e’tirof etilgan til;

       3) har bir mintaqaning o’ziga xos bo’lgan jonli so’zlashuv tili-lahjalar va shevalar.

Tilshunos olimlar arablarning nahv tizimini XX asrning 60-70-yillarida shakllangan, tilshunoslikda «eng yangi oqim» hisoblangan struktural lingvistikaga o’xshatadilar.  

Arab tilining qonun-qoidalari tizimi-nahv ilmini yaratgan va kamolga etkazgan olimlar orasida bizning bobokalonimiz Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144yy) «al-Unmuzaj» va «al-Mufassal» asarlari hanuz arab tili bo’yicha muhim qo’llanmalar hhsoblanadi

 Arab yozuvi o’ngdan chapga yo’nalgan yozuvdir. Alifboda jami 28 harf bo’lib, ularning 25 tasi undoshlarni, 3 tasi esa cho’ziq unli va yarim undoshlarni ifodalaydi. «Hamza» undoshi alifboga kiritilmagan. qisqa unlilarni anglatuvchi harflar ham yo’q.

       Harflarning 22 tasi so’z tarkibida o’zidan keyingi va oldingi harflarga ulanib yoziladi, 6 tasi esa faqat o’zidan oldingi harfga ulanadi. Har bir harf boshqa harfga ulangan-ulanmaganligiga qarab turli shaklga ega bo’lishi mumkin.

       Arab alifbosida «bosh harf», «kichik harf» degan tushunchalar yo’q. Bu jihatdan hamma harflar bir xil. Faqat hozirgi kundagi bosma harflar qo’lyozma harflardan ba’zi holatlarda biroz farq qiladi.

       Arab harflari raqamlar o’rnida ham ishlatilgan. Har bir harf o’zining raqamiy-«abjadiy» qiymatiga ega.

       Arab yozuvi kitoblarni, turli inshoot va qurilmalar, ro’zg’or buyumlarini bezash uchun ham xizmat qilgan. Shu bois chiroyli yozuv – husnixat muttasil takomillashib borib, san’at darajasiga etgan. Bu san’atni egallagan kishilar – xattotlar el orasida olimlar, shoiru adiblar qatori hurmat-e’tibor qozonganlar.

       Asrlar davomida arab yozuvining harflarning shakllari, bir-biriga ulanishi, chiziqlarning qalinligi, uzunligi bilan bir-biridan farq qiladigan turli ko’rinishlari shakllangan. Bu ko’rinishlar «xat» - «yozuv» deb ataladi. Kufiy, mag’ribiy, devoniy, ta’liq, suls, riq’a, nasx nomli «xat»lar musulmon dunyosida ma’lum va mashhurdir[1]. Darslikdagi arabcha matnlarni yozishda nisbatan sodda va eng ko’p tarqalgan «nasx» xati asos qilib olindi.

                                      Arab alifbosi




Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling