Nazorat savollari. Geriatriya haqida tushuncha
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar ta’rifi, ularga ko‘yilgan talablar
Download 16.31 Kb.
|
19-mavzu farmatsevtik texnologiya (2)
5.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar ta’rifi, ularga ko‘yilgan talablar.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning va katta odamlarning farmakoterapiyasi ancha farqlanadi. Bu farq yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmi anatomik, fiziologik, biokimeviy reaksiyalar kechishi tomonidan o‘ziga xosligiga bog‘liq va bu yoshdagi bolalarga dorilarni tayyorlash alohida e’tiborni talab etadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining deyarli barcha tizimlari etarli rivojlanmaganligi uchun dori moddalarga bo‘lgan reaksiyalar ayrim xolatlarda keskin o‘zgarish mumkin (kutilmagan darajada). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmning anatomik va fiziologik tomondan o‘ziga xos taraflari dorilar farmakokinetikasiga (so‘rilish, metabolizm, tarqalish va eliminatsiya jarayonlariga ) sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining o‘ziga xos asosiy tarafi mikroorganizmlarga sezgirligi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolaning immun sistemasi to‘lik rivojlanmaganligi uchun, ularga beriladigan dorilar mikrobiologik tarafdan toza emasligi katta havf to‘g‘dirishi mumkin (infeksiya, pirogen reaksiyava sh.o‘.). Undan tashqari, dori tarkibidagi mikroblar ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish, zaharli moddalarni paydo bo‘lishiga sababchi omil hisoblanadi. 2.Ferment, gormonal sistemalari etarli rivojlanmaganligi uchun, dorilarni so‘rilish, biotranformatsiya va eliminatsiya jarayonlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin; 3. Gematoensefalik to‘sik to‘la rivojlanmaganligi uchun dorilarga qo‘shiladigan konservantlar, stabilizatorlar miyaga salbiy ta’siri ko‘rsatish mumkin; 4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning teri tuzilishi o‘ziga hos bo‘lib, (nozik va yupqa), yuqori rezorbtiv xususiyatga ega. Shuning uchun sirtga ishlatiladigan dorilarda / ayniksa sepma, surtma va h.q./ mikrobiologik tarafdan tozaligiga yuqori talab qo‘yiladi va "B" guruhidagi moddalarni ishlatish ehtiyotlik bilan olib borilishi lozim; 5. Tananing gidratatsiya darajasi nisbatan yuqori. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tanadagi suv miqdori 75% tashkil etadi. Bu qo‘rsatkich katta odamlarda 58% atrofida bo‘ladi. Undan tashkari, hujayraaro suyuqlikni almashinuvi sutkada 50% tashkil etadi ( 14% -kattalarda). Ko‘rsatib o‘tilgan farqlar suvda eruvchan moddalarni tarqalishiga va ularni tez hujayraaro suyuqlikga o‘tish va undan chiqib ketishini belgilaydi; 6. Jigarning qon zardobidan dori moddalarni ajratib olish (shimish) darajasi nisbatan past. Undan tashkari, dori moddalar jigar hujayralarida qisqa vaqt ushlanadi. YUkoridagilar dorilar metabolizm jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin; 7. Dori moddalarni tanadan buyrak orqali chiqib ketish tezligi sust ( 50% gacha buyrakning moddalarni chiqarish kobiliyati pastroq) bo‘lganligi sababli, kumulyasiya hodisalarini namoyon bo‘lishi, hamda toksik va terapevtik dozalarning orasida farq kamaishiga asos bo‘lishi mumkin; 8. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon zardobidagi oqsillar bilan dori moddalarni bog‘lanish darajasi etarli emasligi, preparatlarni qonda yuqori konsentratsiyasini uzoq vaqt davomida bo‘lishiga olib keladi; 9. Oshqozonning rN muhiti o‘zgacha. Yangi tug‘ilgan bolada, hayotining birinchi oylarida, bu ko‘rsatkichi - 5,8 atrofida bo‘ladi. Download 16.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling