2.3. Statistik kuzatish turlari va ularning o’ziga xos jihatlari.
qanday qilib? degan savol statistik kuzatish usullari va turlarini aniq belgilashni talab
qiladi. Hodisalarni qayd qilish vaqti, boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuli, kuzatish birliklarini
o’z ichiga qamrab olishi va tashkiliy jihatdan statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi (2.8-
tarh).
Tashkiliy va moliyalashtirish jihatidan statistik kuzatishlarni to’rtta turga bo’lish
mumkin: 1) statistik hisobot; 2) maxsus doimiy tekshirishlar; 3) ro’yxatlar; 4) biznes
tekshirishlar. Ular keyingi ma’ruzada yoritiladi.
Voqealar sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatish uch turga ajraladi: 1)
uzluksiz (joriy) kuzatish; 2) fursatli kuzatish; 3) bir yo’la kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |