Nazorat savollari Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi?
Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
Download 33.34 Kb.
|
3-modul nazorat savollari
2.4. Statistik kuzatish xatolari va ularni aniqlash usullari
Har qanday kuzatish, qanchalik yaxshi tashkil etilib amalga oshirilmasin, xatolardan xoli bo’lmaydi. Ma’lumotlarni to’plash jarayonida yo’l qo’yilgan xatolar kuzatish xatolari deb ataladi. Juda katta aniqlikka ega bo’lgan o’lchov vositalari yordamida bajariladigan bir predmetli kuzatishlarda ham xatolar bo’ladi. Kuzatish xatolari ikki turga bo’linadi: a) muntazam xatolar va b) tasodifiy xatolar. Muntazam xatolar o’z navbatida ikki xil bo’ladi: a) o’lchov xatolari va b) xususiy xatolar ya’ni kuzatuvchi shaxs xatolari. qisman kuzatishlarda voqealarni hisobga olish jarayonida qayd qilish va arifmetik xatolar bilan bir qatorda muntazam xatolar ham uchraydi. Ular g’arazli va g’arazsiz bo’ladi. /araz li xatolar biror maqsadni ko’zlaydi. Beg’araz xatolar esa kuzatish uslubini, ayniqsa dasturni va yo’riqnomalarni umumiy ko’rinishda mujmal bayon etilishdan va kuzatuvchilarning ishni osonlashtirish uchun belgilangan tartibdan qisman chetlanishidan kelib chiqadi. SHu bilan birga qisman kuzatishlarda xususiy xatolar mavjud, ular reprezentativlik xatolari nomi bilan yuritiladi. Reprezentativlik xatosi deganda tanlama kuzatish natijasida to’plangan ma’lumotlarga asoslanib aniqlangan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni tekshirayotgan bosh to’plamning aynan shunday haqiqiy ko’rsatkichlaridan farqi tushuniladi. Hisobot - korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda belgi-langan tartibda va vaqtda olishni ta’minlovchi kuzatish turidir Joriy maxsus tekshi- rishlar - bu maxsus respon- dentlarni yollab hodisalar haqida boshlang’ich ma’lumot- larni muntazam yoki vaqtma- vaqt qayd qilish yo’li bilan to’plash jarayonidir. Biznes tekshirishlar - bu savolnomalar yordamida iqtisodiy holatni tahlil qilish va qisqa muddatli iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun savol-javob yo’li bilan tadbirkorlar-dan ma’lumotlar to’plash-dir. Kuzatish xatolari- bu ma’lumotlarni to’plash jarayoniga xos xatolardir Reprezentativlik xatosi - bu bosh va tanlama to’plam umulashtiruvchi ko’rsatkichlari orasidagi farqdir. Download 33.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling