Mustaqil ish topshiriqlari
Hodisalarni qayd qilish vaqti bo’yicha quyidagi statistik kuzatish turlarini fermer xo’jaligi misolida bayon qiling:
1.Joriy statistik kuzatish
2.Davriy statistik kuzatish
3.Bir yo’la kuzatish
Ommaviy jarayonlarni statistika jihatidan o’rganish,
ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari orasidagi
bog’lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning to’plarida
namoyon bo’ladigan statistik qonuniyatlarni aniqlash uchun
dastlab ular haqida, o’rganilayotgan ob’ektlar to’g’risida
boshlang’ich ma’lumotlar yoki boshqa so’z bilan aytganda
xom statistik materiallarni to’plash kerak. Mana shu jarayon
statistik kuzatish deb ataladi.
Kuzatish so’zi quyidagi lug’aviy ma’noga ega:
1)
biror narsa ( predmet, ob’ekt )ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab ko’zdan
kechirish;
2)
biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish;
3)
voqealarni o’rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish.
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish uchun ular
haqida boshlang’ich materiallarni to’plashdir. U o’rganilayotgan ob’ektlarni va ularning
unsurlarini hisobga olish bilan bog’liq. Hisob – bu biror predmet miqdorini sanab yoki o’lchab
aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi
ma’lumotlarni qayd qilish.
Statistik kuzatish xo’jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli shakldagi
korxonalar va ularning uyushmalarida xo’jalik voqealari buxgalteriya va operativ texnika
hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko’pincha ana shu hisob turlari ma’lumotlariga
tayanadi. SHu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish masalalarini o’rganish uchun bevosita
kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik kuzatish va uning natijasida to’planadigan
ma’lumotlar uchta talabga javob berishi kerak, ya’ni: 1) aniqlik va
to’g’rilik; 2) to’lalik va har taraflamalik; 3) Taqqoslamalik,
solishtirmalik.
Statistik kuzatish - bu
o’rganilayotgan
ommaviy
hodisalar haqida bosh-lang’ich
ma’lumotlarni
to’plash
jarayonidir
Statistik
kuzatishga
talablar:
aniqlik,
to’lalik, taqqosla-malik
Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini
ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni
(andozalarni) ishlab chiqish va ularga to’la amal qilish
muhim rol o’ynaydi. Milliy standartlar mamlakat
miqyosida ob’ektlarni tasniflash, ko’rsatkichlarni
tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish
jarayonida rioya qilinishi zarur bo’lgan talablar, tartib
qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda
xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar
deganda o’rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko’rsatkichlarni tuzish va hisoblashda,
ma’lumotlarni qayd qilish va olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar
birlashmasi chegarasida qo’llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talabla,r
kontseptsiyalar majmuasi tushiniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |