Nazorat savollari Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 2


Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish


Download 40.57 Kb.
bet10/12
Sana09.01.2022
Hajmi40.57 Kb.
#258854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-nazorat savollari

Hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish
Yillik va  choraklik buxgalteriya  hisobotlarini  0 ‘zbekiston 
Respublikasidagi qonunga asosan huquqiy shaxs hisoblangan 
korxonalar  (investitsiyalari  bilan  ishlovchi  korxonadan  tash­
qari) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli tashkilotlarga 
topshirishlari lozim.
Chet  el investitsiyalari  korxonasidan tashqari barcha kor­
xonalar chorak hisobotlarini kelgusi hisobot oyining 25 kuni- 
dan,  yillik  hisobotni  esa  keyingi  hisobot  yili  15-fevralidan 
kechiktirmay topshirishlari lozim.
Chet  el  investitsiyalari  bilan  ishlaydigan  korxonalar  esa 
yillik hisobotni kelgusi hisobot yili  15-martidan kechiktirmay 
topshirishlari lozim.
Yillik  buxgalteriya  hisobotiga  15-20  varaqdan  ko‘p  bo‘l- 
magan  tushuntirish xati  ilova  qiUnadi.  Bu  tushuntirish  xati-

da  korxona  faoliyati  so‘nggi  natijasiga  ta’sir  etgan  asosiy 


omillar,  koixona,  buxgalter yillik hisoboti natijalari bo‘yicha 
qarorlar  va  sof foyda  taqsimlanishi,  buxgalteriya  hujjatlari- 
ni  tekshirish  haqida  auditor xulosasi  ko‘rsatib  o ‘tiladi.  Agar 
yil  boshiga  boshlang‘ich  balans  o‘zgartirilgan  bo‘lsa,  u  hol­
da tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. 
Shuningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyo- 
satini qo‘llashga  qaror qilingan bo‘Isa,  u haqida ham ma’lu­
mot beriladi.
Buxgalteriya  hisoboti  shakllarida  hamma  ko‘rsatib  o‘til- 
gan  ko‘rsatkichlar  aks  ettiriladi.  U  yoki  bu  modda  (qator) 
to‘ldirilmagan  holda,  agar  ular  korxonada  tegishli  aktivlar, 
passivlar,  jarayonlar  yo‘q  bo‘lmagan,  ishlatilmagan  bo‘lsa, 
tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Shakllar manzil qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
Rekvizit  «Korxona  —  korxona  to‘liq  nomi  (ko‘rsatiladi 
tasdiqlangan  hujjatlar  asosida),  (o‘matilgan  tartibda  ro‘y- 
xatdan  o‘tkazilib,  tasdiqlangan hujjatlar asosida)  va uni kodi 
korxona va tashkilotlar umumittifoq guruhlashishiga  (klassi- 
fikator)  asosan ko‘rsatiladi  (OKPO).
Rekvizit.  Tarmoq  (faohyat  turi)  —  tarmoq  (ft)  va  uni 
kodi  umumittifoq,  xalq  xo‘jaligi  tarmoqlar,  guruhlashishiga 
(OKONX)  ko‘rsatiladi.
Rekvizit.  «Davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkilot»
—  bunda  davlat  yoki  munitsipal  korxona  tarkibiga  kiruvchi 
tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti top- 
shirilayotgan tashkilot ko‘rsatiladi.
Rekvizit  «Nazorat  summasi»  —  korxonalar  tomonidan 
to‘ldirilmaydi.
Chorakhk va yillik hisobotlami tuzishda investorlar,  kredi­
torlar,  aksiyadorlar,  soliq inspeksiyalari,  ta’sischilar,  banklar, 
boshqaruvchi  korxona  va  davlat  qiziqishini  hisobga  olishi, 
xalqaro  standartlar  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti- 
ning  amal  qilayotgan  ko‘rsatmalariga,  0 ‘zbekiston  Respub-

likasi  Moliya  Vazirligining  1996-dagi  « 0 ‘zbekiston  Respub­


likasida  buxgalteriya  hisobi  haqida»  gi  0 ‘zbekiston  Respub­
likasi  Qonuni,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksi, 
shuningdek,  buxgalteriya hisob-kitoblar,  hisoblar va hisobot- 
lar  masalasiga  tegishli  ko‘rsatmalar  va  Prezident  qonunlari 
talabiga javob berishiga e’tibor berish lozim.
Korxona  ichki  bo‘limlari  faoliyati  hisobot  shakllari 
ko‘rsatkichlarida  ko‘rsatilishi  lozim.  Buxgalteriya  hisobotini 
tuzishda  hisob  vaqti  bo‘lib,  hisobot  davri  so‘nggi  kalendar 
kuni hisoblanadi.  Yangi tuzilgan korxona  hisobotda mablag‘ 
va ular manbalarini  (sotib  ohsh,  olish qiymatida)  o‘matilgan 
tartibda  ular  ro'yxatdan  o‘tgan  oy  1-  kunidan,  hisobot  yili 
31-dekabriga  1-  davrga  tuzadilar.  Hisobot  yili  1-oktabridan 
keyin  tuzilgan  korxona  esa  31-dekabrgacha  bo‘lgan  davrga 
hisobot tuzishdan ozod qilingan,  ammo bu ko‘rsatilgan tartib 
yo‘qotilgan  (boshqatdan tashkil qilingan)  korxonalar asosida 
tuzilgan korxonalarga tegishli emas.
Korxona  balans  moddalari  aktiv  va  passivlari  o ‘tkazilgan 
inventarizatsiyaga asoslangan bo‘lishi lozim.  Bunda yillik hi­
sobotni tegishli organlarga topshirguncha doimiy amalda ish- 
lovchi inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya natijasida 
boyliklar  haqiqiy  holati  bilan buxgalteriya  hisobi  ma’lumot­
lari farqini tartibga solishi lozim.  Shuningdek,  tekshirish da- 
lolatnomalari yoki o ‘zaro hisob-kitoblar qoldig‘ini tasdiqlash 
xatlari  bilan  rasmiylashtiriladigan  debitorUk  va  kreditorlik 
qarzlari ham inventarizatsiya qilinishi lozim.
0 ‘tkazilgan  inventarizatsiyalar  soni va  natijalari,  shuning­
dek, agar o‘tkazilmagan bo‘lsa, sabablari yillik hisobotga ilova 
qilinadigan tushuntirish xatida ko‘rsatib o‘tilishi kerak.
Balansdagi  moliyaviy,  soliq tashkilotlari,  bank  muassasa- 
lari  bilan  hisob-kitob  bo'yicha  moddalar  summalari,  ular 
bilan  kelishilgan  bo‘lishi  lozim.  Shu  hisob-kitob  bo‘yicha 
balansda  tartibga  solinmagan  summalarga  yo‘l  qo'yilmaydi. 
Korxona balansida hisobot ma’lumotlari bilan oldingi yil te­

gishli  davri  ma’lumotlarini  hisob  siyosatidagi  o‘zgarishlami 


(agar ular ro‘y bergan bo‘lsa) hisobga olgan holda sohshtirish 
ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Buxgalteriya  hisoboti  va  balansida  hech  qanday tuzatish- 
lar,  xatoliklar bo‘lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan holda,  hi­
sobot  va balansga  imzo  chekkan  shaxs,  tuzatilgan  muddatni 
ko‘rsatib,  tegishli so‘zlami yozadi.
Hisobot  ma’lumotlarining  joriy  yilda  shuningdek  o‘tgan 
yillar(ular tasdiqlangandan so‘ng)da xatoliklar aniqlansa,  hi­
sobotda  tuzatiladi,  tuzatishlar  hisobot  davri  ma’lumotlariga 
ham kiritiladi  (choraklik,  yil boshidan).
Yillik  buxgalteriya  hisobotini  tekshirish  davomida  daro- 
madlami  yashirish  yoki  moliyaviy  natijani  muomala  xara- 
jatlarga  tegishli  bo‘lmagan  xarajatlami  unga  qo‘shish  yo‘li 
kamayishi  aniqlansa,  oldingi yil buxgalteriya  hisobi va  hiso- 
botida tuzatish kiritilmaydi,  balki  qaysi tegishli hisobvaraqa- 
da aniqlangan bo‘lsa,  shu hisobvaraqa bilan korrespondensi- 
yalanib,  joriy  yildan  o‘tgan  yil  foydasi  sifatida  aks  ettiriladi. 
Hisobot  ma’lumotlarini  ko‘rsatib  o‘tilgan  tuzatish  tartibi, 
korxona  va  boshqa  tashkilot  tekshirish  va  inventarizatsiya 
natijasida aniqlangan xatoliklami tuzatishda qo‘llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek,  yillik hisobotni  tuzishdan ol- 
din tayyorgarlik ishlari ko‘riladi va hisobot ma’lumotlarining 
to‘g‘riligini  ta’minlash  maqsadida  korxonada  inventarizatsi­
ya  o'tkaziladi.  Unda mavjud tovar-moddiy boyliklari  deb va 
kredit  qarzlari  va  boshqa  hisob-kitoblar  birma-bir  olchab, 
sanab,  tekshirib  va  solishtirilib  chiqiladi.  Inventarizatsiya 
natijasida  aniqlangan  joriy  hisob  ko‘rsatkichlaridagi  xato­
lar  10  kun  mobaynida  tegishU  buxgalteriya  yozuvlari  orqali 
haqiqatda  aniqlangan  ma’lumotlarga  moslanib  to‘g‘rilanishi 
lozim. Yillik hisobot tuzishdan oldin BHMS  «Inventarizatsi­
ya»  19-sonida keltirilgan tartib va muddatlarda inventarizat­
siya  o‘tkaziladi.  Masalan,  asosiy vosita  bir  yilda  kamida  bir 
marta (hisobot yilining  1-noyabriga qadar) tovar,  material va

boshqa moddiy boyliklar bir yilda kamida bir marta  (hisobot 


yilining  1-oktabriga qadar)  inventarizatsiya  qiUnishi zarur.
Davlatimiz  mustaqilhkka erishganidan  so‘ng,  hamma  so- 
halarda  o'zgarishlar  ro‘y  bermoqda.  Iqtisodiyotdagi  o‘zga- 
rishlar,  uning  asosini  tashkil  etuvchi  korxonalarda  ham  o‘z 
aksini  topmoqda.  Korxonalarga  berilayotgan  mustaqillik, 
ular  mulkini  saqlashni  ta’minlash  maqsadida,  korxonalarga 
yil  davomida  inventarizatsiya  o'tkazish  soni va muddatlarini 
belgilash huquqi berilgan.
Inventarizatsiya  natijasida  aniqlangan  kamomad  5910 
«Kamomadlar  va  boyliklaming  buzilishi  natijasidagi  yo‘qo- 
tishlar»  hisobvaraqda  ohb  boriladi. Kamomad  tekshirilib  ta­
biiy kamayish  me’yorida  bo‘Isa,  korxona xarajatlariga,  ya’ni 
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvaraqda, agar mod­
diy javobgar shaxs aybi bilan bo'lsa,  4730 «Moddiy zararlami 
qoplash  yuzasidan  xodimlaming  qarzi»  hisobvarag'ida  olib 
boriladi va undirib  oUnadi.
Agar  kamomad  va  zarar  jinoyat  natijasida  vujudga  kel­
gan  bo‘Isa,  unda  korxona  rahbari  ishni  tegishli  sud,  tergov 
organlariga  yuborib,  kamomad  aniqlangandan  keyin  5  kun 
mobaynida  fiiqarolik  da’vosi  e’lon  qilinishi  kerak.  Agar  ta­
biiy  kamomad  me’yoridan  ortiqcha  kamomadlar va  moddiy 
boyliklaming  buzilishidan  ko'rilgan  zararlaming  aybdorlari 
aniqlanmasa,  bu  kamomad  va  zararlar  korxona  foydasi- 
dan  qoplanadi,  bu  holda  kamomadlami  hisobdan  chiqa­
rish  mehnat  jamoalarida  muhokama  qiUnishi  lozim.  Bun­
day  muhokama,  kamomadlar  oldini  olish  va  javobgarlikni 
oshirish imkonini beradi.
Inventarizatsiya  natijasida  ortiqcha  tovar  moddiy  boy­
liklari,  ayniqsa quyidagi buxgalteriya provodkasi aks ettiriladi:
Debet  1000,  2800,  0100,  2900,  5010  hisobvaraqlar;
Kredit  9390  hisobvaraq.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, hisob-kitoblar solishtirish da- 
lolatnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi.  Buxgalteriya  hisob-ki-

tob  summasini  tasdiqlaydigan  ko‘chirma  va  solishtirish  da- 


lolatnomasini inventarizatsiya komissiyasiga topshiriladi.  Hi- 
sob-kitoblami  solishtirish  natijasida  debetorlaming  qarzlari 
har  xil  sabablarga  ko‘ra,  to‘lanmasligi  mumkin.  Masalan, 
qarzdor  tashkilotlar  tugatilgan  yoki  topilmagan,  da’vogar- 
lik  muddati  o‘tib  ketgan  bo‘lishi  yoki  debetor  o‘z  qarzini 
to‘lashdan  voz  kechgan  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  qarzdor- 
Uklarga buxgalteriyada alohida ro‘yxat tuzilib, unda umidsiz- 
lik  (gumon  qilayotgan)  debetorlik qarzlar hamda o‘z vaqtida 
undirib olinmagan debetorlik qarzlar barchasi uchun alohida 
ro‘yxat  tuzihb,  unda  har  bir  qarz  oldiga  ulaming  vujudga 
kelish  sabablari  hamda  aybdor tashkilot  va  shaxslar  nomlari 
ko‘rsatiladi.  Bu  ro‘yxat  ham  inventarizatsiya  komissiyasiga 
topshiriladi.  Inventarizatsiya  komissiyasi  tekshiruvidan  ke­
yin  da’vogarlik  muddati  o‘tib  ketgan  debitorlik  qarzlari  va 
qarzdorlaming  qobiliyatsizligi  tufayli  o‘z  vaqtida  undirib 
olinmagan  debetorlik  qarzlar  korxona  rahbari  yoki  yuqori 
tashkilotning buyrug‘i bilan hisobdan  chiqariladi va korxona 
foydasi hisobidan qoplanadi.
Qarzdorlaming  to‘lash  qobiliyatsizligi  tufayli  zararlar  hi- 
sobiga  o‘tkazilgan  qarz  summalari butunlay bekor qilinmay, 
qarzdorlami  to‘lash  qobiliyatini  kuzatish  maqsadida balans- 
dan tashqari hisobvaraqda 5 yil davomida hisob olib boriladi.
Da’vogarlik muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzlari sum- 
masi shu muddat o‘tib ketgan oydan keyingi oyning  10-kuni- 
da  kechiktirmasdan  korxona  daromadiga  o‘tkaziladi.  Qayd 
etish muddatdan kechikib topshirilgan har kun uchun jarima 
sifatida 0,05%  miqdorda penya to‘lanadi.
Tekshirishda ro‘y beigan xo‘jahk jarayonlari tegishli hisob 
registrlarida  aks  ettirilganUgiga  ham  ahamiyat  berish  lozim. 
Barcha  buxgalteriya  hisobvaraqlari  yilning  oxirida  yopiladi, 
ya’ni debet va kredit aylanmalari va oy oxiriga qoldiq aniqla- 
nadi.  Ba’zi hisobvaraqlarning  (tranzit hisobvaraqlarning)  esa 
qoldiqlari tegishli hisobvaraq,  ya’ni 9910 «Yakuniy moliyaviy

natija» hisobvarag‘ining debet yoki kreditiga o‘tkaziladi.  Ma- 


salan,
Debet  9910  hisobvarag‘i
Kredit  9100,  9400,  9600 hisobvaraqlar
Debet  9000,  9300,  9500 hisobvaraqlar
Kredit 9900 hisobvaraq
9910  «Yakuniy  moliyaviy  natija»  hisobvarag‘ida  aniq- 
langan debet va kredit aylanmalar solishtirilib,  qoldiq summa 
aniqlanadi.  Agar  ushbu  hisobvaraqda  qoldiq  summasi  debet 
tomonda  bo‘lsa,  zarar,  kredit  tomonda  bo‘lsa,  korxonaning 
hisobot davrini foyda bilan yakunlaganini bildiradi.
«Yakuniy  moliyaviy  natija»  hisobvarag‘ida  aniqlangan 
foyda  yoki  zarar  8710  «Hisobot  davrining  taqsimlanmagan 
foydasi  (qoplanmagan  zarari)»  hisobvarag‘iga  o‘tkaziladi, 
ya’ni:
Debet  8710 hisobvaraq Kredit 9910 hisobvaraq yoki Deb­
et  9910  hisobvaraq Kredit  8710  hisobvaraq.
Buxgalteriyadagi bunday yozuvlar yillik hisobotni tuzishga 
tayyorgarlikni yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Korxonalar  (Xorijiy sarmoyali korxonadan tashqari)  maj- 
buriy  tartibda  quyidagi  foydalanuvchilarga  chorak  va  yillik 
hisobotini topshiradi:
•  ta’sis  hujjatlariga  binoan  mulkdorlar  (mulkni  boshqa­
ruv bo'yicha vakolath organlar,  ta’sischilar);
•  davlat sohq inspeksiyasiga  (bir nusxa);
•  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  binoan 
dorixona faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli 
hisobotni  olish  vazifalari  yuklatilgan  boshqa  davlat  organ- 
lariga.



Download 40.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling