Nazorat savollari. O’zbekiston tarixining maqsadi va axamiyati
O’zbekiston tarixini o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy-uslubiy tmoyillar
Download 15.37 Kb.
|
Nazorat savollari 1mavzu
2.O’zbekiston tarixini o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy-uslubiy tmoyillar.
Tarixni o‘rganishda faktlarni taqqoslash, mantiqiy–qiyosiy xulosalar chiqarish va umuman falsafiy tafakkurning o‘rni kattadir. Demak, tarixiylik va xolislik ilmiy yondashishni talab qiladi va o‘tmishimizni teran anglashda asosiy mezon bo‘lib qoladi. Tadqiqotchilar o‘tmish jarayonini ma’lum bir davrlarga bo‘lganganlar. Bu davrlar insoniyat tarixida yirik ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy tub o‘zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari bilan bog‘liq. O‘zbekiston tarixini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin. – qadimgi davr (eng qadimgi davrlardan to milodiy IV asr oxirlarigacha); –o‘rta asrlar davri (V–XIX asr boshlari); –Rossiya mustamlakasi davri (XIX asr o‘rtalari–XX asr boshlari); –O‘zbekiston sovetlar hukmronligi davrida (1917–1991 yillar); –Milliy istiqlol davri (1991 yildan boshlab). Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston tarixi keng ko‘lamda o‘rgatilmoqda. Barcha maktablarda, litsey va kollejlarda bu fan bo‘yicha bir necha yil davomida darslar o‘tilmoqda. Oliy o‘quv yurtlari ta’lim tizimida tarixiy voqealar sababini, o‘zagini ochib berishga, ularni tahlil qilishga, muhim tarixiy voqealardan xolis xulosalar chiqarishga ko‘proq urg‘u beriladi. CHunki talaba yoshidagilar bu muammolarni chuqurroq idrok eta olishlari mumkin. Talabalar e’tibori insoniyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to‘laroq anglashga qaratiladi. Bunday yondashuv, o‘z navbatida, yoshlarimizda milliy istiqlol mafkurasini chuqurroq anglashga ko‘maklashadi.Tariximizni teran bilish, uni idrok etish, o‘z xalqi va mamlakatini istalgan joyda va istalgan darajada tanishtira olish salohiyati– bu tarixiy ongdir. Jahonning bir qator yetuk davlatlarida fuqarolik huquqini olish uchun har bir kishi davlat tili, mamlakat konstitutsiyasi, huquqi va tarixi bo‘yicha davlat imtihoni topshirishi lozim. Zero, o‘z tarixini bilgan kishigina mamlakat fuqarosi deb hisoblanishi mumkin ekan. Xalqaro huquq amaliyotida bunday talab qo‘yilishi bejiz bo‘lganmasa kerak. Bu masalaga xulosa qilib quyidagilarni alohida ta’kidlashimiz mumkin: - O‘zbekiston tarixi fani fan sifatida boshqa fanlar orasida alohida ahamiyatga ega. U ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. - tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish ob’ekti bitta, ya’ni jamiyat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Ammo, shuni ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarning, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa fanlarning hammasi - tarix, tarixiy ong va tarixiy bilimlar, tarixiy tafakkur - tarixning maxsulidir. Download 15.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling