Nazorat savollari Sog'liqni saqlashni rejalashtirish usullari


Download 150.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.07.2023
Hajmi150.64 Kb.
#1660674
Bog'liq
5-javob marketing



Nazorat savollari 
 
1. Sog'liqni saqlashni rejalashtirish usullari 
Sogʼliqni saqlash tizimini rejalashtirishni asosiy maqsadi aholini davolash - profilaktikaga 
boʼlgan ehtiyojlarini toʼlaroq qondirish, aholi salomatligini saqlash bilan bogʼliq harajatlarni 
aniqlash, sohaga zarur boʼlgan pul resurslar va moddiy resurslarni aniqlash, jalb etilishini 
taʼminlash va ulardan samarali foydalanishni taьminlashdan iboratdir. Rejalashtirish sohaga 
yoʼnaltirilgan resurslardan aholini toʼlaroq qondirish maqsadida undan optimal 
foydalanishdir. 
2. Tibbiy yordam va tibbiyot xodimlari to'g'risida me'yor va mezonlar 
Tibbiy yordam va tibbiyot xodimlari toʼgʼrisida meʼyor va mezonlar. Sogʼliqni saqlash 
meʼyorlari deganda - aholi salomatligining miqdoriy koʼrsatkichlari, davolash - profilaktika 
yordami darajasi, hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini belgilovchi meʼyoriy 
koʼrsatkichlar, tibbiyot xodimlarining va muassasaning moddiy material resurslaridan 
foydalanish meʼyorlari tushiniladi. 
3. Sog'liqni saqlashning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi 
Sogʼliqni saqlashning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi 
1. 
Аholiga hudud oila - printsipida davolash - profilaktika xizmatini tashkil etish mezoni 
(1ta umumiy amaliyot shifokoriga hududda 1300 - 1500 aholi 


soni toʼgʼri keladi). 
2. 
Sogʼliqni saqlash turli xil muassasalarini tashkil qilish mezonlari. 
3. 
Аholini ayrim mutaxassislarga boʼlgan ehtiyojlari mezoni. 
4. 
Turli tibbiyot muassasalardagi tibbiyot xodimlariga boʼlgan 
shtat mezoni. Hisoblash har 1000 ta aholiga olib boriladi. 
5. 
Umuman vrachlarga va oʼrta tibbiyot xodimlarini aniqlash boʼyicha hisoblash 
mezonlari (har 10 000 aholiga xisoblanadi). 
4. Vrachlik lavozimi, vrachlik lavozimi funktsiyasi. 
Vrachlik lavozimi, vrachlik lavozimi funktsiyasi. Sogʼliqni saqlash muassasalari tarmoqlarini 
rivojlantirishda birinchi navbatda vrachlik lavozimlariga va kasalxonadagi oʼrinlar soniga 
boʼlgan ehtiyoj eʼtiborga olinadi.
«Vrachlik lavozimi» meʼyoriy yuklamalari respublikadagi mehnatni meʼyorlash tartib, 
qoidalari va sogʼliqni saqlash vazirligi xodimlari haqida qabul qilgan qarorlaridan aniqlanadi. 
5. Vrachlik lavozimiga bo'lgan ehtiyojni hisoblash usuli. 
Vrach lavozimi funktsiyasi bir yilga 1ta vrach reja asosidagi qabul qilish lozim boʼlgan 
qatnovlar soni (poliklinika qabulida, tibbiy koʼrikda va uydagi qabullar soni). 


«Vrachlik lavozimi funktsiyasi» 3 ta elementdan tashkil topgan: B - bitta vrachning poliklinika 
qabulida (profilaktik koʼrik) va uyda 1 soatda qabul qilishning meʼyoriy yuklamasi) 1 ish 
soatidagi qatnovlar soni). S - grafik boʼyicha ambulatoriya qabulida, profilaktik koʼrikda, uyda 
ishlash uchun ajratilgan ish soatlari. G - bir yildagi ish kunlari soni.
Vrachlik lavozimining funktsiyasi: 
F-BXSXG 
Vrachlik lavozimiga boʼlgan ehtiyojni hisoblash usuli. 
Аmbulatoriya xizmatidagi vrachlik lavozimlariga boʼlgan ehtiyoj quyidagicha hisoblanadi. 
L x N 
V = -------- 

V - vrachlik lavozimiga boʼlgan ehtiyoj ( izlanayotgan kattalik) 
L - bir yilda bitta aholiga meʼyor boʼyicha toʼgʼri kelgan qatnovlar soni (standart) 
N - aholi soni 
F - vrachlik lavozimi funktsiyasi 
6. Shahar aholisini statsionar yordamiga va o'rinlar fondiga bo'lgan ehtiyojini aniqlash 
Shahar aholisini statsionar yordamiga va oʼrinlar fondiga boʼlgan ehtiyojini aniqlash 
Statsionar yordamiga muhtojlarning murojaatlar sonini, yana ham qulayroq aholi sonidan 
keltirib chiqarish mumkin. 
Statsionar xizmatiga muhtojlar va kasalxona oʼrinlarining funktsiyasi haqida maʼlumotlarga 
ega boʼlganimizda, umuman kasalxona boʼyicha yoki ayrim mutaxassislar boʼyicha oddiy 
formula orqali oʼrinlar sonini aniqlash mumkin. 
K= R/F
bu yerda K - kerakli oʼrinlar soni;
R - statsionarga muhtojlar soni (%); 
F - oʼrinlar funktsiyasi (oʼrinlar almashinuvi). 


7. Strategik rejalashtirishning mohiyati 
«Strategiya» soʼzi grekcha «strategos» soʼzidan olingan boʼlib, u «generalning sanʼati» 
degan maʼnoni anglatadi. Ushbu atamaning harbiy soʼzdan olinganligi oʼquvchini hayron 
qoldirmasligi kerak. Chunki aynan strategiya Аleksandr Makedonskiyga (Iskandar 
Zulqarnayn) dunyoni zabt etish imkonini berdi. 
Strategiya bu tashkilotning missiyasini taʼminlash va oʼz maqsadiga erishish uchun tuzilgan 
keng qamrovli kompleks rejadir. 
Strategik rejalashtirish - bu, global maqsadga erishish uchun alternativ yoʼllarni hamda 
resurslarni aniqlash jarayoni. Strategik rejalashtirish - tashkilotning oʼz oldiga qoʼygan 
maqsadiga erishish yoʼlidagi qarorlar va harakatlar yigʼindisi. 
Tashkilotning missiyasi - tashkilotning asosiy umumiy maqsadi -uni yashashning, faoliyat 
koʼrsatishning aniq sababini koʼrsatatuvchi aniq maqsadlar yigʼindisidir. 
Missiyaning maqsadi vaqtga nisbatan aniq, oʼlchovli va erishishi mumkin boʼlgan 
vazifalardan iborat boʼladi. 
8. Biznes rejalashtirish 
Bu tashkilot qisqa muddatga (1 yoki 2 yilga) oʼzining aniq vazifalarini belgilab olish, oʼz 
oldiga qoʼygan maqsadiga erishishida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga imkon 
beruvchi dasturdir. 
Biznes rejalashtirish sogʼliqni saqlash muassasalarining birlamchi boʼgʼimlarida ham tibbiy 
xizmat koʼrsatishni sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi. 


Biznes rejalashtirishning asosiy maqsadi - bu muassasa yoki tashkilotning asosiy maqsadini 
amalga oshirishga xizmat qilish, aholini, aniq tibbiy xizmatlar turlariga boʼlgan ehtiyojini 
sifatli va samarali qondirishdan iborat. 
Sogʼliqni saqlashda biznes rejalashtirish mavjud resurslardan unumli foydalanish va pullik 
xizmatni tashkil etish hamda qoʼshimcha daramod olish imkoniyatini beradi. Biznes 
rejalashtirishning asl mohiyati muvoffaqiyatsizliklarni chetlab oʼtib, yutuqqa erishish 
9. Tibbiyot muassasasi haqida umumiy ma'lumotlar va uning maqsadi 

muassasa nima bilan shugʼullanadi, xizmat koʼrsatishning qaysi turlarini bajaradi; 

tibbiy xizmat koʼrsatish turlarining roʼyxati (paketi) va u kim tomonidan tasdiqlangan
-manzili (TMShgacha boʼlgan masofa, xizmat koʼrsatish doirasi, transportdan foydalanish 
imkoniyati); 

boshqa ayni shu turdagi muassasalardan ustivorligi nimada, xizmat koʼrsatish 
koʼlamining kengligi va sifatining yuqoriligi borasida maʼlumotlar; 
- rivojlanishi uchun qanday imkoniyatlarga ega: malakali mutaxasislar, xizmat koʼrsatishning 
Yangi turlarini joriy etish, tashkilotchilik va boshqaruv ishlarining sifatini oshirish va h.k; 

muassasa oldiga qoʼyilgan global maqsad, aniq maqsad, masalalar, vazifalar; 
maqsadga erishish yoʼlida uchrashi mumkin boʼlgan asosiy qiyinchiliklar va toʼsiqlarni ham 
aniqlashlari lozim boʼladi; Muommolar aniqlanib ular qaysi darajada va kim bilan (viloyat va 
tuman hokimiyati, viloyat SS boshqarmasi, viloyat moliya tashkiloti, markaziy tuman 
kasalxonasi, DSENM, muassasaning oʼzida yoki boshqa bir yuqoriroq bosqichda) 
hamkorlikda hal etilishi aniqlanadi. 

Download 150.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling