Nazorat savollari Statistika atamasi qanday kelib chiqqan?
Download 16.7 Kb.
|
Nazorat savoliga javoblar 1
Nazorat savollari Statistika atamasi qanday kelib chiqqan? Statistika atamasi ilk bor nimani anglatgan? Statistika so‘zi hozir nimalarni bildiradi? Ommaviy hodisa va jarayon nima va ular qanday xususiyatlarga ega? Iqtisodiy statistika qanday fan? Statistik qonuniyat nima? U dinamik qonuniyatdan qanday farq qiladi? Katta sonlar qonunining mohiyati nimadan iborat? Statistika uchun u qanday ahamiyatga ega? O‘z xatti-harakatlaringizda statistika g‘oyalarini ishlatasizmi? Misollar keltiring. Statistika uslubi qanday masalalarni o‘rganishda qo‘llanadi? O‘qituvchi talaba bilimini baholashda qo‘llaydimi? Misollar keltiring va tushuntirib bering. Statistika (lot. ctatus — boylik, davlat) — 1) turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda S. bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. S. murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. S.ning asosiy boʻlimlari: S. ning umumiy nazariyasi — miqdoriy taxlilning umumiy tamoyillari va usullarini oʻrganadi; iqtisodiy S. — xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari tizimini, uning tarkibini, nisbatlarini, sektorlararo, tarmoqlararo aloqalar va boshqalarni oʻrganadi (qarang Iktisodiy statistika); iqtisodiyot tarmoqlari S.si — sanoat, qishloq xoʻjaligi., qurilish, transport, aloqa S.siga boʻlinadi; demografik S, mehnat, aholi bandligi S.si; ijtimoiy S — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k. Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun S. fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vositausullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi. S.da oʻrtacha miqdorlar va indekslar kabi umumlashtiruvchi tavsiflar muhim rol oʻynaydi. S. usullari qoʻllaniladigan bir qator sohalar va shunga mos holda tibbiyot, sud, geol., sport va boshqa S. tarmoklari bor. Mat. va statistik tadqiqotlarning tutash joyida paydo boʻlgan matematik statistika S. fanining alogʻida boʻlimini tashkil etadi. Matematik S. statistik tadqiqotlarda statistik maʼlumotlarni toʻplash, ularni tizimga solish, ishlash hamda ulardan ilmiy va amaliy xulosalar chiqarish usullarini oʻrganadi. Toshkent iqtisodiyot un-tida S. boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlanadi;2) jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida yalpi axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, tahlil va eʼlon qilish bilan bogʻliq amaliy faoliyat sohasi. Milliy, mintakdviy xalqaro S.ga boʻlinadi. Xalqaro S. ijtimoiyiktisodiy koʻrsatkichlarning xalqaro qiyosiyligini taʼminlashga asoslangan holda turli mamlakatlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasi, tuzilmasi va tendensiyalarini oʻrganadi. Xalqaro S.da BMT ning ixtisoslashgan statistika xizmatlari yetakchi rol oʻynaydi. Milliy (umumdavlat) miqyosida statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish yagona tamoyillar asosida, yagona dastur va uslubiyat boʻyicha davlat statistika organlari rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonda S. amaliyoti bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (boʻlim)lari shugʻullanadi. Download 16.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling