Sun’iy latekslar. Bu latekslar kauchuklarga asoslangan (SKS–65GP, GOST10564–75; SKS–50GPS, GOST 14053–78; SKS–30, GOST 23492–83e). Ularni suvda, qisman polimerlangani, emulgator ishtirokida, disperglab olinadi.
Emulsiyadan erituvchini haydash yo‘li bilan konsentratsiyasi oshiriladi. Sun'iy latekslarning o‘lchamlari sintetik latekslardan yirikroq.
Modifikatsiyalangan latekslar. Bular kimyoviy usul bilan modifikatsiyalangan, masalan, vulkonizatsiyalangan latekslar, galogenlangan va gidrogalogenlangan, lateks – smolali kompozitsiyalar hisoblanadi.
Ko‘p holatlarda qog‘oz va kartonlarga ishlov berishda sintetik latekslar qo‘llaniladi. Sintetik latekslar termoplastik, shu-ning uchun quritish va qizdirib kalandrlash jarayonlarida qoplama biroz suyulib, qog‘oz yuzasini to‘liq yopadi. Shu tufayli, qog‘ozning changlanishi kamayadi, suvga chidamligi oshadi.
Latekslarning kamchiligi – ko‘piklanishi va hidlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |