NAZORAT SAVOLLARI
Qog‘oz va kartonlarni fizik-kimyoviy qayta ishlash texnologiyasi qanday amalga oshiriladi
Qog‘oz va kartonlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladigan polimerlar
Bog‘lovchi polimerlarga qo‘yilgan talablar
Suvda eriydigan polimerlar qaysilar va ularni yoritib bering.
Qog‘oz va kartonlarni fizik-kimyoviy qayta ishlash texnologiyasiga kiradigan jarayonlar: yuzasiga qoplama surtish, shimdirish, yelimlash, metallash, bosish va boshqalar.
Qog‘oz va kartonga qoplama surtish jarayonlaridagi fizik-kimyoviy hodisalar.
Harakatdagi qog‘oz polotnoga qoplovchi kompozitsiya surtiladi. Kompozitsiya tarkibi – polimerlar, pigmentlar, maxsus texnologik qo‘shimchalardan tashkil topgan ko‘p komponentli sistema.
Qoplama kompozitsiya quyuq oquvchan eritma holatida bo‘ladi. Quyuq sistema – polimerlarni eritish yoki suyultirish bilan yoki lateks yoki disperslardan olinadi. Asosga mustahkam biriktirish har turli adgezivlarni qo‘llash orqali ta’minlanadi:
oquvchan holatdagi polimerlarni qog‘ozning g‘ovaklariga mexanik adgeziyalash, so‘ngra usha joyda qotirish; sellulozaning funksional gruppalariga maxsus adgeziyalash yoki qog‘oz polotno yuzasidagi selluloza fibrill elementlariga fizik yoki vodorod bog‘lari orqali
biriktirish;
qog‘oz polotno yuzasiga surtilayotga polimer makromolekulasini qog‘oz
polotnodagi selluloza bilan, xossalarining yaqinligi hisobiga, adgeziyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |