Nazorat savollari va javoblari


— 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


Download 27.35 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi27.35 Kb.
#1751578
1   2
Bog'liq
1.1 taraqqiyot strategiyasi

2022 — 2026-YILLARDA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA MILLIY DASTURNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)

25. Yoshlar bilan ishlashning "mahalla-sektor-tuman (shahar)-hududrespublika" tizimi qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatga asosan joriy etildi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida

26. “2022-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm


salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi VM-qaroriga ko'ra Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va
madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qanday dastur
amalga oshirilmoqda?
Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha «Orol orzusi» dasturida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
27. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,
pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish sohasidagi ustuvor
yo'nalishlarda amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating
7- ustuvor yo’nalish (89-100 maqsad); majmua, 49-bet.
28. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2030-
yilgacha bo‘lgan davrda ustuvor yo‘nalishlarni va kompleks choratadbirlarni belgilab bergan normativ-huquqiy hujjat qanday nomlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya)
29. Strategiya tushunchasi ma'nosi
Har qanday faoliyatning yakunida kutilgan natijalarni olish uni aniq strategiya asosida olib borishni taqozo etadi. Strategiya tushunchasi yunon tilidan στρατηγία – sarkardaning san’ati iborasidan olingan bo‘lib, dastlab harbiy ibora sifatida keng qo‘llanilgan. Keyinchalik esa, mazkur ibora turli maqsadlarni o‘zida jamlagan va o‘sha maqsadlarga erishish yo‘lidagi umumiy hatti-harakatlar majmui o‘laroq qayd etilgan. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, strategiyaning turli nom va iboralar bilan atalganini ko‘rish mumkin.
Masalan, taraqqiyot modeli, rivojlanish yo‘llari, dasturlari, milliy dasturlar va h.k. Dunyo tarixida, rivojlanishning “Yapon modeli”, “AQSH modeli”, “Shved modeli”, “Turk modeli” va boshqa o‘zining natijadorligi bilan alohida ajralib turuvchi modellarni ko‘rsatish mumkin (majmua, 23-bet).
30. Ma’naviyat bu
Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi qobiliyati, amaliy
malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimidir (majmua, 30-bet).
31. Konstitutsiya so'zi qanday ma'noni anglatadi?
Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi. Konstitutsiya so‘zi lug‘aviy jihatdan "Nizom", "Qoidalar to‘plami" degan ma’nolarni anglatadi. Lekin mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
Konstitutsiya (lotincha: constitutio — „tuzilish“, „tuzuk“) — bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

32. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida


“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi” normasi
belgilangan?
25-modda
33. Jamoat birlashmalariga nimalar kiradi?
Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi.
34. Jamoat birlashmasi deb nimaga aytiladi?
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.
35. Fuqarolik jamiyati ta'rifi to'g'ri keltirilgan javobni ko'rsating
Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni ta'minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o'zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo'llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir.
36. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prinsip asosida
rivojlanadi?
II bob. Xalq hokimiyatchiligi (12-modda)
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas.
37. Turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va
o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadigan fuqarolik jamiyati instituti qaysi?
Siyosiy partiyalar
UChINChI BO‘LIM. JAMIYAT VA ShAXS
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
(74-modda)
38. O‘zbekiston xalqi nomidan faqat kim ish olib borishi mumkin?
O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin
39. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul
tizimiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo'yicha yangi tizim
qaysi viloyatlarda tajriba va sinovdan o'tkazildi?
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida
40. Jamoatchilik nazorati subektlari bu
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.
41. "Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil
davom ettirish “O‘zbekiston — 2030” Strategiyasining nechinchi ustuvor
yo'nalishi sifatida belgilangan?
beshinchi
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

42. “Miranda qoidasi” bu


“Miranda qoidasi” (ingl. Miranda warning)ning asosini tashkil etadi. Mazkur qoida AQShda yuzaga kelgan yuridik norma bo‘lib, unga ko‘ra jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni ushlash chog‘ida va so‘roq qilishdan oldin unga protsessual huquqlari tushuntirilishi kerak.
Ilk bor shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi kafolatlanmoqda. Boshqacha aytganda, xalqaro e’tirof etilgan yana bir muhim andoza – "Miranda qoidalari" Asosiy qonunimizga tatbiq etilmoqda.
43. "Habeas corpus nima?
“Xabeas korpus” (lot. habeas corpus) — shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bogʻliq ingliz jinoiy-protsessual huquqiy instituti; u shuningdek, anglosakson huquq oilasidagi boshqa davlatlar huquqiy tizimiga ham kiradi.
Istiqlol yillarida milliy qonunchiligimizni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, demokratik tamoyillar va xalqaro huquqiy talablarga toʻliq javob beradigan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Birgina «HABEAS KORPUS» institutining milliy qonunchiligimizdan mustahkam joy olgani ham fikrimizning yorqin dalilidir.
Maʼlumki, jinoiy taʼqibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqi «HABEAS KORPUS» deya nomlanadi. Bu atama 1679-yil 26-may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun — “Xabeas Korpus Akt” atamasidan olingan.
44. "Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart". O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 27-modda. Ushbu qoida xalqaro huquqda qanday ataladi?
“Miranda qoidasi”
45. Yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va
salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini
takomillashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish
maqsadlariga qaratilgan yo`nalish - ......
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish
(majmua 25-bet)



Download 27.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling