Nazorat savollari va javoblari
Download 27.35 Kb.
|
1 2
Bog'liq1.1 taraqqiyot strategiyasi
YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT SATRATEGIYASI VA JAMIYATNING MA’NAVIY ASOSLARI MODULI BO‘YICHA NAZORAT SAVOLLARI VA JAVOBLARI 1. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi tamoyilga asoslanib ishlab chiqilgan? “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida 2. Davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish qaysi loyiha asosida amalga oshirish belgilangan? “Raqamli idora” loyihasi doirasida 3. “Xalqparvar davlat” milliy dasturi amalga tatbiq etish qaysi g'oya asosida ishlab chiqilgan? “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasi 4. "Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash" maqsadi bo'yicha qanday konsepsiyani ishlab chiqilishi belgilangan? O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini 5. “Legal Tech” platformasi nma? Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi platforma 6. Taraqqiyot strategiyasining “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli 3-yo'nalishi nechta maqsadni o'z ichiga oladi? 16 ta 7. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha hududlarda birlamchi tibbiy xizmati qanday tamoyil asosida yo‘lga qo‘yish belgilangan «bir qadam» tamoyili 8. Har bir tuman budjetining necha foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish belgilangan? 5% 9. Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan nechta Preizdent qarori qabul qilindi? 4 mingdan ziyod 10. Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra davlat qarzini boshqarishda yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori yiliga qancha bo'lishi belgilangan? 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligi 11. Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda amalga oshiriladi? Chirchiq shahrida 12. Taraqqiyot strategiyasining 6-yo'nalishi qanday nomlanadi? VI. Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish 13. Ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash orqali qaysi ta'lim muassasasini ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish nazarda tutilgan? Maktablarni 14. Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish bu? Nomarkazlashtirish — davlat boshqaruvining muayyan vakolatlarini quyi tuzilmalarga, mahalliy hokimiyat organlariga berishni anglatadi 15. Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar qanday reyting qatoriga kirish rejalashtirilgan? top-50 mamlakatlari qatoriga kirish 16. Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish qaysi ustuvor yo'nalish maqsadlarida belgilangan? V. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish 17. Inson kapitali nima? Inson kapitali (ing. human capital) — bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilimlar, koʻnikmalar toʻplami. Inson potensialini tashkil etuvchi turli xususiyatlar ichida, inson kapitali aynan daromadlarning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi xususiyatlarni ifodalaydi, shu jihatdan inson kapitali ishchining maxsus taʼlim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida toʻplangan bilimlari, ularni amalda qoʻllashi va mahoratini oʻz ichiga oladi. 18. "Yashil iqtisodiyot" bu? Yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi. Yashil iqtisodiyot - bu ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. 19. Ijtimoiy sheriklik bu? Ijtimoiy sheriklik - davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. 20. 2023 yil 11 sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston – 2030” strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni qabul qilindi. Strategiyada nechta ustuvor yo'nalish bor? 5 ta har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish; barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash; suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish. 21. Adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating 2-ustuvor yo’nalish (13-20 maqsad); majmua, 45-bet. 22. 2023 moliya yilidan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar qanday tartibda shakllantirilishi belgilangan? Jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yoʻli bilan. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi. 23. Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo'nalishlarida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni ko'rsating 3- ustuvor yo’nalish (21-36 maqsad); majmua, 45-bet. 24. Qaysi me'yoriy-huquqiy hujjat asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan? O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI Oldingi tahrirga qarang. Download 27.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling