Nazorat shakli: Fizik diktant I – variant 1
Download 344.34 Kb.
|
2 5413772165977739287
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi
- Javoblar: 1) r=8 Ω 2) n=6, I 2 =24 A 3) I=0,5 A, η=97,9 % 8 – NAZORAT ISHI
Javoblar:
7 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Doimiy tok qonunlari Nazorat shakli: Yozma ish I – variant 1. EYuK 12 V bo'lgan batareya ulangan zanjirdagi tok kuchi 2 A va ba`tareya qisqichlaridagi kuchlanish 8 V ekanligi ma'lum bo'lsa, batareyaning ichki qarshiligini hamda zanjirning tashqi qarshiligini aniqlang. 2. Qarshiligi 1000 Ω bo'lgan voltmetrga 500 Ω qo'shimcha qarshilik ketma-ket qilib ulanganda asbobning o'lchash chegarasi qanday o'zgaradi ? Agar u 24 V kuchlanishni o'lchashga mo'ljallangan bo'lsa, endi u bilan qancha kuchlanishni o'lchash mumkin ? 3. Tok manbayining EYuK 2 V. Qisqa tutashuv toki 25 A bo'lishi uchun manbaning ichki qarshiligi qanchaga teng bo'lishi kerak ? Javoblar: 1) R=4 Ω, r=2 Ω 2) n=1,5 U2=36 V 3) r=0,08 Ω II – variant 1. Batareyaning EYuK 18 V. Uni qarshiligi 4 Ω bo'lgan tashqi qarshilikka ulasak, batareya qisqichlaridagi kuchlanish 6 V bo'lishi uchun batareyaning ichki qarshiligi qanchaga teng bo'lishi kerak ? 2. Qarshiligi 0,25 Ω bo'lgan galvanometrga 0,05 Ω qarshilikli shunt parallel qilib ulanganda galvanometrning o'lchash chegarasi qanday o'zgaradi ? Agar u 4 A tok kuchini o'lchashga mo'ljallangan bo'lsa, endi u bilan qancha tok kuchini o'lchash mumkin ? 3. EYuK 12 V bo'lgan batareyaning ichki qarshiligi 0,5 Ω ga teng. Unga ulangan tashqi qarshilik 23,5 Ω bo'lganda undan o'tuvchi tok kuchini va manbaning FIK ni toping. Javoblar: 1) r=8 Ω 2) n=6, I2=24 A 3) I=0,5 A, η=97,9 % 8 – NAZORAT ISHI Nazorat ishi mavzusi: Turli muhitlarda elektr toki Nazorat shakli: Test I – variant 1. Elektronlar otilib chiqadigan elektrod qanday ataladi ? A) katod B) kation C) anod D) diod 2. Gapni to'ldiring: " …. larning qizishi tufayli ulardan elektronlarning uchib chiqish hodisasi termoelektron emissiya deb ataladi." A) O'tkazgich B) Dielektrik C) Metallar D) Modda 3. Uch elekrtrodli lampa qanday ataladi ? A) anod B) diod C) triod D) katod 4. Metall o'tkazgichlar qizdirilganga ularning elektr o'tkazuvchanligi qanday o'zgaradi ? A) kamayadi B) avvaliga o'zgarmay keyin keskin ortadi C) ortadi D) avvaliga o'zgarmay keyin keskin kamayadi 5. O'ta o'tkazuvchanlik kim tomonidan kashf etildi ? A) Kuper B) Bogolyubov C) A-B javoblar to'g'ri D) Kamerling-Onnes 6. O'ta o'tkazgichlarning elektr qarshiligi temperaturaga qanday bog'liq ? A) temperatura ko'tarilsa, keskin kamayadi B) temperatura ko'tarilsa, chiziqli ortadi C) temperatura pasaysa, chiziqli kamayadi D) T=0 ga yaqin temperaturada keskin pasayadi. Download 344.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling