Nazorat shakli: Test. Avogadro doimiysini ifodalovchi sonni ko‘rsating


Download 67.54 Kb.
Sana14.01.2023
Hajmi67.54 Kb.
#1093522
Bog'liq
1 - nazorat ishi


1 - Nazorat ishi.
Mavzu: Asosiy kimyoviy tushunchalarni takrorlash va atom tuzilishi, davriy qonun.
Nazorat shakli: Test.
1. Avogadro doimiysini ifodalovchi sonni ko‘rsating.
A) 6,02 • 1023; B) 6,05 • 1023; C) 6,02 •1025; D) 6,02 • 1020.
2. Ham metallarga, ham metallmaslarga xos bo‘lgan amfoter xossaga ega elementlar qatorini ko‘rsating.
A) rux va aluminiy; B) natriy va temir;
C) magniy va kaliy; D) mis va xrom.
3. 12 gramm uglerodda nechta atom bo‘ladi?
A) 6,09∙1028; B) 6.02∙1023; C) 6,05∙1024; D) 6.05∙1023
4. Avogadro qonuni qaysi bandda to‘g‘ri ta’riflangan?
A) Bir xil sharoitda turli xildagi gazlarning bir xil hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
B) Moddalar bir- biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta’sirlashadilar.
C) Reaksiyaning issiqlik effekti boshlang'ich moddalar bilan hosil bo'lgan mahsulotning tabiatiga bog’liq bo’lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga taaluqli emas.
D) Element nisbiy atom massasining valentliklariga nisbati shu elementning ekvivalentidir.
5. Asosli oksidlar qatorini aniqlang.
A) CO2, SO3, P2O5; B) Na2O, BaO, CuO; C) ZnO, Al2O3, Sb2O5; D) CO, NO, N2O.
6. Asoslar suvda erish va erimasligiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?
A) 4 ta; B) 6 ta; C) 2 ta; D) 3 ta.
7. Suvda erimaydigan asoslar qatorini aniqlang.
A) Cu(OH)2; Fe(OH)2 ; Cr(OH)2; B) NaOH; Ca(OH)2; KOH;
C) NaOH; Al(OH)3 ; Zn(OH)2; D) Ca(OH)2; Ba(OH)2; KOH.
8. Amfoter asoslar qatorini ko’rsating.
A) NaOH, Cu(OH)2, KOH; B) Ca(OH)2, Al(OH)3, Ba(OH)2;
C) Zn(OH)2, Al(OH)3, Cr(OH)3; D) Ba(OH)2, Ca(OH)2, Ni(OH)2.
9. Qaysi holatda Al(OH)3 ni olish usuli ko'rsatilgan?
A) AlCl3 + NaOH→; B) Al + H2O→; C) Al2O3 + KCl→; D) AlCl3 + H2O →
10. Kislotalarga berilgan to‘g‘ri ta’rifni ko'rsating.
A) Molekulasi tarkibida metallarga o‘z o'rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig'idan tarkib topgan murakkab moddalar;
B) Metall atomi bir yoki bir necha gidroksogruppalardan tashkil topgan murakkab moddalar;.
C) Tarkibida vodorod atomi va gidroksogruppa tutgan moddalar;
D) Tarkibi kislotalar va asoslar qoldiqlaridan iborat moddalar.
11. Kislotalar molekulasi tarkibidagi kislorod atomining bo’lishi yoki bo’lmasligiga ko‘ra necha guruhga bo'linadi?
A) 2; B) 4; C) 3; D) 5.
12. Faqat kislorodli kislotalardan iborat qatorni ko'rsating.
A) H2S, H2CO3, HF; B) HNO3, H2CO3, H2SiO3;
C) HCl, HCN, HBr; D) HCl, H2CrO4, H2S.
13. Ikki negizli kislotalar qatorini ko'rsating.
A) HCI, HBr, HNO3; B) H3PO4, H3BO3, H3AsO4
C) H2SO4, H2CO3; H2SO3 D) H4P2O7, HNO3, H3AsO3.
14. Tuzlarga berilgan to‘g‘ri ta’rifni ko'rsating.
A)Molekulasida metall atomi va kislota qoldig’idan tashkil topgan murakkab moddalar;
B) Tarkibi vodorod atomlari va kislota qoldig'idan tarkib topgan murakkab moddalar;
C) Tarkibi metall atomi va gidroksogruppadan tarkib topgan murakkab moddalar;
D) Molekulasi tarkibida metallarga o’z o’rnini bera oladigan vodorod atomlari va kislota qoldig’idan tarkib topgan murakkab moddalar.
15. Oddiy modda qaysi javob variantida keltirilgan?
A)Fe2O3; В) K2O; C) H2SO4; D) O2.
Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling