Nazorat Tayyorladi: Eshmatov Toshmat Bojxona organlari nimaga kerak va ular nima vazifa bajaradi ?


Download 92.69 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi92.69 Kb.
#1449362
Bog'liq
Nazorat

Nazorat


Tayyorladi: Eshmatov Toshmat

Bojxona organlari nimaga kerak va ular nima vazifa bajaradi ?


O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
bojxona to‘lovlarini undirish;
bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

Bojxona organlari kanday vakolatlarga ega?


bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo‘yish;
eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar o‘zbeqiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aktsiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish to‘grisida qaror qabul qilish;
surishtiruv o‘tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo‘llash;
tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan kechirish;
yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
valyuta nazoratini amalga oshirish;
moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogliq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;
bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;
bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish.

Bojxona nazorati


O’zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasidagi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar majmuidan iborat.
Bojxona nazoratining maqsadi
Bojxona chegarasidan o‘tayotgan tovar va transport vositalarini nazoratdan va ko‘rikdan o‘tkazishda, ularni qonuniyligini aniqlash va tasdiqlashdir.

Nazorat va ko‘rikdan o‘tkazishning uslublari:


- kerakli hujjatlarni to‘ldirish;
- so‘rab-surishtirish;
- nazariy ko‘rikdan o‘tkazish;
- qisman ko‘rikdan o‘tkazish;
- to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish;
- shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish;
- texnik vasitalarini qo‘llash;
- kinologik xizmatdan foydalanish.
услублари

Bojxonachilarning nazoratini olib borishdagi huquqlari quyidagilardan iborat:

  • bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, hayvonot va o‘simlik va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin – bu rentgen apparatlari, metall borligini aniqlovchi asboblar, yoritgichlar, maxsus oyna va hokazolardir;
  • Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir;
  • Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda to‘xtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno;
  • Bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda, qoida taraqasida, nazoratning qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan shakllarini qo‘llaydilar;
  • zarurat bo‘lganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona nazoratining Bojxona Kodeksida belgilangan barcha shaxslaridan foydalanishlari mumkin.

Bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi:


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda O’zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan bo‘lsalar;
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy texnikalari.
Download 92.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling