Назорат топшириқлар масалалари


Download 0.89 Mb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1483552
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5305584997808213986 92727



NAZORAT TOPSHIRIQLAR MASALALARI*



  1. Elementning ekvivalenti turg‘un qiymat bo‘la oladimi ? Tarkibida 76,47; 68,42 va 52,0 % xromi bo‘lgan xrom oksidlaridan xromning valentligini aniqlang va ularning formulalarini tuzing?

  2. Normal sharoitda ekvivalent hajmidagi kislorod nimaga teng bo‘ladi? 0,5 g metallning yonishi uchun 0,23 l kislorod sarflandi (n.sh.). Metallning valentligini 2 ga tengligini bilgan holda, u qaysi metall ekanligini aniqlang?

  3. Element tarkibida 8,9 % vodorodi bo‘lgan birikma hosil qiladi. SHu birikmadagi elementning valentligini 3 ga tengligini bilgan holda uning atom massasini aniqlang. Bu gidridning formulasini tuzing?

  4. 6,50 g oksidni qaytarilishi natijasida 4,45 g metall hosil bo‘ldi. Metallning va oksidning ekvivalent massasini aniqlang. Metallning valentligi 3 ga tengligini bilgan holda u qaysi element ekanligini aniqlang ?

  5. N.sh. da ekvivalent hajmdagi vodorod nimaga teng ? Ekvivalent massasi 20 g/mol bo‘lgan 0,45 g metall kislotada eriganda n.sh. da necha litr vodorod ajralib chiqqan ?

  6. Element tarkibida 31,58 % kislorodi bo‘lgan kislorodli birikma hosil qiladi. Bu oksidda uning valentligini uchga tengligini bilgan holda atom massasini aniqlang. Oksidning formulasini tuzing ?

  7. a) 6,02*1021 molekula NH3; b) 1,20*1024 molekula H2S; v) 2,00*1023 molekula HCI ni mollarda ifodalang. Bu birikmalardan azot, oltingugurt va xlorning ekvivalentini va ekvivalent massasini nimaga tengligini aniqlang ?

  8. Birinchi birikmaning 5,69 g da, ikkinchi birikmaning esa 7,81 g da 3,56 g dan metall borligini bilgan holda shu metallning xlor bilan hosil qilgan birikmalaridan uning ekvivalent massasini aniqlang. Xlorning ekvivalent massasini aniqlang. Xlorning ekvivalent massasi 35,45 g/molga teng.

  9. Metallning ekvivalent massasi56,2 g/mol. Uning oksididan metallning protsent tarkibini hisoblang (Javob: 87,54 %).

  10. 26,97 g alyuminiyni kislota bilan o‘zaro ta’siri natijasida qancha vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, xuddi shuncha hajmvodorod magniyni kislota bilan ta’siri natijasida ham ajralib chiqadi. Magniy metalidan qancha g olish kerakligini hisoblang. Magniy va alyuminiyning ekvivalent massasi 12,16 va 8,99 g/mol ga teng.

  11. 0,943 g fosfit kislotasini N3RO3 ni neytrallash uchun 1,291 g KON sarflandi. SHu kislotaning ekvivalenti va ekvivalent massasini, uning negizligini aniqlang va neytrallanish reaksiya tenglamasini yozing.

  12. Quyidagi reaksiya tenglamasidan foydalanib mis gidroksonitrat CuOHNO3 va natriy gidrofosfatni Na2HPO4 ekvivalent va ekvivalent massasini aniqlang:

CuOHNO3 + H2S = CuS + HNO3 + H2O
Na2HPO4 + AICI3 = AIPO4 + 2 NaCI + HCI

  1. 7,330 g gipofosfit kislotasini N3RO2 neytrallash uchun 4,444 g NaON sarflandi. Kislotaning ekvalentini va ekvivalent massasini, uning negizligini hisoblang va neytrallanish reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Digidroksotemir atsetatning Fe(OH)2CH3COO va kaliy digidrofosfatning KH2PO4 quyidagi reaksiya tenglamalariga asoslanib ekvivalenti va ekvivalent massasini aniqlang :

Fe(OH)2CH3COO + 3 HNO3 = Fe(NO3)3 + CH3COOH + 2 H2O
KH2PO4 + KOH = K2HPO4 + H2O

  1. 2,5 g metall korbonati nitrat kislotasi bilan reaksiyaga kirishganda 4,1 g shu metallning nitrati hosil bo‘ladi. Metallning ekvivalent massasini aniqlang (Javob: 20 g/mol).

  2. Kalsiy gidrokarbonat Sa(NSO3)2 va kalsiy digidroksoalyuminiy xloridning AI(OH)2CI kuyidagi reaksiya tenglamalarigaasoslanib ekvivalent va ekvivalent massasini aniklang:

Ca(HCO3)2 + 2HCI = CaCI2 + 2 CO2 + 2H2O
AI(OH)2CI + KOH = AI(OH)3 + KCI

  1. 9,797 g ortofosfat kislotasini neytrallash uchun 7,998 g NaOH saflandi. N3RO4 ning ekvivalenti, ekvivalent massasini va negizligini aniqlang. Hisoblashlarga asoslanib reaksiya tenglamasini yozing ?

  2. Ba’zi bir metallning 2,7 g oksididan 6,3 g uning nitratini hosil qilish mumkin. Metallaning ekvivalent massasini hisoblang. (Javob: 32,5 g/mol).

  3. Ba’zi bir metallning 1,3 g gidroksididan 2,85 g uning sulfatini olish mumkin. Metallaning ekvivalent massasini hisoblang. (Javob: 9 g/mol).

  4. 2,45 g N2SO4 va 0,8 g gidrazinning o‘zaro ta’siridan 3,25 g tuz hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan tuzning va gidrazinning ekvivalent massasini hisoblang (Javob: 65 g/mol).

  5. Ba’zi bir gaz holidagi moddaning n.sh. dagi massasi 0,328 g ga teng, xuddi shunday sharoitdagi 0,5 l vodorodning massasi esa 0,045 g ni tashkil etadi. SHu gazning molekulyar massasini: a) vodorodga nisbatan zichligiga; b) molyar hajmga asoslanib hisoblang.

  6. 3,01*1024 molekula gaz n.sh. da qanday hajmni egallaydi ? Agar hajmni aniqlangan gazning massasi 0,22 g bo‘lsa, uning molekulyar massasi nimaga teng bo‘ladi ?

  7. Har qanday gaz holidagi moddaning 1 m3 n.sh. da necha molga teng. SHunday hajmdagi moddada molekulalar miqdori nimaga teng bo‘ladi?

  8. Ba’zi bir gaz holidagi moddaning 0,5 l n.sh. da 0,3805 g ga, xuddi shunday sharoitda 0,25 l kislorod esa 0,3572 g ga teng. SHu gazning molekulyar massasini, a) kislorodga nisbatan zichligiga; b) mol hajmga asoslanib hisoblang.

  9. Bir uglerod birligi massasini grammlarda hisoblang. SHu massaga asoslanib sulfat kislota molekulasining o‘rtacha massasini aniqlang. (Javob: 1,66*10-24 g, 1,628*10-22 g).

  10. 2,69*1022 molekula gaz n.sh. da qanday hajmni egallaydi? Hisoblab topilgan gazning hajmi 1,25 g ga tengligini bilgan holda, gazning molekulyar massasini aniqlang. Gazning og‘irligini mollarda ifodalang.

  11. Ba’zi bir moddaning molekula massasi 1,66*10-22 g ga teng. Uning molekulyar massasi nimaga teng?

  12. Har qanday moddaning 1 g necha uglerod birligiga teng ? 8,5 g N2S da qancha molekula bor ? Bir molekula N2S ning o‘rtacha massasi nimaga teng (gramm hisobida) ? (Javob: 6,02*1025 u.b.; 1,5*1023; 5,66*10-23 g).

  13. Ba’zi bir gaz holidagi moddaning 0,25 l ning n.sh. dagi massasini 0,1898 g ga teng. Molekulyar massasini va o‘rtacha molekula massasini grammlarda aniqlang. (Javob: 17,2; 2,8*10-23 g).

  14. 1000 0S dan pastroq temperaturada fosfor bug‘ining havoga nisbatan zichligi 4,272 ga teng. Ayni temperaturada fosfor molekulasini necha atomdan iborat ekanligini aniqlang ? SHu molekulaning o‘rtacha massasini grammlarda hisoblang? (Javob 2,06*10-22).

  15. Element bir necha gaz holidagi moddalar hosil qiladi. Bu moddalarning vodorodga nisbatan zichligi 8; 15; 22; 29 ga teng. Elementning birikma tarkibidagi miqdori esa 75,0; 80,0; 81,81 va 82,76 % ga teng. Elementning atom massasini va nomini aniqlang.

  16. Element bir necha gaz holidagi moddalar hosil qiladi; bu moddalarning molekulyar massasi 16; 44; 45 va 58 ga teng. Elementning birikmalar tarkibidagi miqdori esa 75,0; 27,4; 4 ; 52,2 va 62,0 % ga teng. Elementning atom massasini va nomini aniqlang.

  17. Element oson uchuvchan va gaz holidagi moddalar hosil qiladi, bu moddalarning vodorodga nisbatan zichligi 13; 14; 39; 37 ga teng. Elementning birikmalar tarkibidagi miqdori esa 92,31; 42,86; 92,31 va 64,86 % ga teng. Elementning atom massasini va nomini aniqlang.

  18. Bir necha gaz holidagi moddaning vodorodga nisbatan zichligi 17; 32; 40; 51 ga teng. Bu birikmalarda elementning miqdori 94,12; 50; 40; 62,75 % ni tashkil etadi. Elementning atom massasini va nomini aniqlang.

  19. Bir element bir necha gaz holidagi birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalarning molekulyar massasi 36,45; 103,50; 133,33 va 74,55 ga teng. Elementning bu birikmalar tarkibidagi miqdori 97,25; 68,50; 79,76 va 47,55 % ni tashkil qiladi. Elementning atom massasini va nomini aniqlang.

  20. 1,5326 g metallning oksidlanishi uchun n.sh. da 0,28 l kislorod sarflandi. Metallning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,138 gDj/mol.K. Metallning aniы atom o-irligini aniыlang. (Atom issiqlik sig‘imi 26,36 gDj/mol.K. ga teng deb qabul qilamiz).

  21. Metallning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,385 gDj/mol.K. ga teng. Metallning ekvivalent massasi 32,68 g/mol ga tengligini bilgan holda uning aniq atom massasini aniqlang. SHu metallning bir atomining o‘rtacha massasini grammlarda hisoblang (Atom issiqlik sig‘imi 26,36 gDj/(mol.K) ga teng deb qabul qilamiz).

  22. Solishtirma issiqlik sig‘imi 0,381 gDj/(mol.K). ga teng. Metall sulfidining tarkibida 66,48 % metall bor. Metallning aniq atom massasini aniqlang. Sulfidlarda oltingugurtning ekvivalent massasi 16,03 g/mol ga teng. Atom issiqlik sig‘imi esa 26,36 kDj/(mol K) ga teng.

  23. 1,32 g metall oksidining tarkibida 0,16 g kislorod bor. Metallning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,117 gDj/(mol.K). Metallning aniq atom og‘irligini hisoblang. Atom issiqlik sig‘imi 26,36 gDj/(mol.K).

  24. Metallning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,879 gDj/(mol.K) ga teng. Metallning ekvivalent massasi 8,99 g/mol ga tengligini bilgan holda uning atom massasini hisoblang. Bir atom metallning o‘rtacha massasi grammlarda nimaga teng bo‘ladi ?

  25. Izotop nima ? Davriy sistemada joylashgan ko‘pchilik elementlar atom massalarining butur songa teng bo‘lmasligi qanday tushuntiriladi ? Har xil element atomlari bir xil massaga ega bo‘la oladimi ? Bunday atomlar qanday nomlanadi ?

  26. β- radioaktiv emirilish atom yadrosi tarkibida elektronlarning yo‘qligi bilan qanday kelishadi ? 238Np va 242Am atomlarining β- rarchalanish natijasida qanday element izotoplari hosil bo‘ladi ?

  27. Enshteyniy – 253 atom yadrosini - zarrachalar bilan bombardimon qilish natijasida 101-elementning izotopi mendeleeviy-256 hosil qilingan. YAdro reaksiyasi tenglamasini tuzing va uni qisqa ko‘rinishda yozing ?

  28. Plutoniy- 242 atom yadrosini neon -22 ionlari bilan bombardimon qilish natijasida 104-elementning izotopi-kurchatoviy-260 hosil qilingan. YAdro reaksiyasi tenglamasini tuzing va uni qisqa kurinishda yozing.

  29. (+β) pozitron emirilishi natijasida yadroda qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi pS va 15O atom yadrosini +β -emirilishi natijasida qaysi elementning izotopi hosil bo‘ladi.

  30. -, -β-, +β , va γ- radioaktivlik emirilishning mohiyati nimadan iborat. 238U va 4 va 2-β zarrachalarini ketma-ket nurlanishi natijasida qaysi elementning izotopi hosil bo‘ladi ?

  31. Tritiy (3N) ning eng muhim manbai-litiy-6-izotopidir. Tritiy esa 6Zi yadrosinineytronlar bilan nurlashnatijasida hosil bo‘ladi. YAdro reaksiyasi tenglamasini tuzing, hamda uni qisqa ko‘rinishda yozing?

  32. YAdro reaksiyasi tenglamasini yozing:

A) 238U (, n) 239Np
B) 55Mn (n, ) 52V
V) 70Zn (p,n) 70Ya
49. Quyidagi yadro reaksiyalarini tugallang:
a) 5426Fe + 21D = 10p +…; b) 94Ve + 11N = 84Ve +…;
v) 108V + 42Ne = 11N + …; g) 94Ve + 42Ne = 10p +…;
Bu tenglamaning qisqa ko‘rinishda yozing.

    1. Massa defekti nima? 1000 g uran-235 ni emirilishi natijasida 8,23*1013 Dj energiya ajrilib chiqadi. Reaksiya mahsulotlarining massasini nimaga tengligini hisoblang (Javob: 999,085 g).

    2. Atomda elektronning holatini qanday to‘rt kvant sonlari xarakterlaydi ? Ularning har biri qanday qiymatlari qabul qilishi mumkin ?

    3. Atomdagi qanday elektronlarga s-, p-, d- va f- elektronlar deyiladi. dxu, dxz, dx2-u2-, dz elektron bulutlarining (orbitallarini) fazoviy konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi ?

    4. Pauli prinsipi nima ? Ayni energetik pog‘inadagi s, p-, d- va f- orbitallarida maksimal darajada qanchalik elektron bo‘lishi mumkin ?

    5. Kam energiya prinsipining mohiyati nimadan iborat ? Atomning qaysi orbitallarida elektronlar to‘lib boradi: 4s yoki 3d dami; 5s yoki 4d dami ? Nima uchun?

    6. Ayni orbital kvant sonlari L=0,1,2 va 3 bo‘lganda magnit kvant soni mL qancha va qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin?

    7. Energetik pog‘onaning s-, p-, d- va f- orbitall sonini kvant sonlarining qanday qiymatlarni bildiradi ? s-, p-, d- va f- pog‘onachalar uchun u nechaga teng ?

    8. Atom energetik pog‘onasining r- pog‘onachasidagi orbitallar soni nechaga teng ? Rx- Ru- va Rz- elektron bulutlari (orbitallari) fazoda qanday konfiguratsiyaga ega ?

    9. Xund qoidasining mohiyati nimadan iborat ? 3d- pog‘onachasining oltita d- elektronini kvant yacheykalarida (orbitallarida) joylashtiring. Ularning spin sonlarining yig‘indisi nimaga teng ?

    10. Elektronning to‘lqin xossalari deganda nima nazarda tutiladi ? Atom orbitali nima ? S-, Rx-, Ru- va dxu elektron bulutlarining (orbitallarining) fazoviy konfiguratsiyasi qanday ko‘rinishga ega ?

    11. Elektron buluti nima ? S-, Rx-, Ru- va dxu elektron bulutlarining (orbitallarining) fazoviy konfiguratsiyasi qanday bo‘ladi ?

    12. Tartib nomerlari 23 va 35 ga teng bo‘lgan element atomlarining energetik pog‘ona va pog‘onachlarida qanchadan elektron bo‘ladi ? SHu element atomlarining elektron formulasini tuzing.

    13. Tartib nomerlari 17 va 29 ga teng bo‘lgan element atomlarining elktron formulalarini tuzing; keyingi elementda 4s elektronni 3d pog‘onachaga tushishini hisobga oling.

    14. Tartib nomerlari 21 va 49 bo‘lgan element atomlarining energetik pog‘ona va pog‘onachlarida nechtadan elektron bo‘ladi ? SHu element atomlarining elektron formulasini tuzing.

    15. Tartib nomerlari 23 va 35 ga teng bo‘lgan element atomlarining energetik pog‘ona va pog‘onachlarida qanchadan elektron bo‘ladi ? SHu element atomlarining elektron formulasini tuzing.

    16. Tartib nomerlari 17 va 29 ga teng bo‘lgan atomlarining elektron formulalarini tuzing; keyingi elementda 4s va 3d pog‘onachaga tushishini hisobga oling.

    17. Tartib nomerlari 21 va 40 ga teng bo‘lgan element atomlarining energetik pog‘ona va pog‘onachlarida nechtadan elektron bo‘ladi ? SHu element atomlarining elektron formulalarini tuzing.

    18. Tartib nomerlari 15 va 24 ga teng bo‘lgan element atomlarining elektron formulalarini tuzing; bunda oxirgi element atomida bitta 4s-elektronni 3d pog‘onachaga tushib joylashishini hisobga olish kerak.

    19. Tartib nomerlari 22 va 54 bo‘lgan element atomlarining elektron formulalarini tuzing. Bu element atomlarida elektronlar energetik pog‘onaning qaysi orbitallarini egallaydi ?

    20. Tartib nomerlari 15 va 24 ga teng bo‘lgan element atominig elektron formulasini tuzing;u element atomida elektronlar qaysi orbitallarini egallaydi. Elementning elektron formulasiga ko‘ra qaysi davr va gruppada joylashganligini aniqlang.

    21. Tartib nomerlari 16 va 46 ga teng bo‘lgan element atomlarinig elektron formulalarini tuzing; bunda oxirgi element beshinchi davrda joylashishini va beshinchi energetik pog‘onaning birorta xam elektron bo‘lmasligini xisobga oling.

    22. Tartib nomerlari 25 va 34 ga teng bo‘lgan element atomlarinig elektron formulalarini tuzing. Bu element atomlarida elektronlar xar qaysi energetik pog‘onaning qaysi orbitallarida joylashadi? Ularning xar biri elementlarining qaysi oilasiga kiradi?

    23. Tartib nomerlari 41 bo‘lgan element atominig elektron formulasini tuzing; bunda 5s elektronni 4d-pog‘anachaga tushushini xisobga oling. Elementning elektron formulasiga asoslanib qaysi davr va gruppada joylashganligini aniqlang.

    24. d-element atomlarining atom orbitallarining ketma-ket to‘lishi s-va r-element atomlaridagi ketma-ket to‘lib borishidan nima bilan farq qiladi? Texnetsiy va seziy element atomlarining elektron formulalarini tuzing.

    25. Atomning ionlanish energiyasi deb nimaga aytiladi ? Qanday birliklarda ifodalaniladi ? Davriy sistema gruppalarida elementlarining tartib nomerini ortib borishi bilan s- va r- elementlarining qaytaruvchilik xossalari qanday o‘zgarib boradi ? Nima sababdan ?

    26. Elektronga moyillik nima? Qanday birliklarda ifodalanadi ? Metalmaslarning oksidlovchilik xossalari davr va gruppalarda tartib nomerini ortib borishi bilan qanday o‘zgarib boradi ? Javobingizni tegishli element atomlarining tuzilishiga asoslanib tushuntiring.

    27. Elektromanfiylik nima? r- elementlarning elktromanfiyligi ularnining tartib nomerlari ortib borishi bilan davriy sistemaning davr va gruppalarida qanday o‘zgarib boradi? Nima uchun?

    28. Davriy sistemaning beshinchi davr elementlarida qaysi biri EO2 formulaga muvofiq keladigan oksid hosil qiladi; Bunday element eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiladi. SHu elementlardan qaysi biri vodorod bilan gaz holidagi modda hosil qiladi ? Bu elementlarning orto- va metakislotalar formulalarini tuzing va grafik shaklida yozing.

    29. Davriy sistema qonuniyatiga asoslanib quyidagi savollarga javob bering: berilgan ikki gidroksidning qaysi biri kuchli asos: Sr(OH)2 va Va(ON)2: Sr(OH)2 yoki Cd(ON)2: Sa(ON)2 yoki Fe(OH)2 ?

    30. Elementning yuqori oksidlanish darajasi namoyon qilishi uning gidroksidining xossasiga qanday ta’sir qiladi : SHunga asoslanib quyidagi savolga javob bering : Berilgan ikki gidroksidni qaysi biri kuchli asos: CuOH yoki Cu(OH)2, TIOH yoki TI(OH)3, Fe(OH)2 yoki Fe(OH)3 ?

    31. Davriy sistemaning uchinchi davrida joylashgan elementlarining eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiluvchi oksid va gidrooksidlarini formulalarini tuzing. Natriydan xlorga tomon elementlarning ximiyaviy xossalari qanday o‘zgarib boradi ?

    32. Davriy sistemada elementlarning joylashishiga asoslanib, quyidagi birikmalarning formulalarini tuzing: meta-vanadiy va reniy kislotalarini, eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiluvchi texnetsiy oksidini va germaniyning vodorodli birikmasini. Bu formulalarni grafik formulalarini tuzing ?

    33. Molibden, gafniy, niobiy va poloniyning davriy sistemadagi o‘rniga qarab, quyidagi birikmalarining formulalarini tuzing: molibden va metagafniy kislotalari, eng yuqori oksidlanish darajasini namoyon qiluvchi niobiy oksidi va poloniyning vodorodli birikmasi. Bu birikmalarni grafik formulalarini tuzing.

    34. Qaysi element atomining 4f yoki 5f orbitaliga oxirgi elektron kelib qo‘shiladi va u elementlarning qaysi oilasiga kiradi ? Bu oila nechta elementni o‘z ichiga oladi ? Bu elementlar asosan qanday oksidlanish darajasini namoyon qiladi ? Nima uchun ?

    35. Oltingugurt atomidagi elektronlarni kvant yacheykalarida taqsimlanishini yozing. Oltingugurt atomining normal va xayajonlangan holatida nechta juftlashmagan elektroni bor. Spin nazariyasi oltingugurtda juft o‘zgarmas valentlikni qanday asoslab beradi ?

    36. Xlor atomidagi elektronlarni kvant yacheykalarida taqsimlang. Xlor atomining normal va hayajonlangan holatlarida nechta juftlashmagan elektroni bor ? Spin nazariyasi xlorning o‘zgaruvchan toq valentligini asoslab beradi ?

    37. Oksidlanish darajasi farqli o‘laroq u yoki bu element atomining spin valentligi nimani tushuntiradi ? Azotning spin valentligi va oksidlanish darajasi quyidagi birikmalarda nimaga teng: N2; NH2OH; N2H4 va NH3 ?

    38. Valentlikning spin nazariyasi uglerodning ko‘pchilik birikmalarida to‘rt valentli ekanligini qanday asoslab beradi ? Quyidagi birikmalarda uglerodning oksidlanish darajasi nimaga teng: HCN; CF4; HCOOH; CO2 ?

    39. Azot va fosfor atomlari elektronlarini kvant yacheykalarida taqsimlanishini yozing ? Nima sababdan valentlikning spin nazariyasi nuqtai nazaridan azot uchun besh valentli holat mumkin bo‘lmay, fosfor uchun mumkinligini tushuntiring ?

    40. Elektr dipol momenti nima ? U qanday birliklarda ifodalanadi ? Quyidagi birikmalardan qaysi birining dipol momenti kattaroq : HF, HCI, HBr, HI ? Javobni tegishli elementlarni elektromanfiyligiga asoslanib tushuntiring.

    41. Ximiyaviy bog‘lanishning qanday turiga ion bog‘lanish deyiladi ? U qanday hosil bo‘ladi va qanaqa xossalarga ega ? Birikmalarda atomning effektiv zaryadi deganda nima tushuniladi ?

    42. Ximiyaviy bog‘lanishning qanday turiga vodorod bog‘lanish deyiladi ? U qanday hollarda mavjud bo‘ladi ? Nima sababdan vodorod ftoridning qaynash temperaturasi analoglariga nisbatan yuqoridir ?

    43. Qanday molekulalararo kuchlarga orientatsion, induksion va dispersion kuch deyiladi ?

    44. Quyidagi ionlarning elektronlarini kvant yacheykalarda taqsimlanishini yozing:

N, N, O. Bu ionlar brikmalarda qanday valetlikni namoyon qiladi? Valent bog‘lanish metodi N2O ni tuzilishini qanday tushuntiriladi?
94. Valent bog‘lanish metodi suv molekulasini tuzilishini qanday tushuntiriberadi?
N-O bog‘lari orastdagi burchak nima sababdan tetraedrik tuzilishga yaqin?
95. Valent bog‘lanish metodi kovalent bog‘lanishning yo‘nalganligini qanday tushuntiriladi?
96. Valent bog‘lanish metodi BeCl2 molekulasining chiziqli tuzulishini va suv molekulasining burchakli tuzulishini qanday tushuntiradi?
97. Valent bog‘lanish metodi BF3 va SN4 molekulasi tuzulishi qanday tushuntirib beradi?
98. Valent orbitallarining gibridizatsiyasi nima? Agarda A atom orbitalining gibritlanishi natijasida qo‘yidagi bog‘ hosil bo‘lsa: SP- SP2-, SP3-, SP3d va SP3d2-ABn ko‘rinishdagi molekulaning tuzulishi qanday bo‘ladi?
99. Qanday kovalent bog‘lanish δ-, π- va δ- bog‘lanish deyiladi? Valent bog‘lanish metodi azot molekulasining tuzulishini qanday tushuntiradi?
100. CCl4 molekulasining tetraedrik tuzulishini va SF6 molekulasining okaedrik tuzulishini valent bog‘lanish metodi qanday asoslanib boradi?
101. KMnO4, H2S va HNO2 birikmalaridan marganets, oltingugurt va azotning oksidlanish darajalariga asoslanib, qaysi biri oksidlovchi va qaysi biri qaytaruvchi ekanligini va qaysi biri oksidlovsilik xossalarini namayon qilishi mumkinligini

Na2Cr2O7 + NaNO2 + H2SO4 → Cr2(SO4)3 + NaNO3 + Na2SO4 + H2O


102. K2Cr2C7, KI va H2SO3 birikmalaridan xrom, yod va oltingugurtning oksidlanish darajalariga asoslanib qaysi biri oksidlovchi, qaysi biri oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qilishini aniqlang? Nima uchun? Elektron tenglamaga asoslanib quyidagi reaksiya tenglamasini tenglashtiring:


H3AsO3 + KMpO4 + H2SO4 → H3AsO4 + MpSO4 + K2SO4 + H2O


103. KMpO4, N2S va HNO2 birikmalaridan marganets, oltingugurt va azotning oksidlanish darajalariga asoslanib, qaysi biri oksidlovchi qaysi biri qaytaruvchi ekanligini va qaysi biri oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qilishi mumkinligini aniqlang? Nima uchun? Quyidagi sxema bilan boruvchi reaksiya tenglamasini koeffitsentlarini elektron tenglamaga asoslanib qo‘yib chiqing:


Na2Cr2O7 + NaNO2 + H2SO4 → Cr2(SO4)3 + NaNO3 + Na2SO4 + H2O


99==
104. K2Cr2C7, KI va H2SO3 birikmalaridan xrom, yod va oltingugurtning oksidlanish darajalariga asoslanib qaysi biri oksidlovchi, qaysi biri oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalarini namoyon qilishini aniqlang? Nima uchun? Elektron tenglamaga asoslanib quyidagi reaksiya tenglamasini tenglashtiring:

H3AsO3 + KMpO4 + H2SO4 → H3AsO4 + MpSO4 + K2SO4 + H2O


105. Nima uchun nitrit kislotasi ham oksidlovchilik va ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi? Quyidagi sxema bilan boruvchi reaksiya tenglamasini elektron tenglamaga asoslanib koeffitsentlarini qo‘yib chiqing:


KMpO4 + K2SO3 + H2O → MpO2 + K2SO4 + KON


106. Nima uchun sulfit kislotasi ham oksidlovchilik va ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi? Quyidagi sxema bo‘yicha boruvchi reaksiya tenglamasini elektron tenglamaga asoslanib tenglashtiring:


CrCL3 + NaCIO + NaOH → Na2CrO4 + NaCI + H2O


107. Qanday reaksiyalar o‘z-o‘zidan oksidlanish o‘z-o‘zidan qaytarilish yoki disproporsiyalanish deyiladi? Nima uchun gidrazin (N2H4), vodorod peroksid (H2O2) va kaliy sulfat (K2SO3) disprop reaksiyalanish xususiyatiga ega. Elektron tenglamalariga asoslanib shu moddalarni qizdirganda nimalar hosil bo‘lishini yozing.


108. Qanday reaksiyalar molekulalararo oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi? Elektron tenglamaga asoslanib quyidagi reaksiyalarni tugallang:

KCLO4 = KCL + … , KMpO4 = K2MpO4 + MpO2 + …


NH4NO2 = N2 + … .
Oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko‘rsating.
109. Qaysi elementning atomi eng kuchli qaytaruvchi va qaysi biri eng kuchli oksidlovchi? Nima uchun? Elektron tenglamalarga asoslanib, quyidagi sxema bilan boradigan reaksiya tenglamasiga koeffitsentlar qo‘ying:
AsH3 + HNO3 → H3AsO4 + NO2 + H2O

110. Nima sababdan ko‘pchilik r-elementlar disproporsiyalanish reaksiyalariga moyildirlar/ o‘z-o‘zidan oksidlanish-qaytarilish/? Elektron tenglamaga asoslanib, quyidagi reaksiyalarni tugallang:


P + KOH + H2O = KH2PO2 + ….;


I2 + Ba(OH)2 + Ba(IO3)2 + ….

111. CHumoli kislotasining parchalanish reaksiyasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi bo‘la oladimi? HCOOH = SO2 + N2O ? elektron tenglamaga asoslanib quyidagi sxema bilan boruvchi reaksiya tenglamasiga koeffitsentlar qo‘yib chiqing:


CH3OH + KMpO4 + H2SO4 → HCOOH + MpSO4 + K2SO4 + H2O


112. Quyidagi metall ionlaridan qaysi biri qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi: Sn4+; V2+; TL3+; Cr3+? Nima uchun? Elektron tenglamaga asoslanib quyidagi sxema bilan boruvchi reaksiya tenglamasiga koeffitsentlar quyib chiqing:


Cu2S + HNO3 → Cu(NO3)2 + H2SO4 + NO + H2O


113. Ayni birikmaning hosil bo‘lish issiqligi (antalpin) deb nimaga aytiladi? N.sh.ga keltirilgan necha litr azot vodorod bilan birikib ammiak hosil qilganida 18,45 kDj issiqlik ajralib chiqadi? (Javob: 4,47 l ).

114. Gaz holatidagi etanni yonishi natijasida SO2 (g) va N2O (s) hosil bo‘ladi. Bu reaksiyalarning termoximiyaviy reaksiyalarini yozing va uning issiqlik effektini hisoblang. (Javob: -1359,84 kDj).


115. 1 mol suyuq benzolni yonib suv bug‘lari va uglerod dioksidini hosil bo‘lish reaksiyasining issiqlik effekti – 3135,58 kDj ga teng. Bu reaksiyaning termoximiyaviy reaksiya tenglamasini va S6N6 (s) ni hosil bo‘lish issiqligini hisoblang. (Javob: +49,03 kDj).


116. 1 mol suyuq holatidagi etil spirti yonishida CO2 (g) va H2O (s) hosil bo‘ladi. C2H5OH (s) 1 mol bug‘larining hosil bo‘lish issiqligi +42,36 kDj.ga tengligi ma’lum bo‘lganligini bilgan holda bu reaksiyaning termoximiyaviy tenglamasini va uning issiqlik effektini hisoblang. (Javob: -1366,87 kDj).


117. Suvning va suv bug‘ining hosil bo‘lish issiqligiga asoslanib suvning bug‘lanish issiqligini hisoblang. (Javob: +44,01 kDj).


118. Gaz holatlaridagn NH3 bilan HCl ning o‘zaro ta’siri natijasida kristall holida ammoniy xlorid hosil bo‘ladi. Reaksiyaning termoximiyaviy tenglamasini tuzib, issiqlik effektini hisoblang. Agar reaksiya uchun n.sh.ga keltirilgan 10 l ammiak sarflangan bo‘lsa, qancha issiqlik ajralib chiqadi? (Javob: 78,97 kDj).


119. Quyidagi termoximiyaviy tenglamalarga asoslanib kalsiy gidroksidning hosil bo‘lishini hisoblang.


Ca (k) + 1/2 O2 (g) = SaO
H2 (g) + 1/2 O2 (g) = H2O (j); N = -285, 84 kDj
CaO (k) + H2O (s) = Sa(ON)2 (k);  N = -65, kDj
(Javob: -986,5 kDj).
120. 1 mol suyuq benzolni yonishida uglerod dioksid va suv bug‘lari hosil bo‘ladi. S6N6 (s) bug‘larining hosil bo‘lish issiqligi 33,9 kDj ga tengligi ma’lum bo‘lganda reaksiyaning termoximiyaviy tenglamasini va issiqlik effektini hisoblang. (Javob: -3135,58 kDj).

121. Gaz holatlaridagi metan va vodorod sulfidni o‘zaro ta’siri natijasida uglerod sulfid SS2 (g) va vodorod hosil bo‘ladi. Reaksiyaning termoximiyaviy tenglamasini yozib, issiqlik effektini hisoblang. (Javob: 230,4 kDj).


122. N-Sl ning bog‘lanish energiyasini, ya’ni NSl ni vodorod va xlor atomlaridan hosil bo‘lish reaksiyasining issiqlik effektini quyidagi termoximiyaviy tenglamalarga asoslanib hisoblang:


H2 = 2 H; H = + 437 kDj; H2 + Cl2 = 2 HCl;


H = -184,62 kDJ


Cl2 = 2Cl; H = + 234 kDj
(Javob: -432,31 kDj).
Masalani echish uchun zarur bo‘lgan qiymatlar 3-jadvalda berilgan.

3-jadval. Ba’zi bir moddalarning standart hosil bo‘lish


issiqligi (entalpiya) H0298

Moddalar

Holati

H0298 kDj/mol

S2
NO
C6H6
H2S
NH3
CH4

C2H6


HCl
CO

C2H5OH

F2O


NH4Cl
CO2

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling