4. Hozirgi kunda O‘zbekiston bilan qanchadan ortiq davlat diplomatik aloqalar o‘rnatgan?
A) 170 dan ortiq; B) 180 dan ortiq; C) 150 dan ortiq; D) 130 dan ortiq.
5. O‘zbekiston Respublikasi maydonining kattaligiga ko‘ra jahonda nechanchi o‘rinda turadi?
A) 19-o‘rin; B) 15-o‘rin; C) 55-o‘rin; D) 74-o‘rin;
6. O‘zbekistonda viloyat va tumanlarni tuzish va tugatish, ular chegaralarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
A) Oliy Majlis; B) Adliya vazirligi;
C) Oliy Sud tomonidan; D) Viloyat, tuman (shahar) hokimlari tomonidan;
7. O‘zbekistonda qaysi shaharlar viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi?
A) Quvasoy va Angren; B) Xiva va Shahrisabz;
C) Denov va Olmaliq; D) Qo‘qon va Kogon.
8. Quyida keltirilgan javoblardan qaysi birida qishloq xo‘jaligi xaritalariga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) ijtimoiy, xo‘jalik, hodisa va jarayonlar aks ettirilgan xaritalar;
B) aholi soni, dinamikasi, geografik joylashuvi, zichligi, aholining jins va yosh tarkibi, demografik jarayonlar aks ettirilgan xaritalar;
C) sohaning geografik joylashuvi, uning rivojlanish shart-sharoitlarini, atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirini ifoda etadigan xaritalar;
D) Google Maps, GPS dasturlari asosida tuzilgan xaritalar.
9. O‘zbekistondagi qaysi shaharlarda havo tarkibidagi kislorod aholi ehtiyojini qondira olmayapti?
A) Andijon, Namangan, Toshkent; B) Chirchiq, Navoiy, Bekobod;
C) Farg‘ona, Samarqand, Termiz; D) Toshkent, Farg‘ona, Navoiy.
10. O‘zbekistonda daryolarga qurilgan GESlardan yiliga o‘rtacha necha mlrd kW*h elektr energiya olinmoqda?
A) 7 mlrd kW*h; B) 5 mlrd kW*h;
C) 10 mlrd kW*h; D) 15 mlrd kW*h;
11. Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra (2018-y.) O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahonda nechanchi o‘rinda turadi?
A) 44-o‘rin; B) 55-o‘rin; C) 33-o‘rin; D) 25-o‘rin;
Do'stlaringiz bilan baham: |