TOSHKENT VILOYATI YANGIYO’L TUMANI 55- MAKTABNING
GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI
ABDULXAKIMOV A.B.NING
5- 10 SINFLAR KESIMIGA MO’LJALLANGAN
NAZORAT TOPSHIRIQLARI .
5-SINF
Nazorat ishi (NI-I)
Mavzu: Yer qanday o‘rganilgan? Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora.
Nazorat shakli: Geografik diktant
1.Eramizdan avvalgi III asrda Eratosfen tomonidan tuzilgan dunyo xaritasida ……………….............................................................................. tasvirlangan.
Javob: Uning xaritasida Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning g‘arbiy qismlari tasvirlangan.
2. 1492 yilda ………………........................................................boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon suzib ketadi?
Javob: 1492 yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon suzib ketadi.
3. Bobokalonimiz ………………………................................................ o‘z asarlarida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati haqida ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirgan.
Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 – 1530-yy.) “Boburnoma” kitobida Farg‘ona vodiysi, Afg‘oniston, Hindiston tabiati haqida ko‘plab muhim ma’lumotlar yozib qoldirgan.
4. O‘rta Osiyolik Nosir Xisrav …………………............................................ sayohat qilib, ko‘plab geografik ma’lumotlar to‘plagan.
Javob: O‘rta Osiyolik Nosir Xisrov (1004 – 1088-yy.) Janubi-G‘arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan.
5. Geografiya atamasini birinchi bo‘lib fanga …………..................................... kiritgan.
Javob: Eratosfen
6. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa ……………......................................... ga teng.
Javob: 150 000 000 km
7. Quyoshga eng yaqin va eng uzoq sayyoralar bu ………………………………………............................................................................
Javob: Merkuriy va Neptun
8. Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o‘tkazilgan yarimaylana chiziqlar ………………………………......................................... deyiladi.
Javob: Meridianlar
9. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani ………………….................................................................................deb qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |