Nazorat uchun savollar: 1
Download 12.62 Kb.
|
seminar uchun savollar va topshiriqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar 1.
Nazorat uchun savollar: 1. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish asoslariga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish lozim? 3. Sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha davlat bojini to‘lash tartibi va miqdorini tushuntiring? 4. Hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo Qonunga muvofiq hakamlik sudi muhokamasi predmeti bo‘la olmasligi oqibatlarini tushuntiring? 5. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda berilganda vakolatli sudning harakatlarini tahlil eting? 6. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro qilinmagan taqdirda majburiy ijro etishdagi murakkabliklar nimalardan iborat? Kazuslar 1-kazus Tarbirkor A va K o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan nizo kelib chiqdi. Shartnoma shartlarida nizoni hakamlik sudinig muhokamasiga topshirish to‘g‘risida kelishuv mavjud. Hakamlik sudida hal qiluv qarori qabul qilindi. Javobgar hakamlik muhokamasida qatnasha olmaganligini shu sababli o‘zining da’vogarning da’vo talablariga qarshi dalillari va tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini bildirib, vakolatli sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish bo‘yicha ariza bilan murojaat qildi. Savollar 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilishiga asos bo‘luvchi holatlarni tushuntiring. 3. Mazkur holatda vakolatli sudning harakatlarini tushuntiring. 2-kazus Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorida ixtiyoriy ijro qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lib, javobgar taraf ixtiyoriy ijro etmagandan so‘ng undiruvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida vakolatli sudga ariza bilan murojaat qildi. Vakolatli sud hakamlik sudining hal qiluv qarori qarzdor tomonidan olti oy muddat ichida ijro qilinishi mumkinligini ko‘rsatib. Arizani qanoatlantirishni rad qildi. Savollar 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini ijro qilish tartibini tushuntiring. 3. Hal qiluv qarorini majburiy ijro qilish tartibi qanday? 3-kazus Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida undirilishi belgilangan summadan bitta raqamning ortiqcha ko‘rsatilganligi natijasida xatolik kelib chiqdi. Manfaatdor tarafning arizasi bilan mazkur xato tuztilib yozuvdagi xatoliklarni tuzatish to‘g‘risida hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarildi. Savollar 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori asoslimi? 3. Bunday holatlarda hakamlik sudi qanday hujjat chiqarishi lozim? 4-kazus Hakamlik sudining qabul qilingan hal qiluv qarorining qaror qismida hatolik mavjudligi aniqlanib, da’vogar taraf mazkur xatoni tuzatib berilishini so‘rab hakamlik sudiga murojaat qilgan. Hakamlik sudi raisi tomonidan shakllantirilgan sudyalar hayatida mazkur arizani ko‘rib chiqib qanoatlantirib hal qiluv qaroridagi yozuvdagi xatoliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha ajrim chiqardi. Savollar 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining harakatlari qonuniymi? 3. Yozuvdagi hatoliklarni tuzatishni so‘rab kimlar ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Download 12.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling