Nazorati. Kechki kassalarning faoliyati; pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi


Download 33.86 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi33.86 Kb.
#1100668
  1   2   3
Bog'liq
Inkasso topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi


Inkasso topshiriqnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi
Reja:

  1. Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.

  2. Kechki kassalarning faoliyati; pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va hisobi.

  3. Valyuta ayirboshlash shaxobchalaridani naqd pullarning hisobini yuritish.



  1. Chiqim kassa operatsiyalari bo’yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati.

Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deganda bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bog‘liq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning o‘z ishchi xodimlari uchun ish haqi, pensiya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin.
Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib, bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi bo‘yicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati bo‘yicha alohida moddalar ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, ish haqi olish bo‘yicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar.
Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit bo‘yicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgalterining imzosi hamda muhr qo‘yiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini ko‘rsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos bo‘ladi.
Ish haqi yoki unga tenglashirilgan to‘lovlarni olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul ijrochiga beriladi. Mas’ul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisob raqamida yetarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan so‘nggina chekning to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib ko‘radi. Hammasi to‘g‘ri bo‘lsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib, pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv o‘tkazib, so‘ng rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korrespondensiya hisobvarag‘i nomeri ko‘rsatiladi.
Nazoratchi chiqim kassa jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan to‘g‘ri kelsa, chekdagi pasport ma’lumotlari pasport bilan to‘g‘ri kelsa, kassir chekda ko‘rsatilgan summani mijozga sanab beradi.
Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operasiyalar bo‘yicha hujjatlarni o‘zaro solishtirib, bankning hisob markaziga topshiradi. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari va undan ko‘chirmalar chiqarib beriladi.
Bank aylanma kassasidan mijozlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini, nafaqa va yordam puli, moddiy yordam pullari, dividendlar hamda boshqa qonunchilikda ta’qiqlanmagan naqd pul to‘lovlarini quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali chiqim qilinadi:
Debet 20200-“Mijozlarning depozit hisobvarag‘lari”
Kredit 10101-“Aylanma kassadagi naqd ullar”
Shaxsiy hisobvaraqdan ko‘chirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi 2-sxemasini quyida keltiriladi.
Chiqim kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga quyidagicha izox beramiz:

  1. Mijoz mas‘ul ijrochiga pul chekini passporti bilan birga topshiradi.

  2. Mas‘ul ijrochi barcha tekshiruvlardan keyin mijozga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.

  3. Masul ijrochi nazoratchiga pul chekini topshiradi.

  4. Nazoratchi hujjatni tekshiruvdan o‘tkazib, chiiqim kassa jurnalida undagi yozuvlarini qayd etgandan so‘ng pul chekini chiiqim kassa jurnali bilan birga kassaga uzatadi.

  5. Mijoz kassaga kelib kassirga pasporti va chekning nazorat markasini beradi.

  6. Kassir pul chekini va chiiqim kassa jurnalidagi summani solishtiradi, ulardagi yozuvlarning mosligini tekshiradi va mijozga pulni sanab beradi.


Download 33.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling