[Название проекта]
Download 0.59 Mb.
|
4. Gidro elektir stansiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalar va kichik gidroelektr stansiyalarGidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES), nasosli akkumulyatsiyalovchi elektr stansiya — ishlash tarzi boshqa elektr stansiyalardan olinadigan elektr energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur boʻlganda uni qayta elektr energiyaga aylantirib energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stansiya. GAESning gidrotexnika inshootlari, asosan, baland-past joylashgan ikkita suv hovuzidan va biriktirish quvurlaridan iborat. GAES binosidagi gidroagregatlar uch yoki ikki mashinali boʻlishi mumkin. Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidroturbina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina oʻrnatiladi.
Akkumulyatsiyalanadigan elektr energiyaning miqdori hovuz hajmiga va GAESning ish bosimiga bogʻliq boʻladi. Yuqorigi hovuz sunʼiy yoki tabiiy (mas, koʻl) boʻlishi; pastki esa daryoga oʻrnatilgan toʻgʻonda hosil boʻlgan suv havzasi boʻlishi mumkin. GAESning f.i.k. 0,66 dan oshmaydi. AQSH, Angliya, GFR, Avstriya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya va b. mamlakatlarda GAESlar qurilgan. Bir necha minutda GAESni yurgizib yuborish va ish rejimlarini oʻzgartirish mumkin.
Gidro elektr stansiyalar ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling