[Название родукта] Маркетинговый лан


Download 395 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi395 Kb.
#1271187
Bog'liq
Modal so’zlar

Modal so’zlar

  • Reja:
  • 1. Modal so’zlar va uning o’ziga xos grammatik xususiyatlari.
  • 2. Modal so’zlarning ma’no jihatdan turlari.
  • www.arxiv.uz

Modal so’zlar va uning o’ziga xos grammatik xususiyatlari.

  • So’zlovchining aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabatini (modal ma’noni) ifodalovchi so’zlarga modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlarga quyidagilar kiradi:
  • aftidan, darhaqikat, darvoqe, attang, ehtimol, afsus, shubhasiz, so’zsiz, tabiiy, albatta, haqiqatdan, nihoyat, bo’pti, demak, aytmoqchi, o’z-o’zidan, bor, yo’q va hokazo.
  • www.arxiv.uz
  • Shu modal so’zlar orqali so’zlovchi o’z fikriga aniqlik, ishonch, ma’qullash, gumon, chama, noaniqlik, maqsad, talab, shart, mavjudlik, inkor, e’tiroz, yakunlash, eslatish, achinish kabi ma’no munosabatlarini kiritadi.
  • Masalan: Afsuski, yashash huquqi odam bolasiga bir marta berilgan. (S.Ahmad.)
  • Ehtimol, Sodiq ham u choq nevaralarini yetaklab, bog’larga, xiyobonlarga chiqar. (SHuxrat.)
  • Darhaqiqat, Xorazm qovunlariday mazali qovun ko’p shahar va elatlarda yo’q. (J.SHaripov.)
  • www.arxiv.uz

Modal so’zlar quyidagi grammatik xususiyatlarga ega:

  • 1. Modal so’zlar biror voqelikni atamasi bo’la olmaydi (predmet, belgi, harakat va shu kabilarni atamaydi.)
  • 2. Modal so’zlar gap orqali ifodalagan fikrga qo’shimcha modal ma’no qo’shadi.
  • 3. Modal so’zlar gapda quyilagi vazifalarni bajarib keladi:
  • www.arxiv.uz
  • 1) gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmasdan, kirish so’z vazifasini bajarib keladi.
  • Masalan: Haytovur, ishimiz chakki emasga o’xshaydi. (O.)
  • Siz u kishidan, shubhasiz, juda ko’p gaplarni eshitgansiz. (A.Qodiriy.)
  • www.arxiv.uz
  • 2) kesim vazifasini bajaradi.
  • Masalan: CHol aqlli odam, unga o’rgatish ham mumkin, undan ko’p narsani o’rganish ham mumkin.
  • www.arxiv.uz
  • 3) sostavli kesim tarkibida kela oladi.
  • Masalan: Biz hamma ishimizda tanqid va o’z-o’zini tanqidni kuchaytirishimiz kerak.
  • 4) butun bir gap vazifasini bajaradi.
  • Masalan: - Xatingga javob keldimi? – Yo’q.
  • www.arxiv.uz

Modal so’zlarning ma’no jihatdan turlari.

  • Modal so’zlar yuqorida aytilganidek, fikrga turli xil modal ma’nolarni qґshadi. SHunga ko’ra modal so’zlar ma’no xususiyatlariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
  • www.arxiv.uz
  • 1. Fikrning aniqligi, ishonch, ma’qullash kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: albatta, shubhasiz, o’z-o’zidan, haqiqatdan, tabiiy, darhaqiqat kabi.
  • 2. Gumon, chama, noaniqlik kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: ehtimol, balki, hoynahoy, chog’i, aftidan, mazmuni, chamasi, shekilli.
  • 3. Maqsad, talab, shart kabi modal ma’nolarni ifodalovchi modal so’zlar: kerak, zarur, darkor, lozim kabi.
  • 4. Mavjudlik va tasdiqni ifodalovchi modal so’zlar: bor, mayli, xo’p.
  • 5. Mavjud emaslik, inkor, e’tiroz: yo’q kabi.
  • 6. Ma’qullash ma’nosini ifodalaydi: durust, bo’pti.
  • 7. Yakunlash ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: demak, xullas, modomiki.
  • 8. Eslatish ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: darvoqe, aytganday, aytmoqchi.
  • 9. Achinish, taassuf ma’nosini ifodalovchi modal so’zlar: afsus, attang, essiz.
  • www.arxiv.uz

Adabiyotlar ro’yxati:

  • 1. U.Tursunov, N.Muxtorov, SH.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
  • 2. Sh. Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
  • 3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek adabiyoti. Sintaksis.
  • Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
  • 4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.
  • www.arxiv.uz

Download 395 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling