Erkin Vohidov Taniqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. To'qqiz yoshida otasidan, bir yildan so'ng onasidan ajralgan. Toshkentlik tog'asi Karimboy Sohiboev qo'lida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi O'zMU)ning o'zbek filologiyasi fakultetida (1955-1960) tahsil olgan. So'ng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali 'Yoshlik'ning asoschisi (1982).
www.arxiv.uz
- U I va II chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hozir qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Keyingi yillarda O'zbekiston Oliy majlisining qo'mita raisi vazifasida ishlamoqda. Uning birinchi kitobi 'Tong nafasi' 1961 yilda chop etildi. Shundan so'ng uning 'Qo'shiqlarim sizga' (1962), 'Yurak va aql' (1963), 'Mening yulduzim' (1964), 'Nido' (1964), 'Lirika' (1965), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Yoshlik devoni'(1969), 'Charog'bon' (1970), 'Quyosh maskani' (1972), 'Tirik sayyoralar' (1978), 'Sharqiy qirg'oq' (1981), 'Kelajakka maktub' (1983), 'Muhabbat' (1984), 'Hozirgi yoshlar' (1986), 'Iztirob' (1991), 'Yaxshidir achchiq haqiqat' (1992) kabi she'riy to'plamlari nashr qilindi. 'Nido' (1964), 'Palatkada yozilgan doston' (1966), 'Charog'bon' (1970), 'Ruhlar isyoni' (1980), 'Ko'hinur' (1982) kabi dostonlar yozgan.
www.arxiv.uz
- 'Oltin devor', 'Istambul fojeasi', 'Ikkinchi tumor' kabi dramalar muallifi. S. Esenin, A. Tvardovskiy, M. Iqbol, G. Emin she'rlarini, Gyotening 'Faust', R. Hamzatovning 'Dog'istonim' asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. 1999 yilda O'zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi. Erkin Vohidov menga oq yo'l tilagan inson va ustoz sifatida azizdir.Uztozning oq yo'li bilan 1976 yilda o'sha davrning eng obro'li jurnali 'Guliston'da ilk she'riy turkumum bosilgan edi.
www.arxiv.uz
- ,,Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo'shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she'ring emas, o'zing kerakligini sezish — bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o'zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab, ishlab o'rganganman", — deb yozadi shoir. Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo'shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir bo'lib ishlagan. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida direktor,,, Yoshlik" jumaliga bosh muharrir Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Rcspublika Oliy Kengashi va Oliy Majlisiga dcputati bo'lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo'mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi. Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham tanildi. Uning ko'p vaqti xalq ichida, yurtimiz va mamiakatlar bo'ylab safarlarda o'traoqda. Shoir ,,Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi, ,,O'zbekiston Qah-ramoni" unvoniga sazovor bo'ldi.
www.arxiv.uz
- Erkin Vohidov Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning
- 28-dekabrida qishloq o'qituvchilari oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho'yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro'-e'tiborli, ma'rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Avval ikkinchi jahon urushida qatnashib, og'ir yarador bo'lib qaytgan ota, so'ng ona dunyodan o'tdi. Bo'lg'usi shoirning opasi va ukasi ham go'dakligida vafot etgan edi. Ikki qisqa umrning yolg'iz yodgori bo'Iib Erkin toshkentlik tog'asi qo'lida qoldi. Uning o'spirinlik, yoshlik yillari Toshkentda o'tdi. Erkin ulg'aygan xonadon ma'rifatga, san'atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo'lib turardi. Erkin Vohidovdagi nafosatga, she'riyatga mehr va mayl shu xonadonda. ana shu davralarda shakllandi. Erkin juda erta qo'liga qalam oldi. 7-sinfda o'qib yurganida ,,Mushtum" jurnalida birinchi she'ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o'qidi. Universitet ta'limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she'rlar kitobi ,,Tong nafasi" talabalik yillarida yaratildi.
www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |