Название специальности или вид работы
Kadmiyni sementatsiyalashning ikkinchi bosqichi va kobaltni tozalash
Download 74.18 Kb.
|
chiqazishga1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi kadmiy gubkasining eritilishi.
- Kadmiy gubka(quyqa)sining eritilishi.
Kadmiyni sementatsiyalashning ikkinchi bosqichi va kobaltni tozalash.
Ikkinchi sementizatsiyalash va kobaltdan tozalash №3,4 agitatorlarda olib boriladi. Eritma oʻtkir bugʻ bilan 60-70°C gacha isitiladi. Agitatorlarga eritmadagi 1 kg kobaltga 2 kg Sb2S3, rux changi 1 m3 ga 9 kg miqdorida tozalanayotgan eritma uchun berib boriladi. Aralashtirishning umumiy vaqti 30-40 minut. Olingan pulpa №5,6-filtr-presslarda filtrlanadi, filtrlash jarayonlaridan olingan gubka sigʻimi 8,5 m3 boʻlgan № 3 mishalkada aralashtiriladi va №1,2-agitatorlarga haydab beriladi. Filtrlangan bedno kadmiy eritmasi tanlab eritish sexiga yuboriladi, qattiq qismlar №3 filtr-pressida qoladi. Ikkilamchi kadmiy gubkasining eritilishi. Sigʻimi 70 m3 boʻlgan №1 agitatorda kadmiyni sementatsiyalash ikkinchi bosqichi va eritmalarni kobaltdan tozalashning 10-12 operatsiyalari dan keyingi kadmiy gubkasi toʻplanadi. Pulpaning hajmi 40 m3 gacha yetkaziladi, rux va kadmiy eritmaga maksimal darajada oʻtadigan holatigacha H2SO4 yuboriladi, bu jarayon barqaror pH-2,5-3.0 zichlikda amalga oshiriladi. Pulpa №2 filtr-pressida filtrlanadi, kobalt-nikel keki puflantirilib tozalanganidan keyin velslash sexiga olib ketiladi. Filtrat sementatsiyalashning birinchi bosqichiga №5,6-agitatorlarga yoʻnaltiriladi, qattiq qismlar №7,8- filtr-presslarda qoladi. Kadmiy gubka(quyqa)sining eritilishi. Kadmiy gubkasining eritilishi sigʻimi V=36 m3 boʻlgan № 9,10,11 pachuklarda amalga oshiriladi. Pachukga 17 m3 miqdorida suv quyiladi va siqilgan havo bilan aralashtirib borilishida kadmiy gubkasi 2-3 t miqdorida yuklab boriladi. Mis ionlari 4 g/l dan kam boʻlmagan miqdorga yetkazilganida eritmaga sulfat kislotasi 130-150 g/l konsentratsiyasidagi koʻrinish olgunga qadar kislotalanadi, keyin oʻtkir bugʻ bilan 60-70 °C gacha isitiladi. Eritmada mis ionlarining konsentratsiyasi 3-7 g/l dan kam boʻlmagan darajada saqlab borish zarur boʻladi. Sulfat kislotasining konsentratsiyasi 20-50 g/l ligida temir kuporosi temirning surmaga nisbati 50:1 holatida marganes shlami yoki kaliy permanganati yuklanadi. Eritish pH muhiti 4,8-5,2ga yetkazilganida tugallangan hisoblanadi. Eritmada misning konsentratsiya 100-120 mg/l, kadmiyniki 100-150 g/l, rux 50 g/l dan kam boʻlmagan miqdorda saqlab boriladi. Eritma aralashtirib borilgan holda 1,5-2 soat davomida saqlab boriladi va №12 filtr-pressiga uzatiladi. Filtrat oʻz oqimi boʻyicha sigʻimi 25 m3 boʻlgan №4- meshalkaga aralashmalardan tozalash uchun yuboriladi. №12 filtr-pressdagi kek sigʻimi 8,5 m3 boʻlgan №7 meshalkaga uzatiladi, suv bilan aralashtiriladi va mis-kadmiy pulpalarini tanlab eritish bosh jarayoniga haydab beriladi yoki kelgusi qayta ishlash uchun velslash sexiga tashib ketiladi. Cd+H2SO4 = CdSO4+H2, Zn+H2SO4 = ZnSO4+H2 Download 74.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling