Название специальности или вид работы


Mis kekini yuvib tozalash va filtrlash


Download 74.18 Kb.
bet3/6
Sana22.06.2023
Hajmi74.18 Kb.
#1647373
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
chiqazishga1

Mis kekini yuvib tozalash va filtrlash.
3-Quyuqlashtirgichga tanlab eritish sexining pulpasi Q:S = (1-3) nisbatlarda quyiladi; keyin №3-quyuqlashtirgichning pastki qatlami sigʻimi 70 m3 boʻlgan №4 pachukga 25-30 m3 miqdorida uzatiladi. Pachukga oldindan 20-25 m3 hajmida H2SO4 yoki ishlatilgan rux elektroliti quyiladi va oʻtkir bugʻ bilan 60-70°C gacha qizdiriladi. Kislota pH= 2,5-3,0 zichlikga yetkazilgungacha berib boriladi. Pulpa siqilgan havo bilan 1-2 soat mobaynida aralashtirib boriladi. Yuvilgan mis keki sigʻimi 70 m3 boʻlgan №7 pachukga haydab oʻtkaziladi. U yerdan №4 filtr-pressga filtrlash uchun uzatiladi. Filtrlashdan keyingi eritma №3 quyuqlashtirgichga toʻkib olinadi. Keklar avtotransport vositasida MEZga olib ketiladi.
Kadmiyni sementatsiyalashning birinchi bosqichi.
№2 quyuqlashtirgichning yuqori oqimi sigʻimi 70 m3 boʻlgan №5,6- agitatorlarga kadmiyning birinchi bosqich sementatsiyalanishi uchun uzatiladi. Eritma quyidagi tarkibga ega boʻlishi kerak:
Rux - 110-140 g/l; Kadmiy - 8-20 g/l; Mis - 0,3-1,0 g/l; pH = 4,8-5,2
Kadmiyning sementatsiyalanishi rux changi bilan amalga oshiriladi. Agitatorlarga eritma toʻldirilganidan keyin ekspress laboratoriya kimyoviy tahlillar oʻtkazish yoʻli bilan eritmadagi kadmiy konsentratsiyasini aniqlab beradi, shundan soʻng mazkur operatsiya uchun zarur boʻladigan rux changining hisobi eritmada kadmiyning qoldiq konsentratsiyasi 0,8-1,2 g/l nisbatida amalga oshiriladi. Rux changi bilan yuklab borilishi kyubel-ta’minotchi orqali amalga oshiriladi. Sementatsiyalash jarayoni yakunlanganidan keyin eritma nasos yordamida filtrlash uchun №7, 8 filtr-presslarga uzatiladi. Kadmiy gubka(quyqa)si 15-20 daqiqa davomida havo bilan puflantiriladi, konteynerlarga boʻshatib olinadi va kadmiy gubkasini eritish boʻlimiga uzatiladi. Filtrat oʻz oqimi boʻyicha ikkinchi sementizatsiyalash va kobaltdan tozalanishga oqadi.
CdSO4 + Zn = ZnSO4 + Cd
CuSO4 +Zn = ZnSO4 + Cu

Download 74.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling