Ne-ne mashaqqatlar o`tdi boshingdan, Temur xalos etgan zanjirsan Vatan


Download 26.55 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1130292
Bog'liq
SHERLARIM (1)

VATANIM


Ne-ne mashaqqatlar o`tdi boshingdan,
Temur xalos etgan zanjirsan Vatan.
O`zbekiston noming tillarda doston,
Onamdek mehribon bu g`zal bo`ston.
Endi hilpiragay ko`kda bayrog`ing,
Yoshlar kuylamoqda g`urur-la madhing.
Yurtboshim sog` bo`lsin doimo omon,
Chunki farzandlari endi chempion.

MUHARRIR: NURMATOV SARDOR



TEMURIY BOBOM


Yillar o`tsa hamki dilimda hamon,
Qoldirib ortidan tinchlik degan nom.
Sergaklik hushyorlik undandir meros,
Olamni lol etgan siyosatshunos.
Vatan deb qon kechgan temuriy bobom,
Xalqim deb jon bergan temuriy bobom.
Sohibqiron noming qolgaydur yodda,
Sizdan qolgan shior “KUCH ADOLATDA”.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR



O`ZBEKISTONIM


Betakrorimsan vatanim O`zbekistonim,
Tinchlikparvar ona diyorim.
Kindik qonim tomgan bo`stonim,
Tengi yo`qsan O`zbekistonim.
Seni ta`riflasam ozdir ta`rifim,
Madhingni kuylasam yayraydi dilim.
Bayrog`ing ko`klarga ko`tarish orzum,
O`zbekistonim hey O`zbekistonim.
Ilhom bag`ishlagay tinchliging menga,
Seni madh etishdan to`xtamayman hech.
She`riyat bog`iga nazm bog`iga,
Shul sabab qilurmen qadam ranjida.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR




YOSHLIk


Yoshlik beboshlikdir unutmoq qiyin,
Ran barang dunyoni ko`rmoqlik avzal.
Orzular osmonin quchardik bizlar,
G`am-tashvish begona edi u kunlar.
Yoshligim esimda birinchi sevgim,
Qo`lidan tutolmay qiynalgan damlar.
Esimda ustozlar bergan tanbehlar,
Buyuklar farzandi o`zingsan bilgil’’.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR

YURTIM
Ta`rifga sig`maydi yurtim chiroyi,
Tuprog`i zar uning dehqoni zargar.
Sog`inib qolar hatto quyoshi oyi,
Halol mehnat xalqimning umrini bezar.
Yurt ishqi har lahzada qonda jo`sh ursa,
Nuroniy bobolar duoda tursa,
Vatanni e`zozlash muqaddas burch deb,
Temurbek avlodi qasamyod qilsa.
Ajdodlar qoldirgan meroslaring bor,
Kelajaging doim bo`lsin barqaror.
Alpomish avlodi mard-jasur o`g`lon,
Yurakdan aytajak jon O`zbekiston.

MUHARRIR :NURMATOV SARDOR




NON
Eng aziz ne`mat nima?
Qani toping bolalar.
Men topdim deydi Akbar,
Eng aziz ne`mat bu non.

Nonni har kim e`zozlar,
CHunki non aziz ne`mat.
SHul sababdan bobolar der,
Nonning ushog`I ham non.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR




BAHOR
Bahor keldi! Gullar ochildi,
Atrof bo`ldi yam-yashil o`tloq.
Dalalarda yastanib lola,
Tergin deydi meni hoy bola.
Qizg`aldoqlar qirda ochildi,
Hushbo`y hidlar taratib dilga.
Momoqaymoq go`yoki oltin,
Dur-u zarlar taqar ko`ngilga.
Doshqozonda qaynar sumalak,
Ko`kni quchar kulgu-tabassum.
Dilimda yo`q zarracha g`ubor,
Xush kelibsan elimga-Bahor.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR



YURT QADRI
Bu ko`hna olamda Vatanlar ko`pdir,
Unda yosh-u qari sevadi yurtin.
Eh bu tarovatning qadrini bilmay,
Adovat o`tida yonganlar ko`pdir.
Insoniy xislatni unutib qo`yib,
Hayvoniy ishratga o`tganlar ko`pdir.
Yigitlik g`ururi topdalib bugun,
Panjara ortida yotgan ham ko`pdir.
Or-nomus neligin begona bilib,
Ajdodlar yuziga tupurgan ko`pdir.
Jon bolam to`xta deb nola qilganda,
Olloh akbar deya o`lganlar ko`pdir.
Odamlar-odamlar ochingiz ko`zni,
O`rgimchak to`rida qolmasingizdan.
Beklar yurtiga ko`z tikib turganlar,
Ollohim lanatin yuqtirsin ular
Dunyoga keng qarang anglab o`zingiz,
Asil beklar yurti bu go`zal Vatan.
Tengsiz durdonadir mening Vatanim,
Sevishimga arzir O`zbekistonim.

MUHARRIR : NURMATOV SARDOR




ILK SEVGIM
Ojiz yurakkinam senga talpinib,
Ko`zlaring ko`rmoqqqa intilar qalbim.
Ey yurak o`g`risi seni sog`inib,
Armondan gulchambar taqqan men o`zim.
Qalbimni zanjirband etib sen bugun,
Sevgim arqonida qoldirding tugun.
Gunohim ne edi aytgin so`zingni,
Axir sevgan edim yolg`iz o`zingni.
Hazonga aylandi ne-ne orzular,
Senga ishonardim, axir sevardim.
Meni shaydo qilgan tim qora qoshlar,
Sahrolarda tashlab ketgan ilk sevgim.
MUHARRIR : NURMATOV SARDOR

Jonajon Vatan

Ozod Vataningda tinchlik hukmron,

Bu oddiy so`z emas shukur qil nodon.

Nopok kimsalardan olib qoch o`zing,

Ey o`g`lon unutma qasamdir so`zing.

Temuriydan o`rgan adolat sirin,

Navoiydan so`ra zabon hikmatin.

SHayx-ur Raislaring joninga madan,

Bunday buyuklikni his etgil qalbdan.




Muharrir : Nurmatov Sardor
Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling