Nefelometriya. Elektron-mikroskopiya va ultramikroskopiya reja
Download 0.99 Mb.
|
1 2
Bog'liqIsmoiljonova ozoda
3. Nefelometriya. «Opalessensiya» hodisasiga asoslanib, kolloid
eritmalarning konsentratsiyasini va kolloid zarrachaning o‘rtacha katta-kichikligini aniqlaydigan asbob-nefelometr deb ataladi. Agar ma‘lum nur manbaidan foydalanilsa, aniq dispers faza va aniq dispersion muhitlar uchun Reley tenglamasiga kiradigan ba‘zi kattaliklar (n1, n2, λ, ρ) o‘zgarmay qoladi. Shundan Reley tenglamasi quyidagi qisqa shaklni oladi: bu yerda Nefelometrik tekshirish uchun ikkita bir xil silindrik idish olib, ularning biriga konsentratsiyasi ma‘lum (standart) kolloid eritma, ikkinchisiga tekshirish uchun berilgan kolloid eritma solinadi. Ikkala idish bitta yorug‘lik manbaidan yoritiladi. Bu vaqtda ikkala idishda ham Tindal effekti vujudga keladi. Kolloid eritmalardan tarqalgan nur asbobning tepa qismidagi okulyarga tushadi. tekshiriladigan kolloid eritmaning konsentratsiyasi standart kolloid eritma konsentratsiyasiga teng bo‘lmasa, ikkala kolloid eritmalardan tarqalgan yorug‘likning intensivligi boshqa–boshqa bo‘ladi; okulyardan ko‘rinadigan ikkita yarim doiraning biri yorug‘roq va ikkinchisi qorong‘iroq bo‘ladi. Kolloid eritmalardan tarqalgan yorug‘likning intensivligi zolning konsentratsiyasiga proporsional bo‘lgani uchun tekshiriladigan kolloid eritmaga va standart kolloid eritmaga tushgan nurlar bir xil son zarrachalardan tarqalgandagina okulyardagi ikkala yarim doira bir xilda yoritiladi. Silindrik shisha idishlardan birini (maxsus moslama yordami bilan) yuqoriga ko‘tarish yoki pastga tushirish orqali idishdagi kolloid eritmalarning yoritilayotgan balandliklarni o‘zgartirib ikkala yarim doirani birdek yoritishga erishish mumkin. Faraz qilaylik, bu balandliklar h1va h2 bo‘lib, ikkala eritmadagi kolloid zarrachalarning hajmlari bir-biriga teng bo‘lsin, u holda ikkala eritma uchun K′=KV=const bo‘ladi. Doiraning ikkala yarim qismlari bir xilda ravshanlikka ega bo‘lganligi sababli: tenglikka ega bo‘lamiz. Bu yerda –sinalayotgan eritmadagi yorug‘lik kuchi, –standart kolloid eritma solingan idishdagi yorug‘lik kuchi, –sinaladigan eritma konsentratsiyasi, –standart kolloid eritma konsentratsiyasi. Yuqoridagi tenglamani o‘zgartirib, quyidagicha yozamiz: Demak, =/asosida ni hisoblay olamiz. E`tiboringiz uchun rahmat!Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling