Neft-gaz sintezi asoslari


Download 0.8 Mb.
bet14/26
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#251053
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
O

.Bgsim, atm. Harorat,°C

Etilen konversiyasi, % da

50

80

100

150

150

53

65

67

74

250

14,1

21,4

25

35

350

3,5

5,6

7

12,2


Biroq hanuzgacha 270-300°C haroratdan pastda yetarli faollik bilan ishlaydigan katalizatorlar topilgan emas.


88





Shunday qilib, etilenning to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyasi jarayo- niga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: harorat, bosim, suv va etilen- larning molli nisbatlari, etilenning hajmiy tezligi [hajmiy tezlik (W) deb bir soatdagi xomashyo hajmini katalizator hajmiga nisbatiga ay- tiladi].

Etilen konversiyasi harorat va bosimga bog‘liqligini 7-jadval ma’lumotlari orqali tasvirlash mumkin.

7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bosimni 50 dan 100 atmosfera bosimi ostigacha oshirilishi o‘sha birday temperaturada etilenning konversiyasini ortishiga olib keladi.

Birday bosimda haroratni 150 dan 350°C gacha orttirilishi kon- versiyani keskin pasayishiga olib keladi, sinalayotgan katalizatorlar faqat yuqori haroratlarda faol ekanligini hisobga olsak, 280-300°C da konversiya (~5%) past bo‘ladi.

  1. Bosimning ta’siri

Bosim kattaligi ikki omil bilan xarakterlanadi:

  1. etilenni o‘z parsial bosimi bilan;

  2. suv bug‘larining kondensatlanishi boshlanishi bilan.

Etilen parsial bosimining ortishi bilan reaksiya tezligi ortadi.

Katalizning faol boshlanishi sifatida yoyuvchi yuzida suyuq agregat holatda joylashgan va konsentratsiyasi katalizator yuzida suv bug‘ining tarangligiga bog‘liq holida bo‘lgan erkin fosfat kislotasi- dir.

Odatda, fosfat kislotaning konsentratsiyasi 83-85% oralig‘ida bo‘ladi. Agar suv bug‘ining tarangligi katalizator yuzida kuchli ortsa-suv bug‘lari kondensatlanadi va fosfat kislotani suyultiradi. Natijada spirtning salmog‘i keskin pasayadi. Shuning uchun sistema- ning umumiy bosimi (P) 70-75 atmosfera. Suv bug‘ining parsial bosimi PHO
= 27 - 30 atmosfera. Etilenning parsial bosimi atmosfera.

P = 30 - 38



C2 H4

2.1.1.З. Suvning etilenga nisbatini ta’siri



Jarayonni belgilab beruvchi zarur omil - suvni etilenga nisbatan molli nisbatlaridir.


89



Amalda suvning etilenga molli nisbatlari 0,6-0,7:1 ga teng qilib ushlab turiladi. Bunday nisbatlarni tanlash fosfat kislotasi konsen- tratsiyasini 83-85% da saqlab turish bilan bog‘liq.

  1. Boshqa omillar ta’siri

Kontakt vaqti (hajmiy tezlikka teskari kattalik) - 18^20 sek, uning qiymatini orttirish etilenning konversiyasini oshirsada, reaksi- ya yonaki mahsulotlari miqdorini ham oshishiga olib keladi.

Etilenning hajmiy tezligi 1800-2000-soat-1, bir o‘tishda etilen konversiyasi 4-6%.

Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilish qurilmasi ish rejimi quyidagicha:

Umumiy bosim, 70-75 atmosfera.

Temperatura, 280-300°C.

Molli nisbat, H2
0/C2H4=0,7:1.

Kontakt vaqti, 18^20 sek.

Etilen hajmiy tezligi , 1800-2000 soat-1.

1m3 katalizatorda olingan spirt miqdori, 190-200 kg/soat.

Katalizator 500 soat ishlaydi, undan so‘ng fosfat kislota tez ketib qolishi oqibatida uning faolligi tushib ketadi, shu sababli jarayon paytida katalizatorga yangi H3P04 qo‘shib turiladi va uni regenerat- siyasiz xizmatini 900 soatgacha uzaytiriladi. Reaksiyaning yonaki mahsulotlari quyidagilardir: dietil efiri (C2H5-0-C2H5)-2%; atsetal- degid -1%; polimerlar -2%.

Etilen konversiyasining quyiligi va shu bois etilenning ko‘p marta sirkulatsiyasi - jarayonning jiddiy kamchiligidir. Ushbu kamchilik tozaligi 98% dan kam bo‘lmagan konsentrlangan etilenni majburan ishlatishni taqozo etadi.

Suyuq fazada etilenni suv bilan 250-300°C haroratda va 300 atmosfera bosimi ostida gidratatsiya qilish jarayoni ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida silikagelda W203(15-20%) ishlatiladi.

Usulning afzalliklari: katalizator apparaturani korroziyaga uch- ratmaydi; suvni bug‘latishga va suv bug‘ini o‘ta qizdirishga katta miqdorda issiqlik sarfi talab qilinmaydi. Katalizator bug‘ fazadagi gidratatsiya uchun yaroqsizdir, chunki bu sharoitda u kam faoldir.

Usulning kamchiligi - katalizator narxining yuqoriligidan iborat.


90



  1. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiya qilib etil spirti olish texnologiyasi


10-chizmada etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrotatsiya qilib, etil spirti ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi keltirilgan.





10-chizma. Etilenni to‘g‘ridan to‘g‘ri gidratatsiyalab, etil spirti ishlab
chiqarish prinsipial texnologik sxemasi.



Gazni ajratish sexidan kelayotgan etilen 70 atmosfera bosimi os- tigacha siqiladi, sirkulatsion gaz bilan aralashtirilib va bug‘ konden- sati bilan birga 1,2-issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Neytralla- nish mahsulotlari issiqligi hisobiga aralashma 200°C gacha isiydi. Keyin bug‘-gaz aralashmasi 3-pechda 280-290°C gacha isitiladi va 4-gidratatorga keladi. Bunda u katalizator qavati orqali yuqoridan pastga tomon o‘tadi. Gidratatordan chiqishda bug‘-gaz aralashmasi (olib ketilgan H3
P04, spirt, etilen, suv) NaOH bilan neytrallanadi,

Natriy tuzlari 5-tuz ajratkichda ajratiladi, bug‘-gaz aralashmasi esa 1,2-issiqlik almashtirgichda sovitilgandan so‘ng 6-yuqori bosim se- paratoriga yo‘naltiriladi, 5-6 atmosfera bosimi ostigacha drossella- nadi va 8-quyi bosim separatoriga yuboriladi.

Gaz aralashmasi yuqori bosim separatoridan spirtni suv bilan yu- vib tashlash uchun 7-skrubberga keladi, so‘ng siqiladi va jarayonga qaytariladi. 7-skrubberdan bosimni 5-6 atmosfera bosimi ostigacha tushirish hisobiga erigan etilenni ajratish uchun spirtli kondensat 8-quyi bosim separatoriga boradi. Etilen siqish uchun yuboriladi va jarayonga qaytariladi yoki gazni ajratish sexiga jo‘natiladi. Suvli spirt esa rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi.


91




Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling