Neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.8 Mb.
|
O
- Bu sahifa navigatsiya:
- Para - iodanilin
- Tribromfenol
- Atsillanish reaksiyalari
- Etilatsetat efir
- 4-rasm. Etilatsetat hosil bo‘lishi uchun qo‘llaniladigan qurilma.
- Izoamilatsetat efir
- Butil atsetat efir.
- Etil benzoat efir
O
CH3 C + 3J2 CJ - C + 3HJ O H O CJ3 - C KOH ^ CHJ3 + HCOOK H Sig‘imi 50 ml bo‘lgan konussimon kolbachada mayin qi- lib maydalangan potash 20 ml suvda eritiladi. Eritmaga etil spirt qo‘shib, aralashma suv hammomida isitiladi, so‘ngra unga kukun holatdagi iod oz-ozdan qo‘shiladi, bu muolaja vaqtida kolbadagi aralashma muttasil chayqatib turiladi. Iodidning hammasi erib ket- ganidan keyin isitish to‘xtatiladi. Eritma sovitiladi. Agar iodning hammasi erib ketmagan bo‘lsa, 1-2 ml etil spirt qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Eritma sovigach, iodoformning sariq tusli kristallari ajralib chiqa boshlaydi. Hosil bo‘lgan cho‘kma Byuxner voronkasida su- zilib, filtr qog‘oz varaqalari orasida quritiladi. Quritilgan cho‘kma atseton yoki spirtda eritilib, qayta kristallantiriladi. Iodoformning suyuqlanish temperaturasi 119°C. В rasm. Iodoform hosil qilish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Para - iodanilin Reaktivlar: Anilin - 5,5 g. Natriy bikarbonat - 7,5 g. Kristallik iod - 12,7 g. Reaksiyalar sxemasi: C6H5NH2 + J2 + NaHCO3 6 5 2 2 3 n - C6H4 + NaJ + Co2 + H2O 6 4 ^ 2 2 NH J 146 1 litrli stakanga 5,5 g anilin, 7,5 g natriy bikarbonat va 500 ml suv quyiladi. Eritmaga ozroq muz solib, uni 12-15°C ga qadar sovitiladi. So‘ngra reaksion aralashmani muttasil chayqatib turib, 30 daqiqa davomida kukun holatga qadar maydalangan ioddan oz-ozdan (I - 1,5 g dan) qo‘shib boriladi. Chayqatish yana 30 daqiqa davom ettiriladi. Bu vaqt davomida reaksiya tugaydi va iodning rangi ham yo‘qoladi. Xomak para - iodanilinni qoramtir kristall massa shaklida Byuxner voronkasida filtrlanadi, havoda quritiladi. Xomaki mahsulotni tozalangan (qaynash temperaturasi 70- 150°C bo‘lgan) benzinda eritib, qayta kristall anadi. p-iodanilinning suyuqlanish temperaturasi 60-63°C ga teng. Reaksiya unumi 8 g. Tribromfenol Reaktivlar: Fenol - 4,7 g. Bromli suv. Reaksiya sxemasi: OH Br Br \/ B, Fenolni 250 ml suvda eritib, to suyuqlik yo‘qolib ketmaguncha, sariq rang kasb etguncha tomchilatma voronkadan bromli suv quyib boriladi. Hosil bo‘lgan oq tusli pag‘a-pag‘a chukmani suzib olib, spirtda eritib qayta kristallantiriladi. Tribromfenolning suyuqlanish temperaturasi 95°C ga teng, reaksiya unumi 17 g. Atsillanish reaksiyalari Organik brikmalar tarkibida vodorodli karbon kislota qoldig‘i - atsil R - C =O ga almashinishi atsillash reaksiyasi deb ataladi. Atsillovchi modda sifatida erkin kislota yoxud uning angidridlari, xlor angidridlari, murakkab efirlari kabi hosilalari xizmat qiladi. Bu moddalarning atsillash qobiliyati pasayish tartibida quyidagi qatorga joylash mumkin: OH + 3 Br 2 - 3HBr 147 ,о о уО R R-С R-C-0-C-0 R-О OR ОН О о ^ Spirtlar, fenollar, aminiar va boshqa tarkibida harakatchan vo- dorod atomi mavjud bo‘lgan organik moddalar atsillanish reak- siyalariga aktiv suratda kirishadi. Spirtlar bilan kislotalar o‘zaro ta’sirlashib, murakkab efirlar hosil qilinadigan reaksiyalar etirifikatsiya reaksiyalari deb ataladi. P R + HOR’ OH etirifikatsiya < gidroliz О R-с HOH OR' Bu reaksiyalarning tezligi kislota va spirt tabiatiga bog‘liq. Aromatik kislotalar alifatik kislotalarga qaraganda qiyinlik bilan etifikatsiyaga uchraydi. Birlamchi spirtlar ishtirokidagi etirifikatsiya reaksiyalar yaxshi unum beradi; ikkilamchi spirtlar etirifikatsiya reaksiyalarida passivroq ishtirok etadi, uchlamchi spirtlar nihoyatda katta qiyinchilik bilan bu reaksiyalarga kirishadi. Etilatsetat efir Reaksiyalar: Atsetat (sirka kislota) muz ko‘rinishdagi - 30 ml. Etil spirt (96 % li) - 45 ml. Sulfat kislota (konsentrlangan) - 15 ml. Natriy karbonat. Natriy sulfat (suvsiz tuz) va kalsiy xlorid. Asosiy reaksiya: SH3 - C +C2H5 OH H2s°4 22 CH3 - + H2° OH OC2H5 Reaksiya quyidagi bosqichlar bilan sodir bo‘ladi: C2H5OH + HOSO3H 22 C2H5OSO3H + H2O 148 C2H5OSO3H + CH3 Yonaki reaksiya: O C CH OH C O H2SO4 OC2H5 C2H5OSO3H + C2H5OH C2H5OC2H5 + H2SO4 Sig‘imi 100 ml bo‘lgan Byurts kolbasiga 15 ml spirt va ehti- yotlik bilan 15 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Kolbani tomchilatma voronka va termometr o‘rnatilgan tiqin bilan bekitiladi (termometrning simobli yumaloq qismi kolbadagi suyuqlikga botib turadigan bo‘lishi kerak). Kolbani uzun sovitgich bilan birlashtirib, kolbadagi suyuqlikni elektr plita ustiga 110-120°C ga qadar qizdiriladi. Qaynoq aralashma ustiga tomchilama voronkadan 30 ml spirt va 30 ml muzsimon sirka kislota asta-sekin solib turiladi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan murakkab efir qanday tezlik bilan sovitgich orqali yig‘gichga o‘tsa, spirt bilan kislotani kolbaga tomchilatma voronkadan tushirishni ham xuddi ana shunday tezlikda amalga oshirish kerak. Tajriba nihoyasida, distillyat tarkibida reaksiyaga kirishmay qolgan sirka kislotani yo‘qotish maqsadida distillyat ustiga zangori tusli lakmus qog‘oz tashlab qo‘yib, efir ustiga natriy karbonatning to‘yingan eritmasidan lakmus qog‘ozning zangori rangi qizil ranga o‘tishi to‘xtaguncha qo‘shib boriladi. Natriy karbonat eritmasini oz-ozdan qo‘shib borishi kerak, chunki sirka kislota bilan natriy karbonat orasida sodir bo‘ladigan reaksiya natijasida karbonat angidrid hosil bo‘lib, suyuqlik kuchli sur’atda ko‘pirib ketishi mumkin. 4-rasm. Etilatsetat hosil bo‘lishi uchun qo‘llaniladigan qurilma. Bundan keyin aralashmani tomchilatma voronkaga solib, pastki suv qavatni ustki bir qavatdan ajratiladi. Efir qavat voronkada qoladi. Unga kalsiy xloridning to‘yingan eritmasi 8 gramm CaC^ va 8 gramm suv solib, reaksiyaga kirishmay qolgan spirtni yo‘qotish 149 uchun yaxshilab chayqatiladi. Ustki efir yana voronkada qoladi. Unga suvsiz natriy sulfat tashlab efir quritiladi. Quritilgan mahsulotni suv hammomida haydab 75- 78°C da ajratib chiqqan fraksiya yig‘ib olinadi. Reaksiya unumi 30 g ni tashkil qiladi. Izoamilatsetat efir Reaktivlar: Sirka kislota (muzsimon) - 10,49 g. Izoamid spirt - 17 ,86 g. Sulfat kislota (kons.) - 9,2 g. Natriy sulfat, kalsiy xlorid. Reaksiya tenglamasi: ^ O ^ O CH3 - C + HO - CH2 - CH2 - CH - CH3 H2SO4 CH3 - C + H2O 3 2 2 3 3 2 OH CH3 ^ OC5Hn Bu reaksiya quyidagi bosqichlar bilan boradi: izo - C5HnOH + HOSO5H ^ izo - C5H11OSO3H + H2O izo C5H11OSO3H + CH3 Yonaki reaksiya: OH C O + H2SO4 O izo O5H11 izo - C5H11OSOH + izo C5H11OH - - izo - C5H11O izo C5H11 + H2SO4 Sig‘imi 100-200 ml bo‘lgan yumaloq tagli quruq kolbaga izoamil spirt va sovitib turgan holatda ehtiyotli bilan konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Ana shu aralashmaga chayqatib turgan holda oz- ozdan muzsimon sirka kislota qo‘shiladi. Qaynash bir tekisda borishi uchun kolbaga sopol yoki chinni parchalari tashlanadi, so‘ngra kolbani qaytarma sovitgichga ulanadi. Kolbadagi reaksion moddalar ehtiyotlik bilan 1 soat davomida qaynatiladi (kolbani aylanma harakat vositasida vaqti-vaqti bilan chayqatib turish zarur), qizdirish nihoyasiga yetganidan keyin kolbadagi aralashma sovitiladi, uning ustiga suv solib, ikkita suyuq qavat hosil qilinadi va suyuqliklarni tomchilatma voronkaga ko‘chiriladi. Efir ustki qavatga o‘tadi. 150 5-rasm. Izoamil atsetat olishda qo‘llaniladigan qurilma. Moysimon efir qavatni suvli qavatdan ajratiladi, so‘ngra efirni 6% li soda eritmasi va suv bilan (lakmus kislotasi reaksiya ko‘rsatmay qolguncha) yaxshilab yuviladi. Hosil bo‘lgan efirni kichkina quruq kolbaga solib suvsiz kalsiy xlorid bilan (yoki suvsiz natriy sulfat bilan) quritiladi. So‘ngra Byurs kolbasiga solib, oddiy sovitgich orqali haydaladi, 135-141°C dagi fraksiya yig‘iladi. Butil atsetat efir. Reaktivlar: Muzsimon sirka kislota - 10 ml. Normal butil spirt - 22 ml. Sulfat kislota (konts) - 5 ml. Butil atsetat efirning olinish metodikasi izamid atsetat efirning olinish metodikasidan farq qilmaydi (5-rasm). Butil atsetatning qaynash temperaturasi 124-125°C ga yaqin. C4H9OH + CH3- C O H2SO4 OH /O CH3 - C + H2SO4 ^ OC4H9 Bu reaksiya quyidagi bosqichlar bilan boradi: C4H3OH + HOSO3H C4H9OC3H + CH3 - C ^ O OH C4H9OSO3H+H2O ^ O — CH3 - C + H2SO4 OC4H 9 151 Yonaki reaksiya: C4H9OSÖ3H + c4h9oh C4H9OC4H9 + H2SO 4 Etil benzoat efir Benzoat (benzoy) kislota - 10 g. Etan spirt (absolut) - 26 g. Sulfat kislota (konts.) - 1 ml. C6H5C+ HOCH2 CH3 OH H2SO4 O C6H5'C<H2O O O2H 5 Sig‘imi 100 ml bo‘lgan yumaloq tagli kolbaga benzoat (benzoy) kislota sepilib, uning ustiga alohida tayyorlangan spirt bilan sulfat kislota aralashmasi quyiladi. Kolbaga qaytarma sovitgich ulab, aralashma 1,5-2 soat qizdiriladi. So‘ngra sovitilib, unga suv quyib, ikkita suyuq qavat hosil qilinadi, suyuqlik chayqatiladi. Suyuqlik qavatlar tomchilama voronkaga ko‘chirilib, ustki moysimon efir qavatni pastki kislotali qavatdan ajratiladi. So‘ngra efir 3% li soda eritmasi va suv bilan yuvilib, ortib qolgan kislotalar yo‘qotiladi. Bundan keyin efir qavatni suvsiz natriy sulfat bilan quritiladi. Quritilgan etil-benzoat efir kichikroq Byurs kolbaga solinib, oddiy (tekis - gorizontal qo‘yilgan) sovitgich orqali haydalib, uning 206- 210°C da haydalgan fraksiyasi yig‘ib olinadi. Efir unumi 10-12 ni tashkil etadi (bu efir olish uchun qo‘llaniladigan qurilma 5-rasmda keltirilgan). Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling