- Gaz tarzida ishlovchi gaz va gazkondensat uyumlarida chekka suvlar passiv bo‘lganligi uchun uyumdagi bosim qancha pasaysa ham qatlamga tashqaridan suv kirib kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun qatlam bosimi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kamayaveradi va olingan gaz miqdoriga proporsional bo‘ladi.
- Bunday holatdagi uyumga oluvchi quduqlarni bir tekis qazish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday uyumlarda gaz beruvchanlik kollektorning bir tekis va yuqori ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lganda eng maksimal ko‘rsatgichga yetadi, ya’ni uning miqdori 0,9-0,95 hatto 0,98 ga yetadi.
- Qatlamning kollektorlik ko‘rsatgichlari past bo‘lganda bu miqdor 0,85-0,9 atrofida bo‘lib qolishi o‘am mumkin, lekin baribir bu ko‘rsatgich eng yuqori hisoblanadi.
- Suv siquvi (yoki aralash) tarzda ishlovchi - gaz va gazkondensat konlarining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularda ma’lum bosim ko‘rsatgichidan so‘ng gaz (gazkondensat) uyumi hududiga chekka suvlarning kirib kelishi va uyumning bir qismini suv bosishi hisobiga gaz beruvchanlik koeffitsienti pastroq ko‘rsatgichga ega bo‘ladi.
Kollektor yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hollarda gazberuvchanlik koeffitsienti 0,8-0,85 darajasiga yetish mumkin, lekin kollektor past ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo‘lgan hollarda qatlamning gaz beruvchanlik koeffitsienti 0,6-0,7 atrofida bo‘lishi mumkin. - Kollektor yaxshi ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hollarda gazberuvchanlik koeffitsienti 0,8-0,85 darajasiga yetish mumkin, lekin kollektor past ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo‘lgan hollarda qatlamning gaz beruvchanlik koeffitsienti 0,6-0,7 atrofida bo‘lishi mumkin.
- Bunday uyumlarda gaz quduqlarini uyumning markaziy qismiga zichlashtirib qazilsa va ishlatilsa maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
- Chunki ishlatuvchi (oluvchi) quduqlarni tezlikda suv bosmaydi va ular uzoq muddat uyumdagi gazni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |