- NEFT TARKIBIDAGI ASOSIY UGLEVODORODLAR ALKANLAR
- Alkanlar neft saklovchi xududlarning barchasidagi va tabiiy yenuvchi gazlarning tarkibidagi uglevodorodlarning asosiy qismini tashkil etadi. Dunyoda barcha neft saqlovchi xududlarning neftiga qarab alkanlar miqdori xar xil bo’ladi; tuzilishi jixatdan juda kichik molekulalardan iborat bo’lgan alkanlar, neftning yonuvchi gazlari bo’lib hisoblanadi. Yer ostidagi tabiiy gazning bosimi 25 – 30 MPA ga yetadi. Shuning uchun unda erigan suyuqliklar ya’ni uglevodorodlar normal xolatda katta molekulyar massaga ega bo’ladi.
- Gaz kondensatining miqdori, uning tarkibiy tuzilishiga xamda shu gaz turgan qatlamning bosimiga va temperaturasiga bog’liq. Agar temperatura qanchalik yuqori bulsa, gazda shunchalik ko’p uglevodorodlar eriydi. Gaz saqlovchi hududlarga qarab bu narsa farqlanadi. Neft va gaz tarkibidagi normal tuzilishga ega barcha alkanlar metandan to tritriakontangacha (C33H68) bo’lganlari ajralib olingan. Neftda uning xajmiy mikdori C6 uchun 1,8% gacha, C7 uchun esa 2,3% gacha bulishi mumkin. Aksariyat C33 gacha 0,09% gacha kamayib boradi.
SIKLOALKANLAR - SIKLOALKANLAR
- Neftning asosiy qismini sikloalkanlar tashkil etadi. Neft tarkibida mono va politsiklli sikloalkanlar uchraydi. Umuman ular siklli tuzilish ega bo’lib umumiy-CnH2n formula orqali xarakterlanadi. sikloalkanlar, Markovnikov tomonidan naftenlar deb nomlangan. Keyinchalik naften uglevodorodlari deganda nafaqat monotsiklli uglevodorodlar, balki politsiklli, polimetilenli neft uglevodorodlari tushunila boshlandi. Oddiy siklanlar siklopropan, siklobutan va uning gomologik qatori neftda uchramaydi. CnH2n qatoriga tegishli bo’lgan monotsiklli tuzilishga ega bo’lgan naftenlar siklopentan, seklogeksan uglevodlarida keng ma’noda izoxlab berilgan.
AROMATIK UGLEVODORODLAR Xozirgi kunda neftni tarkibini tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, benzol gomologlarining yaqin gomologlari (C7 – C10) ko’plab uchraydi. Neftning kerosin - gazoyl qismida, qaynash temperaturasi (200 350°C) bo’lgan benzolni xosilaridan tashqari naftalin va uning yaqin gomologlari bitsiklli kondensirlangan aromatic uglevodorodlar ya’ni Cn - C2n-2 uchraydi. Bir xil neft tarkibidan olingan kerosin, gazoyl ham benzin fraktsiyalari tarkibidagi aromatik uglevodorotlar xamma vaqt gazoyl tarkibidagidan kam bo’ladi. O’rtacha 15-35 % gacha juda murakkab yarim siklli
Do'stlaringiz bilan baham: |