Neft. Tabiiy gaz. Ko’mir. Slans yoqilg’isi. Ularni qayta ishlash reja
aromatik uglevodorodlar neftning yuqori fraktsiyalarida uchraydi
Download 0.64 Mb.
|
УКТ НЕФТ
aromatik uglevodorodlar neftning yuqori fraktsiyalarida uchraydi.SLANETSLAR — turli xil tarkibdagi metamorfik togʻ jinslari. Tarkibiga kiruvchi jinslar deyarli parallel holda joylashgan choʻziq yoki varaqsimon minerallar majmuidan iborat boʻlgani uchun yupqa varaqlarga oson ajraladi. Regional metamorfizm darajasiga koʻra, S. 2 yirik guruhga ajratiladi: kuchsiz metamorflashgan togʻ jinslari — gilli S. va chuqur metamorflashgan kristalli S. Gilli S. koʻproq gilli minerallar, gidroslyudalar, baʼzan montmorillonitdan tarkib topgan boʻladi. Kristalli S. orasida tarkibidagi minerallar (slyudalar, amfibollar, dala shpatlari va kvars)ga koʻra, slyudali S.ga (biotitli, muskovitli, baʼzan paragonitli) ajratiladi; bu S.da dala shpatlari va kvarsning ortishi bilan gneyslarga, amfibolitli S.da amfibolshyalarga aylanadi. Baʼzan kristalli S. tarkibidagi nisbatan kam uchraydigan mineral nomi bilan ataladi: granitli, stavrolitli, kainitli S. va h.k. Fillitlar, xloritli S. va yashil S. gilli va kristalli S. oraligʻidagi togʻjinslaridir, yuzaroq chuqurliklarda yashilslanets fatsiya deb ataladigan sharoitda metamorfizmga uchragan, ularning tarkibida, slyudalardan tashqari, yashil rangli minerallar (xlorit, epidot va turli amfibollar) koʻp. Yashil S. choʻkindi va vulkan jinslaridan hosil boʻladi. Mukammal qavatqavatlangan gilli S. tomlarni yopishda ishlatiladi. Gneyslarga yaqin boʻlgan kristalli Sdan kurilish materiali, olovbardosh mahsulotlar i. ch.da xom ashyo sifatida foydalaniladi. Organik moddalar bilan boyigan gilli S. yonuvchi slanetslar sifatida qoʻllaniladi. Qora rangli va tarkibida vanadiy, fosfor, bor kabi mikroelementlar boʻlgan S. qishloq xoʻjaligida tabiiy oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonning Zirabuloq, Ziyovuddin, Nurota, Qizilqum, Sulton Uvays togʻlarida S. keng tarqalgan. S.ni oʻrganish ular bilan bogʻliq foydali kazilmalarni topishga imkon beradi.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling