Neft tarkibidagi aromatik uglevodorodlarning hossalari


Kislotaning konsentratsiyasi va sarflash miqdori


Download 1.34 Mb.
bet6/14
Sana11.03.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1260022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
NEFT TARKIBIDAGI AROMATIK UGLEVODORODLARNING HOSSALARI

Kislotaning konsentratsiyasi va sarflash miqdori
Tozalash uchun 92-96% li sulfat kislotasi olinadi. Konsentratsiya 90% dan kam bо‘lsa kislotani aktivligi pasayib ketadi. Tutab turgan sulfat kislota sulfokislotalarni hosil bо‘lishini tezlashtirib yuboradi. Uni rangsiz, meditsinada qо‘llaniladigan moylar olish uchun ishlatiladi. Tozalash natijasida kislotani konsentratsiyasi pasayadi. Gudron tarkibida 25% dan 70% gacha reaksiyaga kirishmagan sulfat kislota bо‘ladi.
Sulfat kislotani jarayon uchun sarflanadigan miqdori xom ashyoni sifatiga, tozalash darajasiga qо‘yiladigan talabga bog‘liq. Kislota qancha sarflansa olinayotgan moyning rangi shuncha toza bо‘ladi. Distillyat moylarni tozalanganda kislotani sarfi 3-10% mass ni tashkil qiladi, qoldiq moyni tozalanganda kislota sarfi 15-20% mass gacha yetadi. Tutaydigan sulfat kislotani parfyumeriya va meditsina moylarini olishdagi sarfi 50-60 % mass ga yetadi.
Kislota bilan qayta ishlash tartibi
Tozalanadigan mahsulotda odatda suv bо‘ladi, bu esa kislotani konsentratsiyasini pasaytiradi va uni effektivligini susaytiradi. Shuning uchun moyni tozalashdan oldin suvdan tozalanadi – quritiladi. Quritish uchun sulfat kislotani 0,25-2% mass miqdorida olinadi. Quritish jarayoni tugagandan sо‘ng gudron ajratib olinadi va moyni 3-4% li kislota bilan qayta ishlash boshlanadi. Har gal gudron chо‘ktiriladi va ajratib olinadi. Qoldiq moylar gudron chо‘kkanligi uchun bir operatsiyada tozalanadi.
Kontakt vaqtining muddati
Kontakt vaqti aralashtirishning tezligi va chо‘kkan gudronni ajratib olish sharoitiga bog‘liq. Agarda aralashtirish muddati juda uzoq bо‘lsa, gudronni moyda qisman erib ketish xavfi bor. Sigimi 20-100 t. bо‘lgan apparatlarda aralashtirish vaqti 30-70 min.ga boradi. Gudronni tindirish vaqti iloji boricha qisqa bо‘lishi kerak (4-8 soat agarda chо‘ktirgichlardan foydalanilganda). Shuning uchun tozalash haroratini muhitni yopishqoqligini hisobga olgan xolda tanlash kerak. Gudronni chо‘kishini tezlatish uchun kaogulyantlar qо‘llaniladi: NaOH ni - 6-9% eritmasi, suyuq shishani eritmasi, sovuq suv. Bu moddalarni moylar kislota bilan aralashtirib bо‘lgandan sо‘ng qо‘shiladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling