Neft to`g`risida qisqacha ma`lum


Download 217.5 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1627878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zuhra


Reja:
Kirish
Asosiy qism

I.BOB. Neft to`g`risida qisqacha ma`lumоt va undan оlinadigan neft mahsulоtlari


I.1. Nеft-yonilg`i vа mоylаsh mаtеriаllаrini оlish uchun аsоsiy хоmаshyo.
I.2. Nеftni qаytа ishlаsh usullаri vа yonilg`i-mоylаsh mаtеriаllаri оlish tехnоlоgiyasi.
I.3. Yonilg`i-mоylаsh mаtеriаllаrini tоzаlаsh usullаri


II.BOB. Neft va gazning umumiy xossalari
II.1. Neft va gazning fizik xossalari
II.2. Neft va gazning kimyoviy xossalari
II.3. Neft va gazning optik xossalari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi. Kimyo fanining sanoatni turli yo`nalishlarida – arhitektura va qurilish, to`qimachilik, neft va gaz, yogochsozlik, mashinasozlik va jihozlash tehnologiyasi, metallurgiya va rangli metallar tehnologiyasi, qishloq ho`jaligi uchun organik va mineral o`g`itlar ishlab chiqarish tehnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari tehnologiyasi, oqava suvlarni tozalash va atrof muhitni ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati katta o`rin tutadi. Shu munosabat bilan Oliy ta`lim muassasala-rida kimyo fanini ishlab chiqarishning zamonaviy yutuqlariga, uni o`rganish metodologiyasi asosida hamda il`gor ahborot tehnologiyalariga asoslanib bilim berishni amalga oshirish ahamiyat kasb etadi.Kimyo tаbiаtni o‘rgаtuvchi fаnlаrdаn biri bo‘lib, jismlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr оrаsidаgi bо g‘liqlikni mа’lum qоnuniyatlаr аsоsidа tushintirib bеrаdi. Bizni o‘rаb turgаn оlаm kishi оngigа bоg‘liq bo‘lmаgаn hоldа mаvjuddir.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
8-oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolmoqda, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos emas, moddiy-texnik baza tizimli ravishda yangilanishga muhtoj. Oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yetakchi xorijiy turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab darajasida olib borililishi yo’lga qo’yilgan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:
­-har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish;
-oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish, oliy ta’lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan holda optimallashtirish;
-yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta’lim tizimiga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
-pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatdan muntazam oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy magistratura dasturlari asosida o‘qitish;
-oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish;
-oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma’naviyati va

insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet va tanqidiy munosabatni shakllantirish;


-oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash [1].
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021-yil
larda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning uchinchi bosqichi ham aynan iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtrokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bundan ko’rinib turibdiki mamlakat rivoji iqtisodiyot bilan chambarchas bog’liqdir. Hozirgi paytda har qanday davlatning iqtisodiy imkoniyatlari va kuch-qudrati kimyo sanoatining, jumladan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish sanoati va neft kimyosi rivojlanish darajasi bilan baholanadi. Chunki mazkur sohalar neftni, tabiiy gazni, toshko’mirni qayta ishlash, sintetik kauchuk, polimer materiallar, bo’yoq moddalar, dori-darmonlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan moddalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi[2].

Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling