Neft va gaz hozirgi vaqtda dunyo mamalakatlaridi asosiy energetik resurs hisoblanib


Download 301.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi301.41 Kb.
#1501933
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza




KIRISH 
Neft va gaz hozirgi vaqtda dunyo mamalakatlaridi asosiy energetik resurs hisoblanib
foydalaniladigan resurslarining 70% ga yaqinini tashkil qiladi. Hamma texnologik zanjirning muhim va 
dolzarb muammolariga konlarni razvedka qilish ishlaridan to neft va gazdan samarali foydalanish 
tarmoqlari kiradi. Neft va gazdan foydalanishning asosiy masalalari qidiruv, qazib olish, tashish, yig‘ish, 
qayta ishlash va ulardan foydalanish tarmoqlari bir-biri bilan bog‘langandir. Neft va gaz konlarini 
qidirib topishni doimiy ravishda jadallashtirish, ishlatishga topshirish, neft qazib olishni ko‘paytirish va 
uni qayta ishlashni dodernizatsiya qilish va yangi texnologiyani yaratish talab qilinadi.
Respublikamizda neft va gaz qazib olish samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llarini qidirish, 
yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash, konlarni ishlatishning samarali yo‘llarini joriy etish, qatlam 
bosimini saqlash, qoldiq neft mahsulotlarini qazib olishning arzon texnologiyalarini qo‘llash kabilar 
orqali xalq xo‘jaligi uchun ko‘proq miqdordagi mahsulot yetkazib berish bugungi kunda 
mutaxassislarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Ushbu darslikda neft, gaz va qatlam suvlarini paydo bo‘lishi, ularning tarkibi va xossalari, tog‘ 
jinslarining geologik yotish holatlari, qatlamda haroratni va bosimni o‘zgarish qonuniyatlari, kollektorlar 
va filtratsiya holatlari keltirilgan.
Darslikda neft uyumlarini favvora va gazlift usulida ishlatish, quduqlarni jihozlash va o‘zlashtirish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, favvora quduqlarini o‘zlashtirish usullari va undagi murakkabliklar hamda 
ularni bartaraf etish choralarini qo‘llash bo‘yicha tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Quduqlarni gazlift usulida 
ishlatish jihozlarining tartibi va kontruksiyalari, yutuq va kamchiliklari bayon qilingan. 
Neft konlarini ishlatishda qo‘llaniladigan shtangali chuqurlik nasoslarining turlari, ishlatish tartibi, 
nasoslarning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, nasoslarni ishlatishda qo‘llaniladigan quduq usti 
jihozlari, ularning tuzilishi, ishlatish rejimi va hisoblash tartiblari yoritilgan.
Neft konlari ishlatishni samaradorligini va neft beruvchanligini oshirish uchun mahsuldor 
qatlamga ta’sir etish jihozlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda konni ishlatishning xususiyatidan kelib 
chiqqan holda qo‘llash kabilar batafsil keltirilgan. Neftberaoluvchanlikning asosiy omillaridan biri 
mahsuldor qatlamda quduq tubi zonasidagi kollektorlarning o‘tkazuvchanlik xususiyatining yomonlashish 
sabablarini o‘rganish va shu bilan birgalikda neftberaoluvchanlikni oshirishda qo‘llaniladigan texnologik 
ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi mulohazalar bayon qilingan. 
Neft va gazni qazib olishda qo‘llaniladigan jihozlar inshootlar va uskunalarning ishlatish 
prinsiplari, guruhlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, quduq usti jihozlari va ularni takomillashtirish 
bosqichlari, nasos-kompressor stansiyalari to‘g‘risidagi tushunchalar berilgan. 
Konlarda tadqiqot olib borishda qo‘llaniladigan asboblar va o‘lchash texnikalarining turlari va 
ishlatish tartibi quduq ichida o‘lchash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan sarf o‘lchagichlar, 
distansiyali boshqariladigan manometr va termometrlar hamda bir qator asbob uskunalarning majmuasi 
bo‘yicha tushunchalar bayon qilingan. 
Mahsuldor qatlamga issiqlik usulida ta’sir etish, ularni yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan neft 
konlarida qo‘llash imkoniyatlari va amalga oshirish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar ketma-ketligi yoritilgan. 
Darslik ba’zi kamchiliklarga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mualliflar kitobxonlar 
tomonidan bildirilgan e’tirozli fikr va mulohazalarni qabul qiladi hamda ularga avvaldan o‘zlarining 
minnatdorchilini bildiradi. 
Hamma davlatlarda neftni neftlilik qatlamlaridan qazib chiqarishda qo‘llaniladigan 
jadallashtirishning zamonaviy va sanoatda ishlangan o‘zlashtirish usullaridan foydalanish talab darajasida 
emas deb hisoblanadi. Qatlamlarning neftberaoluvchanligining eng oxirgi o‘rtacha ko‘rsatgichi har xil 
regionlar bo‘yicha neft zaxirasi tuzilmasi va ishlatishda qo‘llaniladigan usullarga bog‘liq holda 25% dan 
40% gacha, masalan, Lotin Amerikasi va Janubiy – Sharqiy Osiyo davlatlarida 24 - 27%, Iroqda 16 - 
17%, AQSH, Kanada, Saudiya Arabistoni 33 - 37%, mustaqil davlatlar hamkorligi va Rossiyada - 40% ni 
tashkil qiladi. Qoldiq yoki sanoat usullarida o‘zlashtirilgan qazib olinmaydigan neftning o‘rtacha zaxirasi 
yer bag‘ridagi neftning boshlang‘ich zaxirasi o‘rtacha 55-75% ni tashkil qiladi. Neftning qoldiq zaxirasi 
alohida ishlanadigan konlarda tuzilmaning joylashuvi va ishlatish sharoitiga bog‘liq holda keng 
oraliqlarda (30 - 90%) o‘zgaradi.
Dunyodagi neft konlaridagi geologik zaxiralar 500 mlrd.tonnadan ko‘proqni tashkil qiladigan bo‘lsa, 
shundan ishlashning zamonaviy sanoat usullarida o‘zlashtirilgan olinmaydigan kategoriyasiga 300
mlrd.t. to‘g‘ri keladi. Hozirgi vaqtda neftning qoldiq zaxiralaridan 10-15% ni yoki 30-40 mlrd. t.ni
neftni qazib chiqarish qatlamlarning neftberaoluvchanligini oshirish bo‘yicha o‘rganiladigan usullarida 



olib borilmoqda. Shuning uchun ishlanadigan konlardagi neftning qoldiq zaxiralari qazib olinadigan 
resurslarni va qatlamlarni neftberaoluvchanligini oshirish usullarni qo‘llashda muhim rol o‘ynaydi.
Neft konlarida suvlangan qatlamlardan qoldiq zaxiralarni qazib chiqarish muhim hisoblanadi. 
Konlarni ishlatishning so‘nggi bosqichida qoldiq neft zaxiralari (mahsulotning suvlanishi 90% dan
yuqori) katta ko‘rsatgichda bo‘ladi. Neft zaxirasini qazib chiqarishni oshirish, mahsulotning 
suvlanganligini pasaytirish, shu bosqichda qazib chiqarishni barqarorlashtirish yoki ko‘tarish – 
neftqazibchiqarish tarmoqlarida birinchi masala hisoblanadi. Qoldiq neft zaxiralarining eng qiyin 
kategoriyalarida ayniqsa, suv bostirish yuqori samarali konlarda, qatlamlarni eng so‘nggi 
neftberaoluvchanligi 60%dan oshganda qatlamdagi neft tarqalgan va qatlam bo‘yicha tizimsiz holatda 
joylashgan bo‘ladi hamda yuqori darajada suvga to‘yinganlik neftni har qanday ishchi agent bilan 
kontaktlashuvga to‘sqinlik qiladi.
Neft va gaz zaxiralarini qazib chiqarishni oshirish uchun qatlamning geologik tuzilishidan kelib 
chiqib uyumda quduqlarni to‘g‘ri joylashtirish talab qilinadi. Yaxshi natijalarga erishish uchun 
jarayonlarni boshqarishda suvlilik chegaralarini tortish uchun ishlanadigan uyumning har xil qismlarini 
bir tekis siljishi ta’minlanadi.  

Download 301.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling